Iv bob. Talab va taklif elastiklikligi
Talabning boshqa elastikliklari
Download 0.6 Mb.
|
IV BOB Mikro
- Bu sahifa navigatsiya:
- Talabning narxlar kesishgandagi elastikligi.
Talabning boshqa elastikliklari
Talabning narx elastikligiga qoʻshimcha ravishda, iqtisodchilar bozordagi xaridorlarning xatti-harakatini tasvirlash maqsadida elastiklikning boshqa turlaridan ham foydalanishadi. Talabning daromad elastikligi. Talabning daromad elastikligi iste’molchi daromadi oʻzgarganda talab miqdorining qanday oʻzgarishini bildiradi. Bu talab miqdorining foizdagi oʻzgarishini iste’molchilar daromadining foiz oʻzgarishiga nisbati shaklida hisoblanadi, ya’ni: Talabning daromad elastikligi = . 4-boʻlimda muhokama qilganimizdek, koʻplab tovarlar normal tovarlardir: Yuqori daromad talab miqdorini oshiradi. Chunki talab va daromad bir xil yoʻnalish boʻyicha harakatlanadi, normal tovarlar ijobiy daromad elastikligiga ega. Ba’zi tovarlar, misol uchun avtobusda qatnash, past mavqeli tovarlar hisoblanadi: yuqori daromad talab miqdorini kamaytiradi. Chunki talab va daromad qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanadi, past mavqeli tovarlar salbiy daromad elastikligiga ega. H Talabning narxlar kesishgandagi elastikligi. Talabning narxlar kesishgandagi elastikligi bir tovarga boʻlgan talab miqdori boshqa bir tovarning narxidagi oʻzgarishiga munosabati qanday boʻlishini ifodalaydi. Bu 1-tovarga boʻlgan talabning foizdagi oʻzgarishi 2-tovar narxining foizdagi oʻzgarishi nisbati shaklida hisoblanadi, ya’ni: Kesishgan Talab elastikligi = . Bu elastiklik manfiy yoki musbat songa ega boʻlishi tovarlarning bir-birini toʻldiruvchisi yoki oʻrnini bosishiga bogʻliq. Masalan, hot dog narxining oshishi odamlarni gamburger olishga undaydi. Chunki hot dog narxi va gamburgerga boʻlgan talab bir xil yoʻnalish boʻyicha harakatlanadi, narxlar kesishishidagi elastiklik ijobiydir. Bu misol bir-birini oʻrnini bosadigan tovarlar uchun xosdir. Endi bir-birini toʻldiradigan tovarlarni koʻrib chiqamiz. Masalan, kompyuter va dasturiy ta’minot bir-birini toʻldiradi. Bu holda elastiklik salbiy boʻladi. Chunki kompyuter narxining oshishi dasturiy ta’minotga boʻlgan talabning qisqarishiga olib keladi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling