48
Dengiz qirg‘oqlarida va daryo havzalarida mavjud shag‘al donalari o‘ta silliq
yuzali bo‘lib, tuxumsimon yoki oval disk shaklida bo‘ladi,
betonda sement toshi
bilan yomon bog‘lanadi. SHu sababli, shag‘al tosh mustahkamlik chegarasi 30MPa
dan ortiq bo‘lmagan betonlarda qo‘llanadi. SHag‘alning
yirik fraksiyalari chaqiq
tosh olish uchun maydalashda ishlatiladi.
Beton tayyorlashda alohida miqdorlangan holda shag‘alning
quyidagi
fraksiyalari ishlatiladi: 5-10; 10-20; 20-40 va 40-70 mm. Bundan tashqari shag‘al
fraksiyasi 3-10 mm, gidrotexnik betonlar uchun esa 40 - 80 va 80 - 120mm qo‘llash
standart bo‘yicha ruxsat etiladi.
Shag‘al fraksiyasining donadorlik tarkibi rasm-4.9 da ko‘rsatilgan chegarada
bo‘lishi kerak. Ba’zi holatlarda shag‘alga o‘ta muhim talab qo‘yiladi. Masalan,
shag‘al fraksiyasi tarkibida 5(3) mm eng kichik donalar miqdori 5% dan oshmasligi
kerak yoki yupqa devorli konstruksiyalar qo‘llaniladigan beton tarkibida eng katta
ruxsat etilgan shag‘al donalari miqdori umumiy fraksiya massasi bo‘yicha 5% dan
oshmasligi kerak.
A, % massa bo‘yicha
0,5%
Dkichik
0,5(Dkichik+Dkatta) Dkatta 1,25Dkatta
Rasm-4.9. Shag‘al(chaqiq tosh)ning donadorlik tarkibining grafigi:
tekis chiziqlar bitta fraksiyali to‘ldiruvchilar uchun;
uzuq-yuluq chiziq – 5(3)-20 mm fraksiyali aralashma uchun.
Standartga ko‘ra maydalanish ko‘rsatkichi bo‘yicha shag‘alning tog‘ jinslarini
siqilishdagi mustahkamligi intervaliga mos keluvchi (jadval-4.5) taxminiy quyidagi
markalari nazarda tutiladi.