4-mavzu. Tabiy mayda va yirik toldiruvchilar reja


Shag‘alni qazib olish va fraksiyalarga ajratish


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/14
Sana13.04.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1354869
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
4 Мавзу

Shag‘alni qazib olish va fraksiyalarga ajratish. 
Shag‘al asosan qum-shag‘al konlarni qayta ishlashda olinadi. Qum-shag‘alli 
aralashmada shag‘alning massa ulushi o‘rtacha 30-40% ni tashkil etadi. 
Qum-shag‘alli konlarni qayta ishlashda qum alohida va shag‘al standart 
fraksiyalarga ko‘ra donalari yirikligi bo‘yicha alohida ajratiladi. 
Xozirgi vaqtda qazib olinayotgan qum-shag‘alli aralashmalar hamma vaqt 
ham navlarga ajratilmaydi. Ularni bevosita beton tayyorlashda ishlatiladi. Bu qulay, 
arzon va ba’zan maqsadga muvofiq bo‘lib, bunda qum-shag‘alli aralashmaning 
donadorlik tarkibi beton uchun optimalga yaqin bo‘lishi shart. 
Qum-shag‘alli aralashmalarni navlarga ajratishda katta ko‘zli g‘alvirlar 
ishlatiladi va sochiluvchan aralashmaning donalari yirikligi bo‘yicha ajratish 
jarayonini esa elash deyiladi. 
Elash bevosita aralashmani katta ko‘zli g‘alvir bo‘yicha harakatlanishidan 
bajariladi. Ba’zan bu elaklar burchak ostida o‘rnatiladi, bunda aralashma tabiiy 
qiyalik burchagidan katta bo‘ladi. Bu holatda aralashma o‘z og‘irligi bo‘yicha 
harakatlanadi. 
Bunday g‘alvirlarni harakatlanmaydigan deyiladi. Ko‘pincha harakatlanuvchi 
g‘alvirlar ishlatiladi, unda navlarga ajratish jarayoni jadal ketadi. 
Katta ko‘zli g‘alvirlarning elash yuzasi kolosnikli, shtampalangan quyilma 
yoki chetanli bo‘lishi mumkin. Kelosnikli katta ko‘zli g‘alvirlar alohida kolosnik 
elementlaridan yig‘iladi, bu maxsus profilli sterjinlardan iborat bo‘lib, navlarga 
ajratilayotgan aralashma kolosniklar orsidagi yoriqdan tushadi. 
Shtampalangan quyilma panjara listli po‘latdan aylana yoki yoriqsimon 
tirqishlardan iborat holatda tayyorlanadi. 
Elash yuzasining asosiy parametri bu kesimga yoki tirqishlar yuzasining 
g‘alvirning yoki panjaraning yuzasi nisbatiga bog‘liq. G‘alvirlardagi va panjaradagi 
teshiklarnig o‘lchamlari shu holatda hisoblanadiki, bunda aralashmadagi zarur 


51 
olinadigan donalar ulardan erkin o‘tishi kerak, bu esa panjaraning qiyaligi, qalinligi 
va donalarning panjarada harakatlanishi tezligiga bog‘liq. 
Standartda bu holatlar bo‘yicha yo‘l qo‘yilgan: qumda 5% yoki 10% shag‘al 
bo‘lishi, shag‘alda esa 10% gacha qum bo‘lishi ruxsat etilgan. Amaliyotda bu 
chegaralar hamma vaqt ham saqlanmaydi. 
Shag‘alni navlarga ajratishda turli konstruksiyali qo‘zg‘aluvchan katta ko‘zli 
g‘alvirlar ishlatiladi. Yassi katta ko‘zli g‘alvirlar eng ko‘p qo‘llanilib, harakatlanish 
xarakteriga ko‘ra ikkita guruhga bo‘linadi: chayqaluvchan va tebranuvchan. 
Chayqaluvchan g‘alvirlar shunisi bilan farqlanadiki, undagi panjara 
haraktlanuvchi krivoship mexanizmi bilan qattiq kinematik bog‘lanishi orqali 
harakatga keladi. Rasm-4.10, a da aylanma chayqaluvchi g‘alvir sxemasi keltirilgan. 
Bunday g‘alvirlarni giratsion deb ataladi. Tebranuvchan, ba’zida inersion deb 
nomlanadigan g‘alvirlar ularda joylashgan tebratgich-debalansli val (rasm-4.10, b) 
harakatlanishidan tebranadi. 
 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling