4-mavzu. Tabiy mayda va yirik toldiruvchilar reja
Rasm-4.10. Yassi harakatlanuvchi katta ko‘zli g‘alvirning sxemasi: a-
Download 0,87 Mb. Pdf ko'rish
|
4 Мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rasm-4.11. Baraban tipidagi g‘alvirning sxemasi
Rasm-4.10. Yassi harakatlanuvchi katta ko‘zli g‘alvirning sxemasi: a-
gratsion; b-inersion Panjaraning tebranish amplitudasi va nuqta sahnasi debalanslar inersiya kuchiga, shu bilan birga prujina elastikligiga, g‘alvirning massasiga va uni materiallar bilan yuklash darajasiga bog‘liq. Rasm-4.11. Baraban tipidagi g‘alvirning sxemasi Qurilishda yassi g‘alvirlardan tashqari, baraban tipidagi g‘alvirlar ishlatiladi (rasm-4.11), ularda materiallarni navlarga ajratish nisbatan sekin qiya o‘q atrofida silindr panjaraning bir tekisda aylanishidan bajariladi. 52 Baraban tipidagi g‘alvirlar turli o‘lchamdagi tirqishlardan iborat seksiyalardan iborat bo‘lib, material mayda ko‘zli panjaradan yirikka qarab harakatlanadi, rasm- 3.3 da ko‘rsatilgan. Ba’zida ikki yoki uchta panjaradan iborat biri-ikkinchisida joylashgan baraban tipidagi g‘alvirlar ishlatiladi. Bunda yassi g‘alvirlardagi kabi navlarga ajratish yirikdan maydaga qarab bajariladi. Yirik ko‘zli g‘alvirlarning ishlashini baholashda elashning sifat koeffitsienti kiritiladi (%), elashning samaradorligi ham deb ataladi: E = (b/a)*100 = (100/a)*(a-s)/(100-s)*100 bu erda: v-quyi sinfning chiqishi, butun material massasi bo‘yicha (masalan, qum - shag‘alli aralashmadan qumning chiqishi); a- foydalanilgan material tarkibida mayda fraksiya’ning massa ulushi (qum- shag‘alli aralashmada qumning miqdori),%; s- yuqori sinfdagi mayda fraksiya’ning ifloslanishi (shag‘alda qumning massa ulushi),%. Agar s- kattaligi 5% dan oshmasa, u holda elashning samaradorligi, masalan a=60% da quyidagidan kam bo‘lmasligi kerak: E = (100/60) * (60-5)/(100-5) * 100 = 96.5 Agar s=10% bo‘lsa, u holda elashning samaradorligi E=93% bo‘ladi. Bir martali elashda E-kattaligi, tajriba ma’lumotlariga ko‘ra, baraban tipidagi g‘alvirlar uchun-60% gacha, chayqaluvchi g‘alvirlar uchun-90% gacha, tebranuvchi g‘alvirlar uchun -98% gacha. Aralashmani g‘alvirda suv bilan yuvganda ho‘l elashning samaradorligi oshadi. Bu holatda shag‘al pastki sinf bilan birga yuvilgan qo‘shimchalardan tozalanadi. Titranuvchan katta ko‘zli g‘alvirlarning mahsuldorligi (m 3 /soat) quyidagi formuladan aniqlanadi: Q=cF·q·l·m·n·o·p , bu erda: c - elak yuzasidan foydalanish koeffitsienti; yuqori elak uchun c =1;0,85 va g‘alvirni material yuklaganda eni 70 dan katta va 65% dan kichkina mos keluvchi pastki elak uchun -c =0,8 va 0,7; F - elakning ishchi yuzasi, m², g‘alvir turlari GIS- 62, GIS- 52 ,GIS- 42 uchun 9,7,5 qabul qilinadi, GIT-41 uchun F=4,5; q - kvadrat ko‘zli 1m² elakning solishtirma hajmiy mahsuldorligi, m 3 (m²·soat); metall elak ko‘zi o‘lchami 3,5,10,20,40,80 va 100 mm uchun mos holda q=7,11,19,28,38,58va 63; R, l, m, n, o, p – tuzatma koeffitsientlar; R va l - elak ko‘zidan katta va yarmidan kichigiga mos keluvchi o‘lchamdagi donalarning miqdorini hisobga oladi; Download 0,87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling