4-mavzu. Tog‘ jinslarini qazib olish korxonasi reja
Tog‘ jismini cho‘michlab olish va ortish
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
22-nayabr rekonstruksiya
Tog‘ jismini cho‘michlab olish va ortish. Bunday mashinaning ratsional
turini tanlashda tog‘ jinslarining fizik-mexanik xususiyatlari, zaboyning muayyan transport vositalariga mos o‘lchamlari hisobga olinadi. Bu ishlarning samaradorligiga portlatilgan jinslarning bo‘laklari o‘lchamlari, tog‘ massasining maydalanishi ta’sir etadi. Tog‘ jinslari gromining o‘lchamlari (112-rasm) ko‘ndalang shakli, eni-V va balandligi- N massivdagi jinsning xususiyatlariga, zaryadlar massasi BB ga, ularning pog‘ona qiyalamasiga nisbatan joylashuviga va ko‘p jihatdan, kommunikatsiya sxemasiga, skvajina zaryadlariga bog‘liq. 112-rasm. Portlatilgan jins massasining yoyilish sxemasi va parametrlari: N u - pog‘onaning balandligi, h r - uni balandligi, α - pog‘ona burchagi, A - burg‘ulash chuqurligi, M - portlatilgan jins uyumining eni. Bir qatorli portlatishda hosil bo‘ladigan gromning eni (kiritilgan eni, m) N r = K v K β √q n H y , (1.8) Bu erda K v -jinsning portlatuvchanligini ko‘rsatuvchi koeffitsent (2.5-3.3; 5-4; 4.5-5,5 - engil, o‘rta va og‘ir portlaydigan jinslar uchun); K β -skvajina(quduq)ning gorizontga nisbatan qiyalik koeffitsenti (K β =0,25); H y -pog‘ona balandligi, m. To‘g‘ri cho‘michli ekskovator turini tanlashda (113-rasm) maksimal kirib borish eni quyidagicha olinadi: yumshatish va yumshoq jinslar uchun-turish sathida, ekskovator bilan cho‘michlashning 1,5 radiusi ; portlatilgan qoya jinslarni temir yo‘l transportiga ortish uchun cho‘michlashning 1,7 radiusi, avtomobillarga ortish uchun 1,5-1,7 radius. Uyumlangan(parchalangan) jinsning zahirasi bitta ekskovator uchun kamida 10 sutkaga etishi kerak. 113-rasm. Portlatilgan jinslarni to‘g‘ri cho‘michli ekskovator bilan cho‘michlab va o‘zi ag‘darar avtomobilga ortish sxemasi; 1-ekskovatorning surilish o‘qi, 2-o‘ziag‘darar avtomobillarning surilish o‘qi, R n - ekskovator bilan ortish radiusi, I-III-ekskovatorning kirib borish raqamlari. Karerlarda tog‘ jinslarini ishlashdagi asosiy va yordamchi texnologik jarayonlar skreperlar bilan bajariladi. Ular, asosan, karer ochish va rekultivatsiya ishlarida, grunt qatlamini olish, tashib ketish va to‘plash ishlarida qo‘llaniladi. Ochiq tog‘ ishlarida quvvati 730 kVt bo‘lgan, gusenitsali buldozerlardan foydalaniladi. Bunda maydalangan tog‘ jinslari va murakkab qatlamlar olinadi. Buldozerlar maydalangan tog‘ jinslarini ishlashi mumkin. Suv bosgan yoki suv ostidagi qum –tosh karerlarini ishlash uchun loy so‘ruvchi snaryadlar va gidromanitorlardan foydalaniladi.Yo‘l qurilishida ko‘pincha gidromonitorlar ishlatiladi. Tog‘ jinslarini (qoya toshlardan tashqari) gidromonitor usuli bilan ishlashda jiddiy cheklovlar bo‘lmaydi. Kafolatlangan suv manbai bo‘lishi bundan mustasno. Gidromonitor usul bilan yuvishda pog‘ona balandligi jinsning fizik-mexanik xususiyatiga gidromonitorlar turi va karerstruksiyasiga,karerni ishlash sharoitlariga bog‘liq holda qabul qilinadi va 30 m.dan ortiq bo‘lmasligi kerak. YUvilgan materiallarni to‘planadigan joy (ombor)ga etqazish uchun joyning tabiiy qiyaliklaridan foydalanish kerak. Ular gidroaralashmani tarnovlar, ariqchalar, ba’zan quvurlar orqali oqizish uchun etarli qiyalik burchagiga ega bo‘lishi kerak. Qolgan hollarda quvurlardan iborat bosimli gidrotransportdan foydalaniladi (tabiiy yoki sun’iy bosim ta’siri ostida). Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling