4-mavzu. Statistik jadvallar va grafiklar reja
Download 68.47 Kb. Pdf ko'rish
|
68462 (1)
Chiziqli diagrammalar. Bu diagrammalar eng keng tarqalgan bо‘lib, ular
yordamida dinamika qatorlari, hodisalar orasidagi bog‘lanishlar, taqsimlanish qatorlari va shartnoma (reja)ni bajarish kо‘rsatkichlari tasvirlanadi. Chiziqli diagrammalar koordinat maydoni yoki raqamli setka asosida tuziladi. Vertikal о‘qqa (ordinata о‘qi) olingan masshtabda dinamika qatorining kо‘rsatkichlari yoki natijaviy belgining qiymatlari nuqtachalar bilan nishonlanib joylashtiriladi. Gorizontal о‘qqa (absissa о‘qi) ma’lum masshtabda qatorning davrlari (vaqtlari) yoki faktor belgisining qiymatlari nuqtachalar bilan nishonlanadi. Keyin о‘qlardagi har qaysi nuqtachalardan qarama-qarshi о‘qqa nisbatan parallel ravishda perpendikulyar chiziqlar о‘tkaziladi. Ularning о‘zaro uchrashgan nuqtalari (ordinata chо‘qqilari) bir-biri bilan birlashtiriladi va natijada siniq chiziq hosil bо‘ladi. Bu siniq chiziq dinamika qatorini yoki о‘rganilayotgan hodisalarning о‘zaro bog‘lanishini tasvirlaydi. Intervalli (oraliqli) variatsion qatorlar uchun tuzilgan diagramma esa taqsimlanish gistogrammasi deb yuritiladi. 4.4-grafikda О‘zbekiston fermer xо‘jaliklarida paxta terimchilarining kundalik terim normasini bajarish darajasi bо‘yicha taqsimlanishi gistogramma shaklida tasvirlangan. Chiziqli diagrammalar kо‘pincha siniq chiziq shaklida tuziladi. Ammo murakkab hodisa va jarayonlarni о‘rganishda bu shakl har doim qо‘l kelavermaydi. Ayrim hollarda chiziqli diagrammani spiral shaklida tuzish maqsadga muvofiqdir. Spiral shaklli diagrammalar о‘rganilayotgan tо‘plamning umumiy о‘zgarishi bilan bir vaqtda uning tarkibiy qismlarining о‘zgarishini ham tasvirlash yoki hodisaning davrma-davr (masalan, yilma-yil) о‘zgarishi bilan bir yо‘la har bir davr ichidagi (masalan, oyma-oy) о‘zgarishini ham aks ettirish zarur bо‘lganda qо‘llaniladi. Ustun (yoki tasma) shaklli diagrammlar. Ustun (yoki tasma) shaklli diagrammalar statistik ma’lumotlarni kо‘rimli qilib tasvirlashning eng oddiy usulidir. Ular har xil kо‘rsatkichlarni taqqoslash, murakkab hodisalarning tuzilishi va ularning zamonda (vaqtda) о‘zgarishini tasvirlash uchun xizmat qiladi. Sektorli diagramma bо‘laklarga ajratilgan doiradan iborat bо‘lib, ularning kattaligi tasvirlanuvchi sonlarga mos keladi. Bunday diagrammalar yordamida murakkab hodisalarning tarkibiy qismlarga taqsimlanishi, ya’ni ularning strukturasi tasvirlanadi. Ular quyidagi tartibda tuziladi. Doira chizilib, uni о‘rganilayotgan tо‘plamning umumiy yig‘indi soni (100%) deb qabul qilinadi. Keyin esa tarkibiy qism sonlariga proporsional holda doira sektorlarga bо‘linadi. Buning uchun sektorlarning markaziy burchaklari topilib, transportir yordamida ular doirada belgilanadi. Agar butun va bо‘lak sonlar absolyut miqdorda ifodalangan bо‘lsa, markaziy burchaklarni aniqlash uchun 360 0 ni umumiy butun songa bо‘lib, masshtab belgilanadi va uni ketma-ket bо‘lak sonlarga kо‘paytiriladi. Agarda hodisaning tuzilishi tuzilmaviy nisbiy miqdorlar bilan ifodalangan bо‘lsa (umumiy tо‘plam 100% deb olinib, uning ayrim qismlari jamiga nisbatan protsentda hisoblangan), u holda masshtab 3,6 0 ga teng (360 0 : 100%) bо‘lib, ayrim qismlarning salmog‘i (% da hisoblangan) unga kо‘paytiriladi. Grafiklarning ta’sirchanligini kuchaytirish uchun diagrammlar о‘rganilayotgan hodisalarning tasvirlari (suratlari) ni chizish yо‘li bilan tuziladi. О‘lchov birligi qilib shartli ravishda tasvirlanayotgan hodisa surati (figurasi) olinadi. Masalan, temir yо‘lda yuk aylanmasining о‘sishini tasvirlash uchun yuk vagonlari chiziladi. Jо‘g‘rofiy tuzilishga ega bо‘lgan statistik qarorlar statistik xarita shaklida tasvirlanadi. Bu xaritalar о‘rganilayotgan hodisalarning hududiy taqsimlanishida qanday xususiyat va qonuniyatlar mavjudligini oydinlashtiradi. Ular ishlab chiqaruvchi kuchlarni iqtisodiy mintaqalar bо‘yicha joylashtirish va rivojlantirish masalalarini о‘rganishda, iqtisodiy resurslardan foydalanishni hududiy kesimda qarab bu boradagi miqdoriy nisbatni va qonuniyatlarni belgilashda juda qо‘l keladi. Statistik xaritalar iqtisodiy jо‘g‘rofiy xaritalardan farq qiladi. Iqtisodiy- jо‘g‘rofiy xaritalar ishlab chiqaruvchi kuchlarni sifat jihatdan tavsiflab va chamalab (baholab), ularning jо‘g‘rofiy joylanishini katta aniqlik bilan mufassal tavsiflaydi. Statistik xaritalar esa shu masalalarga oid statistik ma’lumotlarni umuman hududiy kesimda fazoviy miqdoriy nisbatlarni yaqqolroq tasavvur qilishga imkon beradi. Demak, iqtisodiy jо‘g‘rofiy xaritalar iqtisodiy resurslarning joylanishini sifat tomondan ta’riflab bersa, statistik xaritalar esa uni miqdor jihatidan ifodalaydi. Bu о‘rinda statistik xaritalarni, umuman jо‘g‘rofiy kesimda tuzilgan statistik jadvallar mazmunini tasviriy ifodalash deb ta’riflash mumkin bо‘lar edi. Ammo ular bunday jadvallarga nisbatan bir muncha sermazmundir, chunki tasviriy til jadval tiliga qaraganda jо‘g‘rofiy jadvallarda ifodalangan miqdor va nisbatlarni fazoda belgilab olish uchun yaxshiroq moslashgandir. Demak, statistik xaritalar jо‘g‘rofiy tartibda tuzilgan jadvallarni zо‘raytirib beradi. Statistik xarita shunday konturli jо‘g‘rofiy xaritaki, unda faqat ma’muriy bо‘linmalarning konturlari (ayrim hollarda yana suv arteriyalari) mavjud bо‘lib, ular chegarasida statistik ma’lumotlar shartli belgilar bilan tasvirlanadi. Statistik xaritalar kо‘zlangan maqsad va vazifalarga qarab uch turga - xaritogramma va xaritodiagrammalarga va markazgrammalarga bо‘linadi. Agarda biror hodisaning hududlar bо‘yicha taqsimlanishini tasvirlash zarur bо‘lsa, u holda xaritogramma qо‘llaniladi. Ammo maqsad ayrim mintaqalarni berilgan belgilar asosida tо‘laroq ta’riflashdan yoki mintaqalararo aloqalarni tasvirlashdan iborat bо‘lsa, u holda xaritodiagramma tuziladi. Download 68.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling