4-mavzu. Statistik jadvallar va grafiklar reja
Voqea va hodisalarni о‘rganish jarayonida va qо‘yilgan vazifalarga
Download 68.47 Kb. Pdf ko'rish
|
68462 (1)
Voqea va hodisalarni о‘rganish jarayonida va qо‘yilgan vazifalarga qarab ega va kesim о‘z о‘rinlarini almashtirib turishi mumkin. Statistik jadval ixcham va kо‘rimli chiqishi uchun, uni tuzishda quyidagi qoida va tartiblarga amal qilish kerak: 1. Jadvallar hajmi katta bо‘lmasligi kerak. Murakkab tо‘plamlarni о‘rganishda jadval hajmini kengaytirmasdan, yaxshisi ikki va undan ortiq о‘zaro bog‘langan jadvallar tuzish kerak. Jadvallar aniq, tushunarli va о‘qishga oson kо‘rinishda tuzilishi kerak. 2. Jadvalning umumiy nomi undagi ega va kesimlar mazmunini ifodalashi lozim, uni qisqartirib yozish mumkin emas. 3. Jadvalda bir-biri bilan bog‘liq kо‘rsatkichlar birin-ketin, sodddan murakkabga о‘sib borish tartibida joylashtirilishi lozim. 4. Jadvaldagi ma’lumotlar mazmunini anglash oson bо‘lishi uchun ularni bir xil aniqlik darajasi bilan butunlashtirib, kattaroq sonlar orqali ifodalash lozim. 5. Shartli belgilashlarga katta e’tibor berish kerak. Zarur bо‘lganda ayrim kо‘rsatkichlar yoniga yulduzcha yoki raqamlar qо‘yilib, ularni qayerdan yoki qanday hisoblab olinganligi ilova tarzida berilishi kerak. 6. Hodisa sodir bо‘lganligi tо‘g‘risida ma’lumotlar bо‘lmasa, jadvalda shu kо‘rsatkich о‘rniga “ma’lumot yо‘q” yoki nuqtalar (...) qо‘yiladi, agarda hodisa umuman sodir bо‘lmagan bо‘lsa, tire (-) belgisi bilan ifodalanadi. Jadvallarni tuzish texnikasi yaxshi egallansa, ularni о‘qish va tushunish ishi ancha osonlashadi. Statistik ma’lumotlarni keng omma uchun tushunarli, ta’sirchan, diqqatga sazovor va lо‘nda qilib bayon etish juda muhimdir. Grafik usuli ana shu maqsad uchun xizmat qilib, amalda keng qо‘llanadi. Statistikada grafiklar deganda ijtimoiy hayot haqidagi ma’lumotlarni shartli olingan meyorda tuziluvchi har xil geometrik shakl va chiziqlar, predmetlarning tasvirlari (suratlari) hamda geografik xaritalarda nishonlangan shartli belgilar yordamida tasvirlash tushuniladi. Ular kishining diqqatini о‘ziga tez jalb etish bilan birga ma’lumotlarni esda yaxshiroq saqlash, tо‘laroq va chuqurroq tasavvur qilishga imkon beradi. Shuning uchun grafiklar iqtisodiy, madaniy va umuman ijtimoiy taraqqiyotning barcha sohalarida erishilayotgan yutuqlarimizni ommalashtirishda muhim qurol vazifasini о‘taydi. Shunday qilib, statistik ma’lumotlarni grafiklarda tasvirlash natijasida ularni soddalashtirish, ayonlashtirish, umumlashtirish, yakunlashtirish va pirovardida tasavvurimizni boyitish kabi muhim fazilatlarga ega bо‘lamiz. Bu usul turli hodisalarni taqqoslashda, ularni dinamikasi va о‘zaro bog‘lanishlarini tahlil qilishda,rejalarni, davlat buyurtmalarini bajarish ustidan nazoratni amalga oshirishda, о‘rganilayotgan murakkab tо‘plamlarning tuzilishini tekshirishda, ayrim voqealarning yoyilish kо‘lamini tasvirlashda qо‘llanadi. Grafiklar tuzilish shakli va qanday jarayonlarni tasvirlashi jihatidan har xil turlarga, tasnifiy guruhlarga bо‘linadi. Diagramma deganda statistik ma’lumotlarni geometrik shakllar yordamida tasvirlash tushuniladi. Agar ma’lumotlar shartli belgilarni geografik kartalarga tushirish yо‘li bilan tasvirlansa, bunday grafiklar kartogrammalar deb ataladi. Kartodiagrammalar diagramma va kartogrammalarning aralashmasidan tashkil topadi. Bu holda geografik kartalar hodisalarning hududiy taqsimlanishiga qarab konturlarga (bо‘laklarga) bо‘linadi va ularda ma’lumotlarni tasvirlovchi diagrammalar keltiriladi. Kartogramma va kartodiagrammalar hodisalarning makonda (territoriyada) joylanishini tasvirlashda qо‘llanadi. Grafiklarning asosiy turi diagrammalardir. Ularni tuzayotganda kо‘pincha yassi geometrik shakllar va chiziqlardan foydalaniladi. Statistik ma’lumotlarni grafiklarda tasvirlash uchun avvalo masshtab qabul qilinadi va unga qarab shkala tuziladi. Masshtab deb sonlar bilan ifodalangan kо‘rsatkichlarni tekislikdagi tasviriy nisbatlarga aylantiruvchi shartli meyorga aytiladi. U о‘rganilayotgan hodisaning qanday miqdori tekislikdagi chiziqning bitta birligiga teng deb shartli ravishda qabul qilinganligini bildiradi. Masalan, О‘zbekistonda paxta yetishtirish diagrammasini tuzayotganda 1 mln.t. paxtani 1 santimetrga teng deb qabul qilsak, bu meyor ushbu grafikning masshtabi hisoblanadi. Shkala deganda shunday chiziq tushuniladiki, uning ayrim nuqtalari tasvirlanayotgan hodisaning ma’lum miqdorlariga teng bо‘ladi va, demak, shu miqdor deb о‘qilishi mumkin. U uchta elementdan iboratdir (4.2-tarh). 0 10 20 30 40 50 1-chizma. Shkala (teng meyorli). 1) shkala tayanchi deb ataluvchi chiziq; 2) chiziqlar bilan nishonlanib ma’lum tartibda shkala tayanchiga joylashgan nuqtalar; 3) shu nuqtalarga taalluqli sonlarni belgilovchi raqamlar. Shkala tayanchining har bir nuqtasiga о‘rganilayotgan hodisaning ma’lum miqdori mos keladi va, aksincha, hodisaning har bir miqdorini chiziqdagi ma’lum nuqta ifodalaydi. Masalan: 2000 yil О‘zbekistonda 3.8 mln. tonna paxta hosili olingan edi. Agar masshtabni, yuqorida aytilganidek, 1 sm. 1 mln tonna paxtaga teng deb olsak, u holda shkala tayanchi chizig‘ining sanoq boshlanadigan “0” nuqtasidan 3.8 sm uzoqlikda yotgan nuqtasi jami yetishtirilgan paxtani bildiradi yoki aksincha, 3.8 mln tonna paxta “0” nuqtasidan 3.8 sm olislikda yotgan nuqta orasidagi masofa о‘lchami bilan tasvirlanadi. Shkala tayanchi tо‘g‘ri chiziqdan yoki egri chiziqdan iborat bо‘lishi mumkin. Shunga qarab shkalalar tо‘g‘ri chiziqli va egri chiziqli shkalalarga bо‘linadi. Tо‘g‘ri chiziqli shkalaga oddiy millimetrli chizg‘ich (lineyka) misol bо‘la oladi. Soatning siferblati esa egri chiziqli shkalaga misoldir. Kо‘p о‘lchov asboblari yoysimon egri chiziqli shkalaga ega. Bundan tashqari shkalalar teng meyorli va о‘zgaruvchan meyorli bо‘lishi mumkin. Grafiklarni statistikada qо‘llayotganda odatda teng meyorli shkalalardan foydalaniladi. Tasvirlanayotgan miqdorlar bir-biridan keng kо‘lamda farq qilsa, grafiklarni tuzishda о‘zgaruvchan meyorli shkalalar ishlatiladi. Bu turdagi shkalalar qatoriga logarifmik yoki nimlogorifmli shkala kiradi. Unda shkala tayanchidagi kesmalar tasvirlanayotgan miqdorlarning logarifmlariga proporsionaldir. Chiziqli va yassi diagrammalarning juda kо‘p turlari mavjud bо‘lib, ular orasida eng muhimlari quyidagilardan iborat. Download 68.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling