4-mavzu: Tarbiya nazariyasi. Tarbiyaning umumiy metodlari. Tarbiya turlari. Reja


Download 94.84 Kb.
bet27/28
Sana29.12.2022
Hajmi94.84 Kb.
#1072254
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
4-ma\'ruza

Jismoniy tarbiya
Jismoniy tarbiyaning asosiy maqsadi – o’quvchilar tanasidagi barcha a’zolarni sog’lom o’stirsh borasida ularni aqliy va jismoniy mehnatga, shuningdek vatan mudofaasiga tayyorlashdir. Jismoniy tarbiya kishilarga katta ta’sir ko’rsatib, ularning salomatligini mustahkamlaydi, ishlash qobiliyatini oshiradi, uzoq umr ko’rishga yordam beradi. Sport – har qanday yoshda ham qaddi-qomatni tarbiya qilish, kuch-quvvatni saqlab turishning ajoyib vositasidir. Sport dam olish bilan mehnatni almashtirib turish manbai bo’lib ham xizmat qiladi. Shu sababdan ham kishilik jamiyatining eng ibtidoiy holatidan hozirgi kunimizga qadar jismoniy tarbiya avlodlar kamolotini ta’minlovchi vosita deb hisoblangan. Demak, o’sib kelayotgan yosh avlodning, katta yoshdagi kishilarning jismoniy barkamolligini ta’minlash faqat ota-onaning, maktabning ishigina bo’lib qolmay, balki davlat ahamiyatiga ega bo’lgan ijtimoiy ish hamdir. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida «Ta’lim muassasalari va sog’liqni saqlash organlari bolalar va o’quvchi yoshlarning sog’ligini saqlash va mustahkmlash uchun zarur choralarni ko’radilar. O’quv-tarbiya jarayonining sog’lomlashtirilishiga qaratilgan yo’nalishni ro’yobga chiqarish, sog’lom turmush tarzi normalarini joriy etish uchun sharoitlar ta’minlanadi», deb ta’kidlangan. Mehnat jamoalari, aholi zich yashaydigan joylarda fuqarolarning jismoniy rivojlanishlari uchun sport komplektlari, inshoatlari, tarmoqlari barpo etish ommaviy tus oldi. Bu sohaga e’tibor O’zbekiston mustaqilligidan keyin hukumatimizning diqqat e’tiborida bo’lmoqda. Masalan, stadionlar, basseynlar, tenns kordlari, kurash maydonlari, xokkey, futbol, shaxmat va shashka klublari va boshqalar.
A.Avloniyning fikricha, sog’lom fikr, yaxshi axloq va ma’rifatga ega bo’lmoq uchun badanni tarbiya qilmoq zarur. «Badanning salomat va quvvatli bo’lmog’i insonga eng kerakli narsadir. Chunki o’qitmoq va o’rgatmoq uchun insonga kuchlik, kasalsiz vujud lozimdir. Sog’ badanga ega bo’lmagan insonlar amallarida, ishlarida kamchilikka yo’l qo’yurlar. Badan tarbiyasining fikr tarbiyaschiga ham yordami bordir...».
Jismoniy tarbiyaga bo’lgan e’tibor, g’amxo’rlikning kun sayin oshib borishi fikrimizning yorqin dalilidir. 2000 yilni Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan «Sog’lom avlod» yili deb e’lon qilinishi ijtimoiy ahamiyatga ega.
Jismoniy tarbiya mazmuni jismoni kamolot, jismoniy holat diagnostikasi, jismoniy tarbiya madaniyati, sport ishlari, jismoniy ma’lumot tushunchalarida o’z ifodasini topadi. Jismoniy kamolot yosh avlod ichki a’zolarining o’zgarishi, o’sishidir. Birinchi navbatda yurak va o’pka, shuningdek asab va harakat tizimi, tana shaklining o’zgarishi, teri-muskul tizimi og’irligi, tananing mukammal rivojlanishidir. Pedagogik tushunchada jismoniy kamolot deganda, insondagi jismoniy ma’lumotning o’sishi borasidagi o’zgarishlar, ya’ni oddiydan murakkabga, pastdan-yuqoriga, nomukammallikdan mukammallikka tomn o’zgarishlar tushuniladi. Uch xil tushuncha mavjud: jismoniy tarbiya, jismoniy rivojlanish va jismoniy madaniyat.
«Jismoniy tarbiya – kishi organizmining morfologik va funksional jihatdan takomillashishiga uning asosiy, hayotiy muhim harakat ko’nikmalari va ular bilan bog’liq bo’lgan bilimlarni hosil qilish va mukammallashtirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayondir».
Jismoniy rivojlanish – bu hayot va tarbiya sharoiti ta’sirida takomillashib boruvchi inson organizmining biologik shakli va funksiyalarining vujudga kelish hamda o’zgarish jarayonlaridir. Bu rivojlanishning muhim, lekin yagona bo’lmagan faktoridir.
Jismoniy madaniyat – ancha keng tushuncha. U jamoatchilik yutuqlari, vosita va metodlarning barchasini qamrab oluvchi insonlarning jismoniy rivojlanishi va bilim olishiga ta’sir etuvchi umumiy madaniyatning bir qismi hisoblanadi. Jismoniy madaniyat jismoniy tarbiyaning tarkibiy qismidir. Shu bilan birgalikda, jismoniy madaniyat inson va jamiyat umumiy madaniyatining ham ajralmas qismi. Jismoniy madaniyat mazmuniga quyidagilar kiradi:

  1. Inson a’zolarining tuzilishi va ularning funksional kamoloti. Ichki a’zolar, asab va harakat, suyak-muskul tizimi, badanning uyg’unligi va ularning funksional faoliyatini boshqaradi.

  2. O’quvchilarning sog’ligini mustahkamlash.

  3. Gigiyena qoidalariga ko’niktirish.

  4. O’quvchilarning har tomonlama mohirligini o’stirish.

  5. Bo’lajak ishchilarning jismoniy va fiziologik sifatlarini shakllantirish, ish qobiliyatini oshirish.

  6. O’quvchilarning jinsiy va yosh xususiyatlari uchun sharoit yaratish.

  7. O’quvchilarning iroda, chidamlilik, qat’iyan intizom, do’stlik hissini kamol toptirish.

  8. Shaxsiy jismoniy qobiliyatlarini tarbiyalash.

Shaxsda yuqoridagi jismoniy madaniyatni shakllantirish ijtimoiy ahamiyatga ega. Bu vazifalarni maktab o’quvchilarida amalga oshirish kelajakda ularni ijtimoiy hayotga, oilaga tayyorlashda muhim rol o’ynaydi.
Jismoniy madaniyat – sport ishlari yoki oddiy sport sho’balari, klublari, guruhlar yoki ommaviy musobaqalarda va hokazolarda namoyon bo’ladi. Jismoniy mehnat to’g’ri yoki noto’g’ri tashkil etilishiga qarab yoshlarga ijobiy yoki salbiy ta’sir etishini unutmaslik kerak. Har qanday sharoitda ham jismoniy mehnat turlarini jismoniy tarbiya mazmuniga kiritilishi maqsadga muvofiqdir.
Jismoniy ta’sir – bu inson badaniga yoki biron bir buyum bilan yo insonlar tomonidan (qo’l, oyoq, badan orqali) ta’sir ko’rsatishdir. Yaqin vaqtlargacha bu haqda juda oz fikrlar bildirilgan va uni pedagogik ta’sir deb kelingan edi. Uning qayta tug’ilishi Sh.A.Amonashvili nomi bilan bog’liqdir. U o’z tajribasida o’quvchilarni aqliy faoliyatlarini rag’batlantirish maqsadida jismoniy ta’sir ko’rsatishdan tez-tez foydalandi. Masalan, bolalarning boshini silash, qo’lini bolaning yelkasiga oyista qo’yish, ularni ruhlantirish, partadagi bolalar yoni o’tirib hamkorlik bildirish orqali ta’sir ko’rsatish vositasida tarbiyalash samaradorligiga erishadi. Bunda o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi to’siq bartaraf etiladi va osoyishtalik, bir-biriga ishonch ruhi qaror topadi.
A.D.Ushinskiy ta’kidlab o’tganidek, mehnat kishining aqliy qobiliyatining rivojlanishiga va axloqiga samarali ta’sir ko’rsatadi. Bolani ilk yoshidan jismoniy va aqliy mehnatga o’rgatib borish ota-onalar, o’qituvchilarning ijtimoiy vazifasidir. Jismoniy tarbiya nazariyasining asoschisi P.F.Lesgaft bu masala yuzasidan puxta va ilmiy asoslangan fikrlarni bayon qilgan: «Rivojlanish – jismoniy rivojlanish singari garmonik bo’lishi, aqiy estetik va axloqiy tarbiya ham shunga muvofiq bo’lishi kerak, aks holda matonatli va sobit qadam kishilarni yetkazib bo’lmaydi».
Lesgaftning fikricha: «Jismoniy tarbiyaning vazifalari o’quvchilarni o’z harakatlarini boshqara bilishni o’rgatishdan iborat, ya’ni eng kam mehnat, eng qisqa vaqt ichida ongli ravishda eng ko’p jismoniy ish bajarish yoki go’zal va ildam harakat qilishdir».
O’quvchilarni jismoniy tarbiyalashda quyidagi asosiy vazifalar hal etiladi:

  1. Sog’liqni mustahkamlash, organizmni chiniqtirish, jismoniy jihatdan to’g’ri rivojlanish hamda uning ishlash qobiliyatining oishiga ta’sir etish.

  2. O’quvchilarda yangi harakat turlariga ko’nikma va malakalarni hosil qilish va ularni maxsus bilimlar bilan qurollantirish.

  3. O’quvchilarning yoshiga, jinsiga muvofiq keladigan (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilikning) asosiy harakat sifatlarini rivojlantirish.

  4. O’quvchilarda o’z sog’ligiga ongli munostabatni tarbiyalash bo’lib, bu ularning gigiyena qoidalariga rioya qilishlarida, ertalabki gimnastika bilan shug’ullanishlarida hamda sport mashg’ulotlarida qatnashishlarida ifodasini topadi.

«Biz aytamizki, - deydi Ibn Sino – badan tarbiya kishini chuqur va katta nafas olishga majbur qiluvchi ixtiyoriy harakatdir. Mo’tadil ravishda va o’z vaqtida badan tarbi bilan shug’ullanuvchi odam, bu buzilgan xiltlar (qon, safro, balg’am) tufayli kelgan kasalliklarning va mijoz hamda ilgari o’tgan kasalliklar tufayli keluvchi kasalliklarga mubtalo bo’lmaydi» (Tib qonunlari. 1-kitob, 1953 y, 305-bet).
Kishi organizmini chiniqtirishda jismoniy mashg’ulotning (kishi organizmiga) roli katta ekanligini tabiiy-ilmiy tomondan Ibn Sino asoslab bergan. U muntazam suratda jismoniy mashq qilib turish, boshqa rejimlarga (uyqu, ovqatlanish, badanni toza tutish) qat’iy rioya qilish sog’liqni saqlashda eng muhim va asosiy shartlardandir deb bildi.
Ibn Sino kishi organizmini chiniqtirish va taraqqiy ettirishda tabiat kuchlaridan: (quyosh, suv, havo) foydalanish katta ahamiyatga ega ekanligi, jismoniy mashqning kishidagi sezgi organlarini taraqqiy ettirishi uchun ham katta rol o’ynashini isbot qilib berganligini ko’ramiz.
Sino mashqlarni: «Kichik yoki katta, juda tez yoki sekin, sust mashqlar bo’ladi» - degan edi Tib qonunlari kitobida (314-315 betlarida).
Mashhur rus adibi L.N.Tolstoy «Agar mushuklarimni ishsiz qoldirganimda ahvolim allaqachon yomonlashgan bo’lardi. Ana shu ishgina menga shirin uyg’u, tetik kayfiyat baxsh etadi», - deb ta’kidlagan edi.
O’quvchilarni ijtimoiy foydali, unumli, jismoniy mehnatga tarbiyalashda jismoniy tarbiya katta rol o’ynaydi. Jismoniy mehnat sog’lom bo’lishni talab qiladi. To’g’ri uyushtirilgan, yaxshi sanitariya-gigiyena sharoitlarida qilinadigan jismoniy mehnat sihat-salomatlikni yaxshilash va jismoniy o’sish uchun imkon beradi.
Maktabda jismoniy tarbiya o’quvchilarda asosiy harakat ko’nikmalarini (kuchlilik, epchillik, tezkorlik, sabr-matonat) paydo qilgan va rivojlangan holda, ishlab chiqarish ta’limi uchun ham mustahkam zamin yaratadi. Jismoniy tarbiyaning tarixiy tajribasi baquvvat, chidamli, epchil kishi o’ziga notanish ishni, mehnat operasiyalarini harakat qilishda ozroq ko’nikma hosil qilgan nimjon, sust, beso’naqay kishilarga qaraganda tezroq o’zlashtira olishini ko’rsatadi.
O’qimishli, har tomonlama o’sgan yangi kishini, a’lo sportchini tarbiyalab yetishtirish uchun maktablar keng imkoniyatlarga ega.
Maktabda kuchli aqliy mehnat bilan faol jismoniy harakatni bir-biri bilan oqilona bog’lab olib borish o’qish jarayonini yanada samaraliroq qiladi jismoniy tarbiya darslari bu sohada yetakchi o’rin egallaydi. Darsning mazmuni maktab rejasi bilan belgilanadi. Bu darslarda har bir sinf uchun o’quv materiali tegishli pedagogik vazifalar bilan belgilanadi.
O’quvchilarning sog’ligini mustahkamlash va organizmini chiniqtirish – maktabda jismoniy tarbiya sohasidagi asosiy vazifalardan biridir. Jismoniy tarbiya mashqlari bilan shug’ullangandagina sog’liqni mustahkamlash va organizmning chiniqishiga erishish mumkin. Nafas olish, yurak tomir hamda organizm boshqa sistemalari va funksiyalarining faoliyatiga kuchli ta’sir qiladigan muskullarning ko’p qismini ishga soladigan mashqlardan foydalanish bu ishda alohida ahamiyatga ega. Shunday jismoniy mashqlarga: yugurish, sakrash, irg’itish, chang’ida yurish, suzish, harakatli va sport yo’inlari kiradi.
O’quvchilarning sog’ligini mustahkamalashda maktabning mashg’ulot rejimida ko’zda tutilgan ommaviy sog’lomlashtirish tadbirlari, chunonchi har kuni dars boshlanishidan oldin gimnasitika bilan shug’ullanish, darslarda jismoniy tarbiya minuti o’tkazish, katta tanaffus paytida ochiq havoda o’yinlar va jismoniy tarbiya mashqlari o’tkazish, o’quv yilida ommaviy jismoniy madaniyat-sog’lomlashtirish tadbirlari uchun 6-7 kun vaqt ajratish, barcha o’quvchilarni jismoniy tarbiya bo’yicha sinfdan tashqari ishga jalb qilish tadbirlari katta rol o’ynamog’i kerak.



Download 94.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling