4-mavzu: tabiiy resurslar klassifikatsiyasi, ulardan oqilona foydalanish va atmosfera havosini muhofaza qilish reja
Issiqxona effektiga sabab bo‘luvchi holatlar
Download 190.53 Kb.
|
4 MAVZU TABIIY RESURSLAR, ULARDAN OQILONA FOYDALANISH VA ATMOSFERA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ozon tuynugi
- Kislotali yomg‘irga sabab bo‘luvchi holat
Issiqxona effektiga sabab bo‘luvchi holatlar
Quyosh nuri atmosfera orqali singib, Yerning yuza qismini qizdiradi. O‘z navbatida Yeryuzasi infraqizil nurlarni tarqatadi, bu bilan esa uning sovishiga yordam beradi. Atmosferada metan, karbonat angidrid va boshqa issiqxona gazlarining to‘planishi infraqizil nurlarni o‘zida ushlab qoladi, natijada yeryuzasining qizishiga olib keladi Ozon tuynugi Ozon (O3) - gaz, atmosferaning yuqori qatlamida tashkil topib, 70 kilometr balandlikkacha kuzatiladi, ammo uning asosiy massasi 20-55 kilometr balandlikdagi masofada joylashgan. Ozonning atmosferadagi umumiy massasi 3,2 x 109 tonna atrofida. Ozon Quyosh radiatsiyasining taxminan 3 % ini, ya’ni ultrabinafsha nurlarning 0,22-0,29 mkm uzunlikdagi to‘lqinlarini yutadi. Ultrabinafsha nurlar bakteriyalarni o‘ldiradi, organizmda D vitaminining shakllanishida yordam qiladi. Ammo ortiqcha ultrabinafsha nurlar kuyish, teri kasalliklariga olib keladi. Agar ozon bo‘lmaganda, ultrabinafsha nurlar organik olamni o‘zgartirib yuborgan bo‘lar edi. Ozon kunduzi maksimum, kechasi minumum uchraydi va fasliy qaraganda bahorda maksimum, kuz va qishda minimumni tashkil etadi3. Kislotali yomg‘irga sabab bo‘luvchi holat 2-rasm. Kislotali yomg’irdan oldin va keyingi holatda haykallarning tashqi qiyofasining ko’rinishi. Atmosferaga chiqarilayotgan metan, ic gazi va karbonat angidrid gazlari bilan birga oltingugurt va azot oksidlari ham chiqarilmoqda. Ular kislotali yomg’rlarni paydo qilmoqda (2-rasm)2. Atmosfera havosini muhofaza qilish uchun quyidagi chora-tadbirlarni qo‘llash lozim: 1. Xavfli moddalarning hosil bo‘lishini bartaraf etuvchi mavjud texnologiyalarni takomillashtirish. Yangi texnologik jarayonlarni joriy etish. 2. Yoqilg‘i tarkibi, apparatlar va karbyuratorlarni yaxshilash, tozalovchi qurilmalar yordamida atmosferaga chiqindilar chiqishini kamaytirish va bartaraf etish. 3. Zararli chiqindilar chiqaruvchi manbalarni to‘g‘ri joylashtirish orqali atmosferaning ifloslanishini oldini olish va yashil maydonlarni kengaytirish. Tuproq mineral va qoyatosh bo’laklarining aralashmasi hisoblanib, qolgan qismi esa notirik organizmlar, suv va havodan tashkil topgan. Tuproq shakllanishga ega, qisman qoyatoshlar mayda bo’laklarga bo’linib, ular vaqti bilan tuproq hosil bo’lishida qatnashadi. Demak, tuproq ham abiotik omillar sirasiga kirib, jonsiz qoyatoshlar va mineral bo’laklardan tashkil topishi ma’lum qonuniyatga asoslangan. Tuproq o’z tarkibiga bakteriya, zamburug’, hashoratlar va chuvalchanglarni ham oladi. Tuproqning hosidor qismi uning tarkibidagi gumus bilan bog’liq. Tuproq qum, loy va gumusning turli komponentlarini bir biri yuilan bog’laydi. Rachel Carson (1907–1964) mashhur atrof muhit yozuvchilaridan sanalib, AQSH dagi Baliq va yovvoyi tabiat nashriyotidagi 15 yillik faoliyatidan so’ng o’zining ijodini yozuvchilikka bag’ishladi. U tomonidan “Silent Spring” nomli kitob nashrdan chiqadi. Unda pestitsidlarning zarari va ular olib keladigan kasalliklar zikr etilgan. Download 190.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling