4-mavzu: tabiiy resurslar klassifikatsiyasi, ulardan oqilona foydalanish va atmosfera havosini muhofaza qilish reja
Jadval. Dunyo mamlakatlari bо‘yicha maishiy chiqindilarni utilizatsiya qilishning nisbiy kо‘rsatkichi, %
Download 190.53 Kb.
|
4 MAVZU TABIIY RESURSLAR, ULARDAN OQILONA FOYDALANISH VA ATMOSFERA
- Bu sahifa navigatsiya:
- ATMOSFERA VA UNI MUHOFAZASI
- Global isish
- Ozon qatlamining yemirilishi
Jadval. Dunyo mamlakatlari bо‘yicha maishiy chiqindilarni utilizatsiya qilishning nisbiy kо‘rsatkichi, % 1-Jadval
ATMOSFERA VA UNI MUHOFAZASI Atmosfera havosi ko’rinmas va elementlarga to’liq bo’lib, atrof muhitning abiotik omili sifatida ahamiyatga ega. Havo o’z ichiga 78 % azot, 21 % kislorod, 0,94 % argon, 0,03 % karbonat angidrid va boshqa gazlarni oladi. Karbonat angidrid gazi fotosintez jarayonini amalga oshirishda qatnashadi. Fotosintez karbonat angidrid, suv va quyosh nuri ta’sirida borib, uning mahsuloti glyukoza, kislorod va suv bug’idan iborat. Inson faoliyati karbonat angidrid gazini atmosferaga tashlanishini orttirib yubormoqda. Gaz, ko’mir va boshqa isitish neft mahsulotlari million yil oldin yashagan organizmlarning qoldiqlari bo’lib, ularning zahirasi kamayib bormoqda. Bu yoqilg’ilar ishlatilishi natijasida atmosferaga chiqsa, CO2 gazini miqdorini orttiradi va bu gaz bir qator muammolarni olib keladi. CO2 gazini miqdorini atmosferada oshishi avvalo, Yerda global isishga olib keladi. AQShdagi eng issiq iqlim Kaliforniyadagi O’lik vodiyda 1913 yil iyul oyida kuzatilgan. Yuqori harorat 570 C ni tashkil qilgan. Rekord darajadagi eng sovuq temperatura Antarktikada kuzatilib, - 890 C ni tashkil qilgan. Global isish 1895- yildan 1995 - yilgacha Yerdagi o’rtacha kun harorat 100 yillik davr mobaynida 10C ga ko’tarilgani aniqlandi. Hech kim buning sababi insonlar faoliyati natijasi, yoki Yerning tabiiy ob- havosi natijasi ekanligini aniq aytolmaydi. Global isish qanday o’zgarishlarga sabab bo’lishi mumkin? Bo’ron soni oshishi mumkin. Muz qutblarining erishi boshlandi, bular dengiz suvi sathini ko’taradi va qirg’oqbo’yi hududlarini suvga g’arq qiladi. Ob-havoning isishi tropik kasalliklarni keltirib chiqarmoqda, misol uchun bezgak kasalligi ko’p tarqalishi kuzatilmoqda. Ozon qatlamining yemirilishi Yer yuzining 20 km balandlik qismi atmosfera bo’lagi bo’lib, u Ozon qatlami sanaladi. Ozon qatlami quyoshdan zararli ultirabinafsha nurlarini ushlab qoladi. Chunki, ultirabinafsha nurlar tirik hujayralarni zararlaydi. Har yili bahor fasli davomida ozon qatlamining vaqti-vaqti bilan yupqalashib borishi kuzatilmoqda. Ozon qatlamining yupqalashib borishi ozon qatlamining yemirilishi deyiladi. Ifloslangan gazlar bu muammoning asosiy sababi bo’lib, ayniqsa CFC ( xlor ftor uglerod ) muzliklar va sovuq hududlarning sovitish tizimida ishlatiladi. CFC havoga chiqarilgandan so’ng u toki ozon qatlamiga yetmaguncha atmosferada ko’tarilib boraveradi. CFC ozon qatlamiga kimyoviy ta’sir etadi va ozon molekulalarini parchalaydi. Download 190.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling