Akkumulyator lotincha


Download 31.35 Kb.
Pdf ko'rish
Sana30.01.2023
Hajmi31.35 Kb.
#1141592
Bog'liq
Akkumulator - Vikipediya



Akkumulator
Akkumulyator (lotincha: accumulator –
toʻplovchi) – keyinchalik foydalanish
maqsadida energiyani toʻplaydigan
qurilma. Elektr, issiqdik, gidravlik, inersion
xillari bor. Elektr A. elektr toki taʼsirida
kimyoviy ener-giyani elektr energiyasiga
aylantirib beradigan galvanik tizim. Elektr
A. musbat elektrod, manfiy elektrod va
elektrolitdan iborat. Elektrodning
elektrolitga tegib turuvchi sirtida po-
tensiallar farqi hosil boʻladi. Bu farq eyuk


(elektr yurituvchi kuch) deyiladi. Yigʻilgan
energiyani sarflash vaqtida kimyoviy
energiya elektr energiyasiga, energiyani
toʻplash vaqtida esa elektr energiyasi
kimyoviy energiyaga aylanadi. Elektrolit
tarkibiga karab, A.lar kis-lotali va ishqorli
xillarga boʻlinadi. Kislotali A.larda
elektrolit sifatida sulfat kislota eritmasi,
musbat elek-trod sifatida qoʻrgʻoshin
oksidi, manfiy 265elektrod sifatida
qoʻrgʻoshin ishlatiladi. Bunday A.lardan
avtomobil transportida, aviatsiyada,
aloqada foydalaniladi. Ishqorli A.lar
elektrodining xiliga karab, kadmiynikelli
va temirnikelli, kumush ruxli va kumush-
kadmiy-li boʻladi. Kadmiynikelli A. musbat
elektrodi grafit aralashtirilgan nikel


oksididan, manfiy elektrodi kad-miy
aralashtirilgan temirdan tayyorla-nadi.
Elektrolit sifatida oʻyuvchi kaliy eritmasi
yoki oʻyuvchi natriy eritmasiga ozgina litiy
gidrooksid qoʻshilgan ara-lashma
ishlatiladi. A. zaryadlanish va za-
ryadsizlanish vaqtidagi oʻrtacha
kuchlanish (har bir elementga 1–2 V) va
sigʻim (am-per-soat) bilan ifodalanadi.
Kuchlanishni oshirish uchun A.lar ketma-
ket ulanib, batareyalar hosil qilinadi.
Kadmiynikelli va temirnikelli A.
aviatsiyada, aloqa vositalarida, elektr
transport mashinalarida, kosmik
apparatlarda; kumush-ruxli va kumush-
kadmiyli A. aviatsiya, aloqa vositalari,
kinoga olish apparati va boshqa da


ishlatiladi. Issiqlik A.tarmoqdagi bugʻ
bosimini birday saqlab turadi. Gidravlik A.
gidravlik qurilmalarda suyuqlik yoki
gazning bosim va sarfini baravarlaydi,
100–300 atm bosim ostida suyuqlikni
yigʻib, gidravlik presslarga va boshqa
mashina-qurollarga bir meʼyorda berib
turadi. Inersion A. maxovikdan iborat
boʻlib, undan turli mashinalar, transport
vositalari va boshqalarda foydalaniladi.
So-atlardagi prujinalar, aviatsiya
modellaridagi rezina motor ham energiya
A.i hisoblanadi.
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Adabiyotlar

Download 31.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling