4-mavzu. Tabiy mayda va yirik toldiruvchilar reja


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/14
Sana13.04.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1354869
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
4 Мавзу

Maydalashda olingan qum - 5 mm gacha yiriklikdagi noorganik 
sochiluvchi material, qoya tog‘ jinslaridan chaqiq tosh ishlab chiqarishda xosil 
bo‘ladigan va sanoat chiqindilarini boyitishda olinadigan qum.
Tabiiy qumni qazib olish. 
Tabiiy qum, qum va qum-shag‘alli konlardan qazib olinadi. Qum-shag‘alli 
aralashmani navlarga ajratishda qum olinadi. 
Qum konlari kelib chiqish sharoitiga qo‘ra boshqa foydali qazilmalar kabi 
tog‘ oldi, tekislik va suvda olinadigan turlarga bo‘linadi. Tog‘ oldi jinslari tog‘ 
yonbag‘irlarida joylashadi. Bunda qumni qazib olish joyi o‘rab turgan atrof-muxit 
va transport yo‘llaridan tepada joylashgan bo‘ladi. Bu konlarda hamma vaqt quruq 
qum uchraydi. 
Tekislik konlarida qum er yuzasidan pastda va ba’zan grunt suvlaridan pastda 
yuzaga keladi va yig‘iladi. Bu konlar quruq yoki nam holatda bo‘ladi. Qumni qazib 
olish usulidan kelib chiqib, kondan suvni yo‘qotish uchun quritiladi (drenajda) yoki 
qumni olish uchun suv bilan to‘ldiriladi. 
Suvli konlarda qum daryo, ko‘l va boshqa suv havzalaridan suv ostidan 
olinadi. SHunday qilib, konlarda qumlar ochiq usulda yoki yopiq usulda ishlab 
chiqariladi. Qumni ochiq usulda qazib olish eng ko‘p tarqalgan. Konlardagi qumlar 
zamin, gil va boshqa jinslar ostida yig‘iladi. Bu qavatni ochish qavati deyiladi va uni 
hajmining foydali qazilma hajmiga nisbati ochish koeffitsientini ifodalaydi. 
Ochish ishlari, kon chegarasidagi ochish qavatini olib tashlash, foydali 
qazilmalar ustini ifloslantiruvchi va boshqa zararli jinslardan tozalash uchun 
bajariladi. Konlarni ochishda buldozer, skreperdan foydalaniladi va ba’zan katta 
hajmdagi ochishda ekskovatorlarda chuqurlarga jo‘natish bajariladi. 
Konlarni ochishda buldozer, skreper jo‘natish bajariladi. Konlarda ochish 
ishlari bajarilgandan so‘ng transport yo‘llari va ishlash pog‘onalari xosil qilishda 
transheyalar yotqiziladi (rasm 2.1). 


35 
Ishlash pog‘onalari balandligi 6-10m va undan yuqorini tashkil etadi. U 
bevosita ekskovator chumichi balandligiga bog‘liq. Agar qum konda katta vatlamda 
mavjud bo‘lsa, u xolda uni qayta ishlash qavatma-qavat bajariladi. Qazib olish 
qavatiing eni ekskovator chumichi radiusiga bog‘liq xolda 1.2-1.3m ni tashkil etadi. 
Ochiq konlarda qumni qazib olishda turli tipdagi ekskavatorlar, skreperlar va 
boshqa mashinalar ishlatiladi. Eng ko‘p bir cho‘michli to‘g‘ri kurakli ekskavatorlar 
(cho‘mich sig‘imi 0,25-15m
3
) qo‘llaniladi. Bunday ekskavatorlarning cho‘michi 
balandligi 6-30m bo‘lib, qazish radiusi 6-40m ni tashkil etadi. 
To‘g‘ri kurakli bunday ekskavatorlar ishlash pog‘onasining pastki maydonida 
transport vositalari bilan bir qatorda joylashadi. 
Ekskavator–draglaynlar bir kovshlidan shunisi bilan farq qiladiki, ularning 
cho‘michi katta belkurakli tipda bo‘lib, o‘qda kanatlarda osilgan bo‘ladi. Draglayn 
o‘zi turgan joyning pastki qismini qaziydi, shu sababli konning yuqori maydonida 
ishlaydi. 
Ko‘p cho‘michli ekskavatorlar hozirda eng ko‘p ishlatiladi. Zanjirli ko‘p 
kovshli ekskavatorlar konveyr shaklidagi to‘xtovsiz harakatlanuvchi cho‘michlardan 
iborat. CHo‘michlarni bo‘shatish lentali transporterga tashlash bilan bajariladi. 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling