4-mavzu. Tinish belgilarning qo`llanilishi Reja
Download 404.77 Kb. Pdf ko'rish
|
4-amaliy Ona tili
4-mavzu. Tinish belgilarning qo`llanilishi Reja: 1. Tire va uning qo`llanishi 2. Tinish belgilarning qo`shaloq holda ishlatilish o`rinlari. 3. Tinish belgilarning qo`llanilishiga doir misollar. Tireni amaliyotga rus yozuvchisi N.M. Karamzin (XVIII asr) kiritgan. U o‘zbek yozuvida XIX asrning 70-yillaridan boshlab ishlatila boshlangan 1 . Fitrat tireni chiziq deb nomlaydi: Ikki-uch kishining bir-biriga gapirishlarini yozg‘anda har birining gapidan burun chiziq yoziladir: Yana xalq churillashib ketdi: - Barakalla taqsir, barakalla! - Bo‘sh kelmadilar taqsirim! - Hali bellari baquvvat ekan taqsirimning! (Cho‘lpon) Yaxshi-yomon, katta-kichik, bola-chaqa, qo‘zi-echki kabi bir-biriga qarshi yoki bir turli munosabatli so‘zlar orasiga tire qo‘yiladi . Hozirgi o‘zbek tilida tire eng ko‘p qo‘llanadigan tinish belgilaridan hisoblanadi. Tirening qo‘llanishidagi barcha xususiyatlari logik-grammatik, uslubiy, qorishiq va differensiatsiya prinsiplariga ko‘ra belgilanadi. Tire - aralash holda qo‘llanuvchi tinish belgilaridan biri. U gap qismlari va gap bo‘laklari orasidagi grammatik munosabatlarni ko‘rsatish uchun ishlatiladi. Tire yakka va takror qo‘llana oladi: yakka holda qo‘llanganda gap bo‘laklarini ajratish, takror holda (qo‘sh tire holatida) ishlatilganda esa ma’lum bo‘laklarni chegaralash, chegaralangan bo‘lakning ma’nosini ta’kidlash, bo‘rttirish, emotsionallikni oshirish kabi vazifalarni bajaradi. Tire - murakkab vazifali tinish belgisi. Uning yozma nutq jarayonida 1 Nurmonov A., Sobirov A., Qosimova A. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. - Toshkent: Ilm ziyo, 2015, 96-b. o‘taydigan vazifasi (ma’no va vazifalari) turli xildir. Tirening ayrim vazifalari vergul va qavsning vazifalariga (ajratilgan bo‘laklar, kirish va kiritma konstruksiyalarda qo‘llanishi) o‘xshab ketadi. Bu uning omografik xususiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Lekin tire vositasida ajratilgan bo‘lakda chegaralanish, ma’noni ta’kidlash, emotsionallik, ajratilgan bo‘lakning nisbiy mustaqilligini oshirish kuchli bo‘ladi. Hozirgi o‘zbek tilida tire sodda va qo‘shma gap tarkibida qo‘llanadi. Tire yozma nutq jarayonida quyidagi vazifalarni bajaradi: 1) gap bo‘laklarini ajratadi; 2) gap bo‘laklarini chegaralaydi; 3) gaplarning birini ikkinchisidan ajratadi; 4) kiritma konstruksiyalarni ajratadi va chegaralaydi; 5) turli maqsadlarni - emotsionallikni ifodalaydi; 6) tushirib qoldirilgan ayrim bo‘laklar o‘rnini qoplaydi. Tire sodda gapda quyidagi vazifalarda qo‘llanadi: 1. Ot kesim ot, son, olmosh, harakat nomi, taqlidiy so‘zlar yoki ular hokim bo‘lgan so‘z birikmalari bilan ifodalanib, bog‘lamasiz qo‘llanganda, ega va kesim orasiga tire qo‘yiladi: Ulug‘ ustozlarim so‘zi - qoida. (I.Mirzo) O‘g‘ilni uylantirish - otaning vazifasi. (A.Mamarasulov) Uyqu - umrning tanobi! (Cho‘lpon) Samarqand - olamning sayqali, ko‘rki. (I.Mirzo) Bu - hayvonlarga xos bo‘lmagan xislat. (H.Shayxov) Dunyo go‘zali - sen, qadoqqo‘l singlim. (I.Mirzo) Ikki o‘n besh 2. bir o‘ttiz. (Maqol) Lekin hozir bizni qiynayotgan birdan-bir masala - siz bilan bevosita fikr almashish metodikasini aniqlash. (H.Shayxov) Oyoq osti - “chilip- chilip”, Zirqiraydi eski yaralar... (A.Muxtor) Shabnam, bu - tunda oy to‘kkan achchiq yosh, Hovur, bu - quyoshning ko‘ksida alam. (I.Mirzo).Ammo ot kesim inkor shaklida (ya’ni undan keyin inkor ifodalovchi emas so‘zi kelgan) bo‘lsa, ega va kesim orasiga tire qo‘yilmaydi: Har qalay, er xotinning yugurdagi Download 404.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling