4-mavzu. Tog‘ jinslarini qazib olish korxonasi reja


Burg‘ulash-portlash ishlari


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/11
Sana03.02.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1153355
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
22-nayabr rekonstruksiya

Burg‘ulash-portlash ishlari, foydali qazilmalarni olishdagi eng qiyin va 
qimmat turadigan ishlar hisoblanadi. SHuning uchun bunday ishlarda fan va 
texnikaning eng yangi yutuqlaridan foydalanib, mehnatni ilmiy tashqil qilib, 
maksimal darajada mexanizatsiyalab mehnat unumdorligini oshirish kerak. Qoya 
jinslarni ishlash samaradorligini oshirishda ularni bo‘shashtirish (sochib tashlash) 
asosiy ishlardan biri hisoblanadi. Karerlarda burg‘ulash-portlash ishlarini olib 
borishning o‘ziga xos xususiyatlari tog‘ jinslari va tog‘ning texnik sharoitlarining 
turli- tumanligidan kelib chiqadi. SHuning uchun karerlarni ekspluatatsiya qilishda 
burg‘ulash va portlatish ishlarining eng samarali usullarini qo‘llash muhim 
ahamiyatga ega. 
Burg‘ulash-portlatish ishlarining hisobiy parametrlari taxminiy bo‘ladi, ishlab 
chiqarish sharoitlarida aniqlik kiritiladi.Tog‘ massasini qazish-ortish va tosh 
maydalash zavodlarida qayta ishlash uchun tosh bo‘lagining gabarit o‘lchami 
ko‘rsatkichi hisoblanadi: 
1) 
ekskovator cho‘michining sig‘imi bo‘yicha (E, m
3
); L
g
= 0,5 
3
√E; 
2) 
karerveyer tasmasining eni bo‘yicha (V, mm); L
g
′ = 0,5 V+200 mm; 
3) 
birinchi bosqich maydalagichga to‘kish teshigining o‘lchami bo‘yicha
(A, mm); L
g
′′ = (0,78/0,85)A. 
Bu o‘lchamlarning dastlabki ikkitasi yoki uchalasidan katta bo‘lgan bo‘lak 
gabaritdan tashqari hisoblanadi va karerning o‘zida maydalanadi(111-rasm). 
111-rasm. Gabaritdan tashqari tosh bo‘lagini portlatish yo‘li bilan maydalash sxemasi: a- 
to‘kma zaryad bilan;b- shpurdagi zaryad bilan; 1-tosh bo‘lagi; 2-inert material; 3-o‘t uzatuvchi 
shpur; 4-detonator-kapsula; 5-detonatsiyalash shpuri; 6-zaboycha; 7-shpur ichidagi zaryad. 
Mexanik yumshatish (parchalash, maydalash). Jismni baquvvat buldozer-
yumshatkichning orqasiga o‘rnatilgan bir yoki bir nechta tish bilan parchalanadi. 
Mo‘rt jinslarni mexanik usul bilan parchalash burg‘ulash-portlatish usuliga 
qaraganda qator afzalliklarga ega: yupqa gorizontal qatlamlarni qazib olish 
osonlashadi; tog‘ jinsining bo‘laklari o‘lchamini tartibga keltirish mumkin; 


maydalab tashlash demak, jinsni yo‘qotish kamayadi, jins o‘z qattiqligini saqlab 
qoladi; xavfsiz ishlash sharoiti hosil bo‘ladi; muzlagan jinslarni ishlashda, 
yordamchi ishlarda, to‘nkalarni qazib olishda buldozer uskunalaridan samarali 
foydalanish. Massivni parchalashda mashinani parallel yo‘nalishlarda yonlama 
suriladi. Samarali parchalash chuqurligi ham shu jarayonda e’tiborga olinadi. Agar 
yumshatishning karerstruktiv chuqurligi etarli bo‘lmasa, qo‘shimcha o‘tish 
bajariladi. Bo‘laklar o‘lchami kichikroq bo‘lishi uchun mashina ham uzunasiga, ham 
ko‘ndalangiga yurishi kerak.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling