4-mavzu. So‘z manolari ustida ishlashga oid mashq turlari. Lug‘atlardan foydalanish Amaliy mashg‘ulot rejasi
Download 16.36 Kb.
|
4-amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘quv mashg‘ulotning maqsadi Talabalarni so‘z manolari ustida ishlashga, lug‘atlardan foydalanishga o‘rgatish O‘qituvchining vazifasi
- Talabalar bilishi kerak
- Metod.
- 2-topshiriq.
- Foydalanilgan adabiyotlar
4-mavzu. So‘z manolari ustida ishlashga oid mashq turlari. Lug‘atlardan foydalanish Amaliy mashg‘ulot rejasi So‘z manolari ustida ishlashga oid mashq turlari. Lug‘atlardan foydalanish yuzasidan ma’ruzada o‘rganilgan nazariy bilimlarning amalda qo‘llanish jarayonini kuzatish. Talabalarni baholash O‘quv mashg‘ulotning maqsadi Talabalarni so‘z manolari ustida ishlashga, lug‘atlardan foydalanishga o‘rgatish O‘qituvchining vazifasi: 1.Talabalarning so‘z manolari ustida ishlash yuzasidan ma’ruzada o‘rganilgan nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmalarini shakllantirish. 3.Talabalarning bilimga bo‘lgan qiziqishlari va faolliklarini oshirish. O‘quv faoliyatining natijasi Talabalar bilishi kerak 1. so‘z manolari ustida ishlashga, lug‘atlardan foydalanish darslari yuzasidan ma’ruzada o‘rganilgan nazariy bilimlarini amalda tatbiq eta olish. 2.Nazariy savollarga javob berishda qatnashish, topshiriqlarini bajarish. 3. Darslarni kuzatish uchun ko‘rsatmalarni bajarish. 4.Amaliy mashg‘uloti davomidagi faoliyatni sifatli bajarish. 1.Amaliy mashg‘ulot mavzusini (So‘z manolari ustida ishlashga oid mashq turlari. Lug‘atlardan foydalanish), maqsadini, mashg‘ulot rejasini e’lon qilish. 1. Eshitadi, yozadi, javob beradi. Metod. Aqliy hujum, suhbat. 1-topshiriq. So‘zlarning lug‘aviy ma’nosini sharhlang, qaysi so‘z turkumiga qarashli ekanligini aniqlang. 1. Uy - odamlar yashashi uchun mo‘ljallangan deraza, eshik, tomi bor bino; uy - nima? so‘rog‘iga javob bo‘ladi, ot - so‘z turkumiga kiradi. 2. To‘y - bazm, nikoh to‘yi, beshik to‘yi, xatna to‘yi, oltin to‘y kabi tanganali marosim; to‘y —nima? so‘rog‘iga javob bo‘ladi, ot so‘z turkumiga kiradi. 3. Ishchi — biror foydali mehnat bilan shug‘ullanuvchi shaxs; kim? so‘rog‘iga javob bo‘ladi, ot. 4. Go‘zal - belgi-xususiyatni anglatadi, ma’nodoshlari: chiroyli, ko‘rkam, jozibali; qanday? so‘rog‘iga javob bo‘ladi, sifat. 5. O‘qidi, ishladi - tugallangan harakat ma’nosini bildiradi: qiziqib o‘qidi, tinmasdan ishladi, fe’l. 2-topshiriq. Mazkur so‘zlar bilan so‘z birikmalarihosil qiling, gaplar tuzing. Kim? nima? qanday? nima qildi? nima qiladi? so‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlarning tagiga chizing. Ularning qanday so‘z turkumiga qarashli ekanligini aytib bering. 3-topshiriq. Gaplardan ot, sifat, fe’l turkumlariga oid so‘zlarni ajratib guruhlang. Shu tariqa lug‘at diktanti tarkibidagi so‘zlar og‘zaki sharhlansa o‘quvchilarda: — mantiqiy tafakkur doirasi kengayadi va rivojlanadi; — fikr ifodalash ko‘nikmasi shakllanadi va rivojlanadi; — nutqda so‘z qo‘llash malakasi shakllanadi; — so‘z turkumlari yuzasidan egallangan bilimlar aniqlanadi, umumlashtiriladi, mustahkamlanadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. K.Qosimova, S.Matchonov, X.G‘ulomova, Sh.Yo‘ldosheva, Sh.Sariyev. Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi (Boshlang‘ich ta’lim fakulteti talabalari uchun darslik). - Toshkent: Bayoz, 2022. 2. Ю. Г. Россиус. О теории интерпретации Э.Бетти. Дата обращения: 31 октября 2016. Архивировано 1 ноября 2016 года. 3. Россиус Ю. Г. Учение о ценностях в теории интерпретации Эмилио Бетти // История философии. - 2015. - Т. 20. - С. 141. Download 16.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling