Iv bob. Talab va taklif elastiklikligi


Download 0.6 Mb.
bet7/17
Sana24.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1718277
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
IV BOB Mikro

Narx

Miqdor


Umumiy daromad
Xaridorlar tomonidan toʻlangan barcha toʻlovlar sotuvchilar uchun daromad hisoblanib, talab egri chizigʻi ostidagi chegaraga teng boʻladi, ya’ni PxQ. Bu yerda mahsulot narxi 4 $ va unga talab hajmi 100 tani tashkil etib, umumiy daromad 400 $ ni tashkil etadi.

(daromad)

Elastiklik va chiziqli talab egri chizigʻi boʻylab umumiy daromad
Keling elastiklikning 4-chizmada koʻrsatilgandek talab egri chizigʻi boʻylab qanday oʻzgarishini tekshirib koʻramiz. Biz bilamiz toʻgʻri chiziq oʻzgarmas qiyalikka ega. Qiyalik “muddat oʻtgan sari oʻsish” deb belgilanadi, ya’ni narxdagi oʻzgarishning (oʻsish) miqdordagi oʻzgarishga (muddat) nisbati. Bu alohida olingan talab egri chizigʻining qiyaligi oʻzgarmasdir, chunki narxdagi har 1 dollarning oʻsishi talab miqdoridagi bir xil 2 birlik kamayishiga sabab boʻladi.
Chiziqli talab egri chizigʻining qiyaligi oʻzgarmas boʻlsa ham, elastiklik bunday emas. Bu toʻgʻri, chunki qiyalik 2 ta oʻzgaruvchidagi oʻzgarishlarning nisbati, elastiklik esa 2 ta oʻzgaruvchidagi foiz oʻzgarishlarining nisbati. Buni siz 4-chizmadagi jadvaldan koʻrishingiz mumkin. Jadval talabning narx elastikligini hisoblashda oʻrta nuqtalar usulidan foydalangan. Past narx va koʻp miqdor uchrashgan nuqtada talab egri chizigʻi noelastik. Yuqori narx va kam miqdor uchrashgan nuqtada talab egri chizigʻi elastik.
Jadvalda, shuningdek, talab egri chizigʻidagi har bir nuqtada umumiy daromad koʻrsatilgan. Bu sonlar umumiy daromad va elastiklik oʻrtasidagi aloqadorlikni bildiradi. Masalan, narx 1$ boʻlganda, talab noelastik va narxning 2$ ga koʻtarilishi umumiy daromadni oshiradi. Narx 5$ boʻlganda, talab elastik va narxning 6$ ga koʻtarilishi umumiy daromadni qisqartiradi. 3$ va 4$ orasida, talab birga teng elastik boʻladi va bu ikki narxda umumiy daromad bir xil boʻladi.



Narx

Miqdor


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling