4-mavzu: tabiiy resurslar klassifikatsiyasi, ulardan oqilona foydalanish va atmosfera havosini muhofaza qilish reja
Download 190.53 Kb.
|
4 MAVZU TABIIY RESURSLAR, ULARDAN OQILONA FOYDALANISH VA ATMOSFERA
Chiqindilar muammosi
Atrof-muhitni ishlab chiqarish va iste’mol qilish chiqindilaridan muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona va kompleks foydalanish hamda ekologik toza texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish muammolari, ayni chog‘da, dolzarb hisoblanadi. Energetika, rangli va qora metallurgiya, kimyo sanoati va qurilish industriyasi obyektlari chiqindilarni hosil qiluvchi, atrof-muhitni ifloslantiruvchi asosiy manbalar hisoblanadi. Shaharlarda qattiq maishiy chiqindilar va katta о‘lchamli axlatlar yig‘ilmoqda-ki, ular о‘z vaqtida va tо‘g‘ri olib chiqilmasa hamda zararsizlantirilmasa, atrof tabiiy muhitni jiddiy ifloslantirishi mumkin. Qattiq maishiy chiqindilarning chiqindixonalarda tо‘planib qolishi, changlarning hosil bо‘lishiga va yoqimsiz hidlarning tarqalishiga olib keladi. Bir qator mamlakatlarda chiqindilarni utilizatsiya qilish - kuydirish, poligonlarga kо‘mish yoki yig‘ish, shuningdek kompostlash texnologiyalari bilan amalga oshiriladi (1-jadval). О‘zbekistonda har yili 100 million tonnadan ortiq sanoat chiqindilari hosil bо‘ladi, ularning 14 % i toksik (zaharli) toifaga mansub hisoblanadi. Bundan tashqari, Respublikamiz hududida va unga yaqin hududlarda radioaktiv rudalarni qazib olish о‘tgan asrning 40-yillarida kuchaygan. Shu davr mobaynida 150 ga yaqin radioaktiv ifloslanish maydonlari paydo bо‘ldi. О‘zbekistonning Andijon viloyatidan 30 kilometr uzoq masofada joylashgan Qirg‘iziston Respublikasining Maylu-Su daryosi qirg‘oqlari bо‘ylab joylashgan umumiy hajmi 2,5 million m3 bо‘lgan radioaktiv chiqindilar kо‘milgan 23 ta ombor va 13 ta balanslangan rudalar tо‘plamlari mintaqaviy ekologik falokat yuzaga kelishida katta xavfga ega. Sel kelishi va yer kо‘chishi hollari yuz berganda radioaktiv chiqindilar Maylu-Su, Qoradaryo va Sirdaryo suvlariga tushishi mumkin, bu esa 1,5 million kishi yashaydigan 300 km2 maydondagi О‘zbekiston hududini radioaktiv chiqindilar bilan ifloslanishiga olib keladi. Radioaktiv chiqindilar tarkibini radionuklidlar va sinov maydonlaridagi yadro portlashlar tashkil etadi. Radionuklidlar о‘zidan radioaktiv nur chiqaradigan elementlarning izotoplari hisoblanadi. Hozirgi paytda, Mayluu-Suu daryosi vodiysida reabilitatsiya ishlari davom etmoqda. Chiqindilar hosil bо‘ladigan korxonalar ustidan davlat nazoratini “Chiqindilar tо‘g‘risida” gi (2002 yil) Qonunga muvofiq, О‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qо‘mitasi amalga oshiradi. Download 190.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling