4-mavzu. Statistik jadvallar va grafiklar reja


Download 68.47 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana02.06.2024
Hajmi68.47 Kb.
#1834110
1   2   3   4
Bog'liq
68462 (1)

 
Xaritogramma - shunday statistik xaritaki, unda о‘rganilayotgan hodisaning 
hududiy taqsimlanishi uning ma’lum oraliqdagi qiymatlariga moslab olingan 
shartli belgilar (shtrixlar, rang, nuqtalar va h.k.) bilan tasvirlanadi. Bu belgilar har 
bir bо‘linma konturi ichiga kо‘rsatkichning qiymatiga qarab joylashtiriladi. 
Xaritogarmma tusli va nuqtali turlarga bо‘linadi.
Hodisaning intensivligini (masalan, aholi zichligi) hududlar bо‘yicha 
ta’riflovchi taqsimlanish qatorlari tusli xaritogarmma kо‘rinishida tasvirlanadi. 
Bu holda tasvirlanayotgan miqdorlarning yig‘indisi iqtisodiy mazmunga ega 
emasdir. Demak, shunday hollarda tusli xaritogarmmalarni tuzish mumkin.
О‘rganilayotgan hodisaning ayrim hududlarda tarqalishi, ya’ni uning 
tumanlar bо‘yicha taqsimlanishi nuqtali xaritogrammalar shaklida tasvirlanadi. Bu 
holda tasvirlanayotgan miqdorlar (sonlar)ning yig‘indisi iqtisodiy mazmunga 
egadir. Faqat shunday xolatda nuqtali xaritogrammalarni tuzish mumkin. 
Markazgrammalar deganda jadvallar tо‘la holda joylashtiriladigan 
xaritogrammalar tushuniladi. Masalan, viloyatlar bо‘yicha aholi dinamikasi 
haqidagi ma’lumotlarni statistik-jо‘g‘rofiy jihatdan tasvirlash uchun bunday 
markazgrammalar tuzish mumkin. Bu holda konturli xaritalarda ma’lumotlar 


tegishli hududiy bо‘linmalar (viloyatlar) bо‘yicha tasvirlanadi. 
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar: 
1. Statistik jadvallar deganda nimani tushunasiz? Ular so‘z bilan bayon etishga 
qaraganda afzalliklarga egami? 
2. Statistik jadval qanday unsurlardan tarkib topgan? Uning ega va kesimi 
deganda nima tushuniladi? Jadval maketi deganda-chi? 
3. Statistik jadvallarning qanday turlarini bilasiz? 
4. Oddiy jadvallar nima? Gruppoviy-chi? Kombinatsion jadval-chi? 
5. Talabalar davomati qayd qilinadigan jurnal qanday jadval turiga misol 
bo‘ladi? Reyting daftarchangiz-chi? Reyting jurnali-chi?
6. Kursdoshlaringiz o‘zlashtirishi bilan davomati o‘rtasidagi bog‘lanish 
natijalari keltirilgan jadval qaysi jadval turiga misol bo‘ladi? 
7. Kursdoshlaringiz 
fanlarni 
o‘zlashtirish 
jarayonini 
tasvirlaydigan 
kombinatsion jadval maketini tuzing?
8. Kombinatsion jadval gruppaviy jadvalga nisbatan qanday afzalliklarga va 
nuqsonlarga ega? 
9. O‘zbekistonda bozor iqtisodiyoti shakllanish jarayonini tasvirlash uchun 
oddiy, gruppaviy va kombinatsion jadval maketlarini tuzing. 

Download 68.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling