4-mavzu: Tarbiya nazariyasi. Tarbiyaning umumiy metodlari. Tarbiya turlari. Reja


Download 94.84 Kb.
bet21/28
Sana29.12.2022
Hajmi94.84 Kb.
#1072254
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28
Bog'liq
4-ma\'ruza

Tejamkorlik. Abu Nasr Forobiy «Baxt-saodatga erishish haqida» asarida shunday yozadi: «Inson o’z mablag’ini to’g’ri sarflashni bilishi kerak. Pul sarflashda qizg’anchiqlik qilish, xasislikka olib keladi. Pullarni rejasiz ishlatish esa insonni beboshlikka yetaklaydi». Ko’rinib turibdiki Sharq mutafakkirlari maktab va oila sharoitida bolalarning iqtisodiy tafakkurini kengaytirish, ularni tejamkorlikka, tashabbuskorlikka, ishbilarmonlikka, iqtisodiy hisob-kitobga o’rgatishni hayotiy tajriba asosida amalga oshirish lozimligiga asosiy e’tiborni qaratganlar.
«Ey farzand, o’zingni mol jam etmoqdan g’ofil tutmag’il va lekin har narsani etmak tilasang jahd qilg’il, toki halollik bila jam bo’lsin va hamisha senga boqiy hamda yoqimli bo’lsun. Agar moling ko’p bo’lsa, uni taqdir va tadbir bila ishga yaratg’il. Nedinkim, taqdir va tadbir bila yaratgan ozgina mol taqdirsiz va tadbirsiz ko’p moldin yaxshidur. Agar mol oz bo’lsa, ham yaxshi saqlamoqni vojib bilg’ilki, har kishi oz narsani saqlay olmasa, ko’p narsani ham saqlay olmag’uvsidir. Har narsa qo’lingga tushsa, bir tangadin ikki hissani qarilig’ va ojizlig’ vaqtining zaruriy ishlariga ehtiyoj uchun ehtiyot qilib qo’yg’il, va undin ko’z yumib aslo unga qo’l urmag’il. Qolgan ikki hissani o’zingning ziynat va asbobingga sarf etgil» (Qobusnoma. 70-72 bet).
«...Olamdagi hamma millatlarning hol va qudratlari mol va boyliklari ila o’lchanur» - deb Abdulla Avloniy o’rinli ta’kidlagan. (A.Avloniy. Toshkent tongi. G’.G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyati. T., 1979 y, 267-bet).
Xalq ongiga singib ketgan «Iqtisod bilan ishlagan kishilar faqir bo’lmaslar» degan hadis bor, unga quyidagicha izoh berish mumkin: «Kirimiga qarab chiqimini tuta bilmagan kishi bor davlatini bitirib, oxiri xo’rlikka tushgani holda, kirimiga qarab chiqimini tuta bilgan kishi boy bo’lmasada, o’zini faqirlikdan saqlay oladi». (Yuz bir hadis. T., «Mehnat», 1991 y, 38-bet). Demak, iqtisodning yaxshi yoki yomonligi tejamkorlik bilan bevosita bog’liqdir. Bas, shunday ekan bolaga oilada iqtisod, kirim-chiqim mohiyati haqida ta’lim-tarbiya berish kerak.
Donolar debdurlarki: «Harakat qiling to obodon bo’lg’aysizlar va ozga qanoat qiling, toki mollaringiz ko’p bo’lg’ay, yumshoq tabiatli va shirin so’zli bo’ling, do’stiniz ko’p bo’lg’ay».
Markaziy Osiyolik olim Rozouddin ibn Faxriddin odob-axloq tushunchasiga oid «Kattalarga nasihat» asarining so’nggi qismi «Butun a’zolaringizni gunohlardan saqlang, deyiladi unda, - insof, adolatni o’zinizga rahbar qilib oling. Pul, mol dunyongizni tejab sarf eting, isrofgarchilikka yo’l qo’ymang. Birovdan qarzdor bo’lsangiz, va’da qilg’an kuningizda topshiring», deb ta’kidlanadi Qobusnomada. Haqiqatdan ham inson mol, mablag’, boylik uchun o’zini xavf-xatarga qo’ymasligi shart. Albatta har bir inson uchun mol, mablag’, boylik zarur, bu hayotning talabi. Ammo uni topishda O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga va boshqa me’yoriy hujjatlarda ko’rsatilgan qoidalarga rioya qilish oilaning, davlatning, jamiyatning rivojlanishiga to’siq bo’lmasligi darkor. Bu sohada tadbirkorlik, tashabbuskorlik, halollik, adolat, xalq, davlat manfaatlaridan kelib chiqib amalga oshirilsa samarali natijalar keltiradi. O’quvchilarga iqtisodiy tarbiya avvalo dars jarayonida singdiriladi. O’qituvchi qaysi sinfda qaysi predmetdan dars berishidan qat’iy nazar o’rganilayotgan materialning mazmunidan, uning xususiyatlaridan kelib chiqib, o’quvchilarga iqtisodiy ta’lim, tarbiya elementlarini singdirib, kerakli ko’nikma, odatlar haqida ma’lumot beradi. Yoki maktabdan tashqari biror zavod yo fabrika yo korxonada ishlab chiqarish jarayoni bilan o’quvchilarni tanishtirish orqali ularning mazkur sohalar bo’yicha tasavvur, bilim, ma’lumotlarini takomillashtiradi. Qaysi soha bo’lmasin u davlatning, kishilarning kundalik turmushi, hayoti bilan bog’liqligini anglaydi. Mazkur sohaning iqtisodiy imkoniyatlari va o’z navbatida odamlarning shu sohaga bo’lgan ehtiyojini o’quvchilar o’rganish, ko’rish, kuzatish jarayonida o’zlarining iqtisodiy ma’lumotlarini oshirib borishadi. Bularning barchasi o’quvchilarni iqtisodiy tarbiyalashda ijtimoiy ahamiyatga ega. O’quvchilarni iqtisodiy tarbiyalash ommaviy axborot vositalari, teatr, kino, sayohatlarni, ko’rgazmalarni tashkil qilish singari manbalari mavjudki, ularsiz fuqarolarning iqtisodiy madaniyatini, tafakkurini, ongini va ularni ijtimoiy hayotga tayyorlash masalasini hal etish mushkul.
Oilada tejamkorlik tarbiyasi. Pul ham tarbiyalaydi. Bungga befarq qaramaslik darkor. Pul muomalasiga mensimay qarash, ko’pincha ikki tomonlama muammoga olib keladi. Tekinxo’rlik va oilaning iqtisodiy qiyinchiliklarini bilishni istamaslik odati tarbiyalanadi. Ikkinchidan, pul ochko’zlik, pul jamg’arishga intilishni tarbiyalashi mumkin. Ilk yoshlikdanoq bolani oilaning xo’jalik ishlari bilan tanishtirib borish zarur. Bola oila mablag’ini bilishi, oila hayotining bir oylik, bir kunlik «taxminiy smetasini» bilishi lozim. U asosiy oziq-ovqatlarning – non, yog’, sut, go’sht, baliq, sabzavot va boshqalarning narxini bilishi kerak. Bola kamolga yetib borgan sari uni buyumlar (kiyim, poyafzal, televizor va hokazolarning) qimmati bilan tanishib bormog’i lozim. Agar ota-ona qo’shimcha ish olib ishlayotgan bo’lsa, bola shuni tushunishi kerakki, onasi va otasi oilada hamma yaxshi yashashi uchun mehnat qilayopti. U shunday mantiqni tushunmog’i lozim: Har kim oila hayotini yaxshilashga o’zining qo’lidan kelgan hissasini qo’shishi kerak. Bola sizga qancha ertaroq yordam bera boshlasa, shuncha yaxshi bo’ladi.

Download 94.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling