Ko‘tarish transport mashinalarining elektr uskunalari
Download 0.82 Mb.
|
Ko‘tarish transport mashinalarining elektr uskunalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.1. Kranlar haqida umumiy ma’lumotlar
Ko‘tarish transport mashinalarining elektr uskunalariReja:
1. Ko‘prikli kranlarning elektr uskunalari va boshqarish sxemalari 1.1. Kranlar haqida umumiy ma’lumotlar 1.2. Ko‘targichlar va liftlarning elektr uskunalari va boshqarish sxemalari 1.3. Yerda yuruvchi elektr aravacha va uzluksiz transport mexanizmlarining elektr uskunalari 1. KO‘PRIKLI KRANLARNING ELEKTR USKUNALARI VA BOShQARISh SXEMALARI 1.1. Kranlar haqida umumiy ma’lumotlarKran deb–yuklarni qisqa masofaga gorizontal yoki vertikal holatda siljitib beruvchi yuk ko‘taruvchi qurilmaga aytiladi. Bajaradigan vazifasi va ish sharoitlariga ko‘ra kranlar ko‘prikli, minorali, chorpoyali va boshqalarga bo‘linadi. Elektr mashinasozlik korxonalaridagi sexlarda og‘ir yarim tayyor mahsulotlarni, detal va mashina qismlarini ko‘tarib tushirish uchun hamda ularni sex bo‘ylab siljitish uchun ko‘prikli kranlardan keng foydalaniladi. Ko‘prikli kranni ko‘rinishi asosan sexning tuzilishi va texnologik jarayonga bog‘liq, biroq kran uskunalarining qismlari, masalan ko‘tarish mexanizmi, siljish mexanizmi har xil kranlar uchun deyarli bir xil bo‘ladi. Quyidagi rasmda ko‘prikli kranni umumiy ko‘rinishi ko‘rsatilgan (141–rasm). 96–rasm. Ko‘prikli kranning umumiy ko‘rinishi Kran konstruksiyasi ikkita asosiy balkadan iborat bo‘lib sex bo‘ylab yuruvchi g‘ildiraklarda harakatlanadi. G‘ildiraklar relsda harakatlanadi. G‘ildiraklarni elektrodvigatel reduktor va transmission vallar orqali harakatga keltiriladi. Ko‘prik bo‘ylab harakatlanuvchi aravacha o‘rganilgan bo‘ladi. Kran mexanizmlarini ishlashini boshqarish kabinasidan operator orqali boshqariladi. Kabinada kontroller va boshqaruvchi kontrollerlar, elektryuritma mexanizmlarini qo‘l bilan boshqarish qurilmasi joylashgan. Yuritmaning boshqarish elektr uskunalari kran ko‘prikdagi shkafda joylashgan bo‘lib, qarshiliklar yashigi ham shu yerda joylashgan. Elektr uskuna va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish uchun kabinadan ko‘prikka o‘tish lyuklari mavjud. Kranlarga elektr energiyasi sirpanuvchi tok o‘tkazgich yordamida asosiy trollerdan beriladi. Aravaga mexanizmdagi joylashgan elektr uskunalarga elektr energiyasi yordamchi troylerdan ta’minlanadi. Ko‘prikli kranlarda yukning turiga qarab xar xil tutuvchi qurilmalardan foydalaniladi. Masalan: kranlar, magnitlar, greyder, kletn va boshqalar. Bulardan kranlar va ko‘taruvchi elektromagnitlar ko‘p qo‘llaniladi. Elektromagnitni elektr ta’minoti kranga o‘rnatilgan kabel barabaniga o‘ralgan egiluvchan kabel yordamida amalga oshiriladi. Barcha turdagi kranlar yuklarni siljitish uchun. Bu esa kran elektr yuritmalarini hisoblash uchun quyidagi umumiy muammolarni keltirib chiqaradi: statik yuklamalarni hisoblash, dvigatel quvvatini tanlash, ish rejimlarni tahlil qilish, elektr yuritmalar tizimini tanlash. 97–rasm. Ko‘prikli kranning a) ko‘tarish mexanizmi, v) aravacha mexanizmini, g) ko‘prikni yuruvchi g‘ildirak yuritmasini kinematik sxemasi va b) kran mexanizmining yuklamaga nisbatan foydali ish koeffitsienti 142–rasmda ko‘prikli kranni kinematik sxemasi ko‘rsatilgan. Ko‘tarish barabani yoki harakatlanuvchi g‘ildirakning burchak tezligiga nisbatan dvigatellarning burchak tezligi bir necha barobar ortiq bo‘lganligi uchun mexanizm ishchi organlariga harakat reduktorlar orqali beriladi. Ko‘tarish mexanizmlari uchun ko‘p holda polispastli sxemadan foydalaniladi. Bunda (142–rasm) B barabandagi harakat K kryukga uzatiladi. Sxemadagi polispastda uzatishlar soni 4 ga teng. (142–rasm) rasmda aravacha mexanizmning sxemasi ko‘rsatilgan. U to‘rtta yuruvchi g‘ildirakka ega. Bundan ikkitasi val bilan biriktirilgan va u R reduktor orqali dvigateldan harakatga keltiriladi. Harakatlanuvchi g‘ildiraklarga harakat ko‘prikda o‘rnatilgan dvigateldan ko‘prikning o‘rtasida joylashgan reduktor orqali uzatiladi. Bundan tashqari ko‘prikda mexanizmni alohida harakatlanuvchi g‘ildirakli turlari ham keng qo‘llaniladi. Bunda har bir mexanizm alohida mexanik tormozlar dvigatel va reduktor o‘rtasidagi ulovchi muftaga yoki valning narigi tomoniga joylashgan tormozlovchi shkafga o‘rnatiladi. Kryukning nominal harakat tezligi 0,15–0,2 m/s, aravachaniki 0,65–1 m/s, ko‘prikniki 2,0–2,3 m/s ga teng. Yukni ko‘tarish bo‘yicha kranlar shartli ravishda kichik (5–10 t), o‘rtacha (10–25) va katta (50 t dan yuqori) larga bo‘linadi. Ko‘prikli kranlarning aravachasida 15 t dan yuqori hollarda ikkita ko‘tarish mexanizmi bo‘ladi, bular: asosiy–og‘ir yuklarni kichik tezlikda ko‘tarish uchun, yordamchi–yengil yuklarni katta tezlikda ko‘tarish uchun xizmat qiladi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling