4-mavzu: tabiiy resurslar klassifikatsiyasi, ulardan oqilona foydalanish va atmosfera havosini muhofaza qilish reja


Download 190.53 Kb.
bet1/9
Sana02.06.2024
Hajmi190.53 Kb.
#1837537
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4 MAVZU TABIIY RESURSLAR, ULARDAN OQILONA FOYDALANISH VA ATMOSFERA


4-MAVZU: TABIIY RESURSLAR KLASSIFIKATSIYASI, ULARDAN OQILONA FOYDALANISH VA ATMOSFERA HAVOSINI MUHOFAZA QILISH


Reja
1.O’zbekiston tabiiy resurslarining holati
2.Tabiiy resurslar klassifikatsiyasi
3.Tabiatni muhofaza qilishning aspektlari.
4. Atmosfera tarkibi.
5.Atmosferai floslanishi va tabiiy tozalanishi.
6. Atmosferani muxofazasi.


Tayanch so’zlar: rudasiz metallar, neft, gaz, ko’mir, torf, yer osti suvlari, atmosfera, energetik komplekslar, tabiiy ifloslanish,


Qayta tiklanadigan resurslar
Quyosh bitmas tuganmas resurs, yer yuzini issiqlik va yorug’lik bilan ta’minlaydi. Yomg’ir ko’llar va jilg’alarni suv bilan to’ldiradi. Qachonki, o’simliklar fotosintez jarayonini amalga oshirsa, ular havoga kislordni qo’shadi. Quyosh nuri, suv va havo qayta tiklanadigan resurslardir.
Qayta tiklanmaydigan resurslar chegaralangan bo’lib, ularni siz devorni bo’yashda yoki avtomashina bilan sayohat qilishda foydalanasiz. Plastiklar, bo’yoqlar va benzin qimmatbaho qayta tiklanmaydigan resusrlar bo’lmish neft yoki moydan ishlab chiqariladi. Neft mikroskopik dengiz organizmlarning qoldiqlarini yuz millionlab yil davomida burdalanib chirishi natijasida paydo bo’ladi. Temir,mis, oltin, kumush va uran singari boyliklar metal himsoblanadi.*


Qattiq yoqilg’ilar

Ko’mir, neft, tabiiy gaz energiya manbai bo’lib, tiklanmaydigan resurslardir. Qattiq yoqilg’ilar yuz millionlab yillar davomida paydo bo’lgan. Mashinalar, avtobuslar, poezdlar va samolyotlar uchun ishlatiladigan benzin, dizelь yoqilg’isi va raketa yoqilg’isi neftdan olinadi. Ko’mir ko’pgina qudratli zavodlarda elektr ishlabchiqarish uchun ishlatiladi. Tabiiy gaz isitish va dvigatelьni harakatga keltirish uchun va ba’zan transport yoqilg’isi sifatida ishlatiladi.


Qattiq yoqilg’ilarni hozirgi kunda tejash kelajak avlod uchun zahira sifatida qoldirishimiz uchun muhim hisoblanadi. Qayta tiklanmaydigan resurslar chegaralangan. Kelajakda ular narxi oshib ketishi mumkin. Qattiq yoqilg’ilarning me’yordan ortiq yoqilishi natijasida chiqindi gazlar atmosferaga ko’tarilib, atmosferani ifloslanishiga olib kelmoqda. Bu esa ekotizimni buzilishiga olib keladi. Qattiq yoqilg’ilarni o’rniga boshqa energiya manbalarini ishlatish muhim ekanligi ko’pchilik tomonidan ma’qullanmoqda.



Download 190.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling