4-mavzu. Tinish belgilarning qo`llanilishi Reja


muntazam ishlamoqlari lozim”. (Gazeta)


Download 404.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana24.03.2023
Hajmi404.77 Kb.
#1292393
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-amaliy Ona tili

muntazam ishlamoqlari lozim”. (Gazeta). 
4. 
Agar bo‘laklangan ko‘chirma gapning birinchi qismi bo‘laklangunga 
qadar nuqtani taqozo etgan bo‘lsa, ko‘chirma gapning ayni uzilgan joyida vergul 
qo‘yiladi va muallif gapi kichik harf bilan boshlanib, undan keyin nuqta q o‘yiladi; 
ko‘chirma gapning ikkinchi qismi bosh harf bilan boshlanadi: “Ma, - dedi 
mashinaning qiya ochiq eshigidan uzatib. - Gulandomniyam og‘zi tegsin”. 
(O‘.Hoshimov) “Uch yildan beri shu gapni kutar edim sizdan, - dedi Omon iymanib. 
- Qiling. Bir yonini o‘zim ko‘taraman...”. “Yo‘q, hammasi o‘zimdan, kesib 


ta’kidladi Mansur. - Armonim shu edi, jo‘ra”. (Sh.Xolmirzayev) “Kambag‘alning 
ekkani unmaydi, bolasi kopayadi o‘zi, - deb o‘yladi Shoikrom ijirg‘anib. - Shu 
kunimdan ko‘ra urushga borib, o‘lib keta qolganimyaxshiydi”. (O‘ .Hoshimov). 
5. 
Agar bo‘laklangan ko‘chirma gapning birinchi qismi bo‘laklanganga qadar 
so‘roq yoki undov belgisini taqozo etgan bo‘lsa, ko‘chirma gapning ayni uzilgan 
joyida so‘roq yoki undov belgisi qo‘yiladi va muallif gapi kichik harf bilan 
boshlanib, undan keyin nuqta qo‘yiladi; ko‘chirma gapning ikkinchi qismi bosh harf 
bilan boshlanadi: “Nahotki, Sultonmurod akam? - deyman. - O‘zi qolib, sherik 
boshlab keptimi endi?.. Bo‘lakdir-e, o‘libdimi?!” (M.Mansur) “Tavba! - deyman. - 
Bu qanaqasi bo‘ldi!” (Sh.Xolmirzayev) “Menga desa, otib yubormaydimi?! - deb 
o‘yladi u ayvon labiga cho‘qqayib o‘tirganicha usti yopiq simni ochiq simga ildam 
ularkan. - Harna bitta haromxo‘rni o‘ldirganim ”. (O‘ .Hoshimov). 
6. 
Ko‘chirma gap muallif gapining ichida kelganda, u bosh harf bilan 
boshlanib, qo‘shtirnoqqa olinadi va uning oldidan ikki nuqta qo‘yiladi; ko‘chirma 
gapdan keyin uning mazmuniga muvofiq vergul (yopiluvchi qo‘shtirnoqdan keyin) 
yoki so‘roq, yoki undov, yoki ko‘pnuqta (yopiluvchi qo‘shtirnoqdan oldin) 
qo‘yiladi, bu belgilardan keyin esa tire qo‘yiladi: Kampirni uyg‘otib: “Tur, 
karomatingni ko‘rsat ”, - dedim.(Oybek) Bunga qarshi ojar cho‘loq: “Avval quda 
qilib, keyincha o‘zim ham shaharga ko‘chmoqchiman”, - deb javob berdi. 
(Cho‘lpon) Mehmonlarga: “Zerikmadingizlarmi?” - deb, supaning bir chetiga 
o‘tirdi.(Oybek) To‘n kiyib, belbog‘ bog‘lagan bolakaylar ko‘zidan duv-duv yosh 
oqib: “Buvijonim, buvijonim!” - deb chirillashar edi.(O‘.Hoshimov) Ona esa: 
“Bolam, qishlog‘imiz, odamlarimiz yana ham yaxshi bo‘lib ketdi, mana, kelsang 
ko‘rarsan...”- derdi.(S.Ahmad) Qizaloq: 
“Otam sizni yo‘qlayotuvdi. 
Zerikkanlar...”- dedi.(Sh.Xolmirzayev). 
Tire 
Tire quyidagi o‘rinlarda qo‘llanadi: 
1. Ot, son, olmosh va harakat nomi bilan ifodalanib, kesim bilan 
bog‘lamasiz birikkan ega va kesim orasiga: O‘zbekistonning poytaxti – Toshkent. 
Ikki o‘n besh – bir o‘ttiz. Bularni amalga oshiradigan – siz. O‘qish – hayotni uqish. 


2. Uyushiq bo‘laklardan so‘ng kelgan umumlashtiruvchi so‘zdan oldin: 
Akam, opam va singlim – barchasi meni kutib o‘tirishgan ekan. 
3. Ajratilgan bo‘lak bilan izohlanmish bo‘lak orasiga: Men – Valiev 
Mahmud, 1954 yilda Toshkentda tug‘ilganman. 
4. Kirish gap bilan gap bo‘laklari orasiga: Tunov kungi ovchi – men uni 
o‘rmonda uchratib qoldim – menga qiziq bir voqeani so‘zlab berdi. 
5. Muallif gapi bilan ko‘chirma gap orasida: - Bugun kelasizmi? – so‘radi 
qizi. 
6. Dialog tipidagi ko‘chirma gaplarda: - Keldimi? - Keldi. 
7. Kutilmagan voqea-hodisalarni ifodalagan gaplardan oldin: Kecha 
sizlarnikiga borgan edim – Asqarjon kelibdi! 
8. Zid ma’noli bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar orasida: Jismimiz yo‘qolur - 
o‘chmas nomimiz. 

Download 404.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling