4-mavzu. Statistik jadvallar va grafiklar Reja


Grafiklar haqida tushuncha, statistikada ularning roli va ahamiyati


Download 134.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana24.01.2023
Hajmi134.1 Kb.
#1117139
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4. Statistik jadvallar va grafiklar

4.3. Grafiklar haqida tushuncha, statistikada ularning roli va ahamiyati 
Statistik ma’lumotlarni keng omma uchun tushunarli, ta’sirchan, diqqatga sazovor va 
lo‘nda qilib bayon etish juda muhimdir. Grafik usuli ana shu 
maqsad uchun xizmat qilib, amalda keng qo‘llanadi.
Statistikada grafiklar deganda ijtimoiy hayot haqidagi 
ma’lumotlarni shartli olingan me’yorda tuziluvchi har xil geometrik 
shakl va chiziqlar, predmetlarning tasvirlari (suratlari) hamda 
geografik xaritalarda nishonlangan shartli belgilar yordamida 
tasvirlash tushuniladi. Ular kishining diqqatini o‘ziga tez jalb etish 
bilan birga ma’lumotlarni esda yaxshiroq saqlash, to‘laroq va 
chuqurroq tasavvur qilishga imkon beradi. SHuning uchun grafiklar iqtisodiy, madaniy va 
Grafik – bu statistik 
ma’lumotlar-ni ta’sirchan 
va jozibali qilib tasvir-
laydigan geometrik shakldir 


umuman ijtimoiy taraqqiyotning barcha sohalarida erishilayotgan yutuqlarimizni 
ommalashtirishda muhim qurol vazifasini o‘taydi. 
SHunday qilib, statistik ma’lumotlarni grafiklarda tasvirlash natijasida ularni 
soddalashtirish, ayonlashtirish, umumlashtirish, yakunlashtirish va pirovardida tasavvurimizni 
boyitish kabi muhim fazilatlarga ega bo‘lamiz.
Bu usul turli hodisalarni taqqoslashda, ularni dinamikasi va o‘zaro bog‘lanishlarini tahlil 
qilishda,rejalarni, davlat buyurtmalarini bajarish ustidan nazoratni amalga oshirishda, 
o‘rganilayotgan murakkab to‘plamlarning tuzilishini tekshirishda, ayrim voqealarning yoyilish 
ko‘lamini tasvirlashda qo‘llanadi. 
 
4.4. Grafiklarning turlari va asosiy elementlari
 
Grafiklar tuzilish shakli va qanday jarayonlarni tasvirlashi jihatidan har xil turlarga
tasnifiy guruhlarga bo‘linadi. 
Diagramma deganda statistik ma’lumotlarni geometrik shakllar yordamida tasvirlash 
tushuniladi. Agar ma’lumotlar shartli belgilarni geografik kartalarga tushirish yo‘li bilan 
tasvirlansa, bunday grafiklar kartogrammalar deb ataladi. Kartodiagrammalar diagramma va 
kartogrammalarning aralashmasidan tashkil topadi. Bu holda geografik kartalar hodisalarning 
hududiy taqsimlanishiga qarab konturlarga (bo‘laklarga) bo‘linadi va ularda ma’lumotlarni 
tasvirlovchi diagrammalar keltiriladi. Kartogramma va kartodiagrammalar hodisalarning 
makonda (territoriyada) joylanishini tasvirlashda qo‘llanadi. 
Grafiklarning asosiy turi diagrammalardir. Ularni tuzayotganda ko‘pincha yassi 
geometrik shakllar va chiziqlardan foydalaniladi. 
Statistik ma’lumotlarni grafiklarda tasvirlash uchun avvalo masshtab qabul qilinadi va 
unga qarab shkala tuziladi. 
Masshtab deb sonlar bilan ifodalangan ko‘rsatkichlarni tekislikdagi tasviriy nisbatlarga 
aylantiruvchi shartli me’yorga aytiladi. U o‘rganilayotgan hodisaning qanday miqdori 
tekislikdagi chiziqning bitta birligiga teng deb shartli ravishda qabul qilinganligini bildiradi. 
Masalan, O‘zbekistonda paxta etishtirish diagrammasini tuzayotganda 1 mln.t. paxtani 1 
santimetrga teng deb qabul qilsak, bu me’yor ushbu grafikning masshtabi hisoblanadi. 
SHkala deganda shunday chiziq tushuniladiki, uning ayrim nuqtalari tasvirlanayotgan 
hodisaning ma’lum miqdorlariga teng bo‘ladi va, demak, shu miqdor deb o‘qilishi mumkin. U 
uchta elementdan iboratdir (4.2-tarh). 
0 10 20 30 40 50 
4.2-tarh. SHkala (teng me’yorli). 
1) 
shkala tayanchi deb ataluvchi chiziq; 
2) 
chiziqlar bilan nishonlanib ma’lum tartibda shkala tayanchiga joylashgan nuqtalar; 
3) 
shu nuqtalarga taalluqli sonlarni belgilovchi raqamlar. 
SHkala tayanchining har bir nuqtasiga o‘rganilayotgan hodisaning ma’lum miqdori mos 
keladi va, aksincha, hodisaning har bir miqdorini chiziqdagi ma’lum nuqta ifodalaydi. Masalan: 
2000 yil O‘zbekistonda 3.8 mln. tonna paxta hosili olingan edi. Agar masshtabni, yuqorida 
aytilganidek, 1 sm. 1 mln tonna paxtaga teng deb olsak, u holda shkala tayanchi chizig‘ining 
sanoq boshlanadigan “0” nuqtasidan 3.8 sm uzoqlikda yotgan nuqtasi jami etishtirilgan paxtani 
bildiradi yoki aksincha, 3.8 mln tonna paxta “0” nuqtasidan 3.8 sm olislikda yotgan nuqta 
orasidagi masofa o‘lchami bilan tasvirlanadi. 
SHkala tayanchi to‘g‘ri chiziqdan yoki egri chiziqdan iborat bo‘lishi mumkin. SHunga 
qarab shkalalar to‘g‘ri chiziqli va egri chiziqli shkalalarga bo‘linadi. To‘g‘ri chiziqli shkalaga 
oddiy millimetrli chizg‘ich (lineyka) misol bo‘la oladi. Soatning siferblati esa egri chiziqli 
shkalaga misoldir. Ko‘p o‘lchov asboblari yoysimon egri chiziqli shkalaga ega. Bundan tashqari 


shkalalar teng me’yorli va o‘zgaruvchan me’yorli bo‘lishi mumkin. Grafiklarni statistikada 
qo‘llayotganda odatda teng me’yorli shkalalardan foydalaniladi. Tasvirlanayotgan miqdorlar bir-
biridan keng ko‘lamda farq qilsa, grafiklarni tuzishda o‘zgaruvchan me’yorli shkalalar 
ishlatiladi. Bu turdagi shkalalar qatoriga logarifmik yoki nimlogorifmli shkala kiradi. Unda 
shkala tayanchidagi kesmalar tasvirlanayotgan miqdorlarning logarifmlariga proporsionaldir. 
CHiziqli grafiklarni tuzayotganda odatda koordinat sistemasi yoki maydonidan 
foydalaniladi. Buning uchun koordinat o‘qlariga shkalalar joylashtiriladi. Ayrim paytlarda 
shkalalar tayanchida nishonlangan nuqtalardan (ingichka) to‘g‘ri chiziq o‘tkaziladi va natijada 
raqamli setka hosil bo‘ladi (4.3-tarh). 
70 
60 
50 
40 
30 
20 
10 
0

10 
15 
20 
25 
30 
35 
40 
45
4.3-tarh. Raqamli setka. 
Raqamli setka statistik ma’lumotlarni grafiklarda aniqroq tasvirlash imkoniyatini yaratadi 
va ulardan foydalanishni birmuncha osonlashtiradi.
+uyida statistik grafiklarning tarkibiy elementlari tasvirlangan (4.4-tarh).
4.4-tarh. Statistik grafikning tarkibiy elementlari.
Endi eng muhim diagrammalarni chizish tartibi bilan yaqindan tanishib chiqaylik. 

Download 134.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling