4-mavzu. Tabiy mayda va yirik toldiruvchilar reja
Shag‘alning maydalanish bo‘yicha mustahkamligiga ko‘ra markasi
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
4 Мавзу
Shag‘alning maydalanish bo‘yicha mustahkamligiga ko‘ra markasi
4.5-jadval Ko‘rsatkichlar nomlanishi Shag‘alning markasi Dr- 8 Dr-12 Dr-16 Dr-24 Maydalanish ko‘rsatkichi,% Siqilishga mustahkamlik chegarasi, MPa 8 gacha 100dan ko‘p 8 – 12 80 - 100 12 – 16 60 - 80 16 – 24 40 - 60 Shag‘al tosh standart talabiga ko‘ra quyidagilarga javob berishi kerak: Dr8 - siqilishdagi mustaxkamligi 40MPa va yuqori betonlarda ishlatiladi; Dr12 - siqilishdagi mustaxkamligi 30 MPa dan 40MPa gacha betonlarda; Dr16 - siqilishdagi mustaxkamligi 30MPa gacha betonlarda qullaniladi. Shag‘al tarkibidagi bo‘sh jins donalari o‘rtacha namunani vizual baholash va donalar mustahkamligini bolg‘a bilan engil urib yoki donalar qattiqligi po‘lat nina (otqindi va metamorfik tog‘ jinslari) yoki alyumin (cho‘kindi karbonat jinslar) nina yordamida tirnash orqali aniqlanadi. Nina bo‘sh donalar sirtida chiziq qoldiradi, mustahkamining sirtida esa chiziq qoldirmaydi. Shag‘al namunasidan olingan bo‘sh jinslar donalari ajratiladi va umumiy massadagi ulushi aniqlanadi (%): X bo‘sh = (m bo‘sh /m )*100% bu erda: m bo‘sh - bo‘sh jinslar donalarining massasi, kg m- shag‘al namunasining umumiy massasi, kg Yirik to‘ldiruvchi tarkibida bo‘sh jinslarni aniqlashda mexanik indikator qo‘llash mumkin, u esa har bir dona bo‘lagi zo‘riqishini belgilab beradi. SHag‘alda bo‘sh jins donalari miqdori Dr8, Dr12 va Dr16 markalar uchun 10% gacha va Dr24 markali shag‘al uchun 15% gacha ruxsat etiladi. O‘zRST 8267-93 “Qurilish ishlari uchun zich tog‘ jinsli chaqiq tosh va shag‘al” bo‘yicha shag‘alning markalari quyidagilardan kam bo‘lmasligi kerak: Dr8-siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 40 MPa va undan yuqori betonlar uchun; Dr12-siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 30 MPa dan 40 MPa gacha betonlar uchun; Dr16-siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 30 MPa dan kichik betonlar 50 uchun qo‘llaniladi. Og‘ir beton uchun Dr12 markali shag‘alni qo‘llash tavsiya etilmaydi. Shag‘al tarkibida plastinkasimon va ninasimon shakldagi (qachonki donaning bir o‘lchami ikkinchidan 3 marta va undan katta bo‘lsa) donalar miqdori 35% dan oshmasligi kerak. Shag‘al tarkibida yuviluvchi chang, loysimon va gilsimon bo‘laklar miqdori 1% dan oshmasligi kerak. Ayniqsa shag‘al donasiga yopishgan gil miqdori 0,25% dan oshmasligi kerak. Shag‘al tarkibida kolorimetrik namuna bo‘yicha aniqlangan organik qo‘shimchalar miqdori qumda keltirilgan singari chegaralanadi. Bu tarkibda mavjud ruda minerallari, sulfid bog‘lamalar, kremnezemning amorf turlariga xam taaluqlidir. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling