Ko‘tarish transport mashinalarining elektr uskunalari


–rasm. Liftlarning kinematik sxemasi


Download 0.82 Mb.
bet5/7
Sana17.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1536001
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ko‘tarish transport mashinalarining elektr uskunalari

102–rasm. Liftlarning kinematik sxemasi
D–dvigatel; T–tormoz; R–reduktor; KSh–arqon yetaklovchi shkiv; K–kabina.
1.3. Yerda yuruvchi elektr aravacha va uzluksiz transport mexanizmlarining elektr uskunalari

Elektr aravacha–elektrokaralar tekis maydonda har xil yuklarni tashish uchun xizmat qiladi. Elektr aravachadan sanoat korxonasidagi va omborlardagi tor yo‘laklarda ham foydalanish mumkin. Bunday mexanizmlar boshqarish osonligi, o‘zidan zararli gaz chiqarmasligi, shovqinsizligi, har tomonlama harakatlanish imkoniyatiga ega ekanligi bilan boshqa turdagi transport vositalaridan ajralib turadi.
So‘nggi yillarda ET–2040 turdagi akkumlyatorli bir dvigatelli aravacha keng qo‘llanilmoqda. Elektr aravacha oldingi g‘ildiraklari pnevmatik boshqariladigan va orqa yetaklovchi ko‘prikdan iborat. 148–rasm.
Yetaklovchi g‘ildirakka harakat ketma–ket qo‘zg‘otishli cho‘lg‘amli o‘zgarmas tok dvigatelidan differensial va kardan val orqali beriladi. Elektr aravacha ikki xil to‘xtatuvchi tizimga ega: bular gidravlik yuritma orqali orqa g‘ildirakka ta’sir etuvchi oyoqda boshqariladigan va dvigatel valiga o‘rnatilgan va qo‘l bilan boshqariladigan mexanik yuritmadan iborat. ET–2040 turdagi elektr aravachaning asosiy texnik kattaliklari quyidagicha: yuk ko‘taruvchanligi–2000 kg, massasi– 1860 kg.

103–rasm. Elektr aravachaning umumiy ko‘rinishi.
1–rul bilan boshqarish, 2–xaydovchining o‘rindig‘i, 3–aravachaning korpusi, 4–korpus, 5–yurish g‘ildiraklari, 6–to‘xtatish dastagi.
Yuk bilan harakatlanish tezligi 16 km/soat, yuksiz harakat tezligi 22 km/soat. Harakatdagi dvigatel turi RT–2 (Rn=3,2 kVt, In=100 A, U=40 V, ωnom=100 rad/s, PVnom=40 %) yopiq tabiiy holda sovutiladi. Elektr aravachaning prinsipial elektr sxemasi 4.9–rasmda ko‘rsatilgan.
Bunda elektr zanjir B1 va B2 seksiyadan tashkil topgan akkumulator batareyasidan ta’minlanadi. Kuch zanjiri bilan kommutatsiya qilish uchun K1–K7 kontaktor va kremniy ventillari D1, D2 dan foydalaniladi.
D–dvigatel kulachokli val va mikro qayta ulagichlar K1–K6 orqali boshqariladi. Kontroller valining aylanishi haydovchi yordamida pedal orqali boshqariladi. Bunda har bir holatda 4.9,b–rasmdagi diagrammada ko‘rsatilganidek, qayta ulanishlar sodir bo‘ladi. Aravachani tezligini rostlash dvigatel yakoridagi kuchlanishni D1 va D2 diodlarni ulash va K1 kontaktor yordamida B1 va B2 akkumulator batareyalarini parallel yoki ketma–ket ulab, R1 qarshilikni yakor zanjiriga kiritish yo‘li bilan qo‘zg‘otish cho‘lg‘ami OVM ni R2 rezistor yordamida shuntlab amalga oshiriladi. Aravachani ishga tayyorlash uchun V1 o‘chirgich yordamida o‘chirib, V3 qayta ulagich oldinga yoki orqaga holatga qo‘yib qo‘l bilan to‘xtatgich yordamida to‘xtatiladi. D dvigatelni yurgizishi va uni tezligini boshqarish quyidagi ketma–ketlikda bajariladi:

  1. Kontroller 1 holatda Kr1 kontakt orqali oldinga yoki orqaga yurgizish kontakti V3 manbaga ulanadi. K4 (yoki K6) o‘zining asosiy kontaktini dvigatelni yakor zanjirini ulashga tayyorlaydi.

  2. Kontroller 2 holatda Kr2 ga qayta ulanadi va K7 yoki K5 ulanadi. D dvigatelni kuch zanjiri tutashtiriladi. V1 va V2, D1 va L2 orqali ulanadi. Rezistor R1 chiqarib tashlanadi. Dvigatel ishga tushib 149–rasmdagi ω1 tezlikdagi xarakteristikasiga erishadi.

  3. Kontroller 3 holatda Kr3 va Kr4 kontaktorlar orqali K2 kontaktor manbaga ulanadi. Batareya seksiyalari parallel ulanib qoladi va dvigatel 2–chi xarakteristikada ω2 tezlikda harakatlanadi.



Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling