Аккумулятор, аккумулятор турлари режа


Download 1.28 Mb.
bet1/3
Sana17.06.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1548919
  1   2   3
Bog'liq
Аккумулятор, аккумулятор турлари режа


АККУМУЛЯТОР, АККУМУЛЯТОР ТУРЛАРИ
Режа:

  1. Аккумуляторлар

  2. Аккумулятор турлари

  3. Литий-ионли, литий-полимерли аккумулятор

Akkumulyator (lot. accumulator – toʻplovchi) – keyinchalik foydalanish maqsadida energiyani toʻplaydigan qurilma. Elektr, issiqdik, gidravlik, inersion xillari bor. Elektr Akkumulyator elektr toki taʼsirida kimyoviy ener-giyani elektr energiyasiga aylantirib beradigan galvanik tizim. Elektr Akkumulyator. musbat elektrod, manfiy elektrod va elektrolitdan iborat. Elektrodning elektrolitga tegib turuvchi sirtida po-tensiallar farqi hosil bo‘ladi. Bu farq eyuk (elektr yurituvchi kuch) deyiladi. Yig‘ilgan energiyani sarflash vaqtida kimyoviy energiya elektr energiyasiga, energiyani to‘plash vaqtida esa elektr energiyasi kimyoviy energiyaga aylanadi. Elektrolit tarkibiga karab, Akkumulyator lar kis-lotali va ishqorli xillarga bo‘linadi. Kislotali Akkumulyator.larda elektrolit sifatida sulfat kislota eritmasi, musbat elek-trod sifatida qo‘rg‘oshin oksidi, manfiy 265elektrod sifatida qo‘rg‘oshin ishlatiladi. Bunday Akkumulyator lardan avtomobil transportida, aviatsiyada, aloqada foydalaniladi. Ishqorli Akkumulyatorlar elektrodining xiliga karab, kadmiynikelli va temirnikelli, kumush ruxli va kumush-kadmiy-li bo‘ladi.
Kadmiynikelli Akkumulyator musbat elektrodi grafit aralashtirilgan nikel oksididan, manfiy elektrodi kad-miy aralashtirilgan temirdan tayyorla-nadi. Elektrolit sifatida o‘yuvchi kaliy eritmasi yoki o‘yuvchi natriy eritmasiga ozgina litiy gidrooksid qo‘shilgan ara-lashma ishlatiladi. Akkumulyator zaryadlanish va za-ryadsizlanish vaqtidagi o‘rtacha kuchlanish (har bir elementga 1–2 V) va sig‘im (am-per-soat) bilan ifodalanadi. Kuchlanishni oshirish uchun Akkumulyatorlar ketma-ket ulanib, batareyalar hosil qilinadi. Kadmiynikelli va temirnikelli Akkumulyator aviatsiyada, aloqa vositalarida, elektr transport mashinalarida, kosmik apparatlarda; kumush-ruxli va kumush-kadmiyli Akkumulyator aviatsiya, aloqa vositalari, kinoga olish apparati va boshqa da ishlatiladi. Issiqlik Akkumulyator tarmoqdagi bug‘ bosimini birday saqlab turadi. Gidravlik Akkumulyator gidravlik qurilmalarda suyuqlik yoki gazning bosim va sarfini baravarlaydi, 100–300 atm bosim ostida suyuqlikni yig‘ib, gidravlik presslarga va boshqa mashina-qurollarga bir meʼyorda berib turadi. Inersion Akkumulyator maxovikdan iborat bo‘lib, undan turli mashinalar, transport vositalari va boshqalarda foydalaniladi. So-atlardagi prujinalar, aviatsiya modellaridagi rezina motor ham energiya Akkumulyatori hisoblanadi.

Smartfoningiz yoki planshetingiz qanday batareyada ishlashini hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Aftidan, agarda Samsung’ning Galaxy Note 7 fabletlari akkumulyatordagi nosozlik tufayli yonib ketishni boshlamaganida, ko‘pchilik foydalanuvchilar batareya haqida o‘ylab ham ko‘rishmasdi. Biz avvalroq ularning portlashi, buning sabab va oqibatlari, himoyalanish usullari haqida maqola eʼlon qilganmiz. Bugun esa akkumulyatorlarning turlari xususida so‘z yuritamiz.
Hozirgi kunda mobil gadjetlarda ikki xil batareyalar qo‘llanmoqda: litiy-ionli (Lithium-Ion yoki Li-ion) hamda litiy-polimerli (Lithium-Polymer yoki Li-po) akkumulyatorlar. Bulardan har birining o‘ziga yarasha xususiyatlari, ustunliklari va kamchiliklari mavjud.

Lithium-Ion akkumulyatorlar


Ishonish qiyin, ammo Li-ion texnologiyalari hali mobil telefonlar yaratilmasidan burungi davrdan – 1912 yildan buyon amalda. Lekin 1991 yilga kelib, mazkur texnologiyani Sony o‘zlashtirib olgach, u taraqqiyotdan to‘xtagan.
Li-ion batareyalar energiya zichligi yuqoriligi bilan ajralib turadi. Yaʼni, ularda hajm birligiga to‘planadigan quvvat litiy-polimer batareyalarga qaraganda ancha yuqoridir. Shu bilan birga, uning tannarxi ham nisbatan arzon tushadi. Bulardan tashqari, Li-ion batareyalar birinchi foydalanishda quvvatlashni talab etmaydi.



Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling