Reja: Oziq-ovqatda ishlatiladigan organik kislotalar
Download 33.27 Kb.
|
Mikrob referat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oziq-ovqatda ishlatiladigan organik kislotalar
MAVZU: BAKTERIYA VA AQITKILARDAN OQSILLAR VA AMINOKISLOTALAR ISHLAB CHIQARISH Reja: Oziq-ovqatda ishlatiladigan organik kislotalar Aminokislotalarni olishning asosiy usullari Lizin olishning texnologik jarayonlari Zamonaviy oziq-ovqat sanoatida mikrobiologik sintez yo‘li bilan olinadigan moddalar, ayniqsa alohida tozalab olinadigan ozika ingridientlari juda katta ahamiyat kasb etmokda. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda bunday moddalar to‘la sifatli oziqa retsepturasini yaratishda qo‘shimcha, eng muhim moddalar sifatida ishlatib kelinmokda. Mikrobiologik ingridientlar tayyorlash (ishlab chiqarish) uchun an’anaviy yo‘llar bilan birga, biotexnologiyani eng yangi yutuqlaridan ham foydalanib kelinmokda. SHulardan ba’zi-birlari to‘g‘risida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. Oziq-ovqatda ishlatiladigan organik kislotalar Sirka kislotasi. Oziq-ovqatda bu kislotani suvli eritmasi ishlatiladi. Eritmada uning mikdori 4% dan kam bo‘lmasligi kerak. Sirka, odatda vino tarkibidagi etanolni bijgitish orkali tayyorlanadi. Bijgitish jarayoni Acetobacter lar yordamida amalga oshiriladi. Limon kislotasi. Bu kislota oziq-ovqat sanoatida eng ko‘p ishlatiladigan organik kislota xisoblanadi. Limon kislotasi antioksidant va ichimliklar, djem, shinnilar, konfet va boshqa shirinliklar tayyorlashda konservant sifatida, hamda ularga o‘ziga xos nordonlik berish maksadida ishlatiladi. Ozik-ovkat sanoatida yilga 100000 tonna toza limon kislotasi ishlatiladi. Uni Aspergillus niger zamburug‘ini maxsus mutantlarini o‘stirish orkali hamda kimyoviy sintez orkali olinadi. Oxirgi yillarni statistik analizi yildan-yilga mikrobiologik sintez yo‘li bilan olinadigan limon kislotasini mikdori oshib borayotganligidan dalolat beradi. Limon kislotasi ishlab chiqaradigan bir necha mikrobiologik zav o dl ar qurilib, ishga tushirilgan va faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Oziq-ovqat sanoati uchun zarur bo‘lgan organik kislotalarni boshqalari ham xuddi shu yo‘l bilan, ya’ni mikrobiologik sintez yo‘li bilan amalga oshirilmoqda. Kuyidagi 37-jadvalda mikrobiologik sintez orqali olinadigan, ozik-ovkat sanoati uchun zarur bo‘lgan organik kislotalar keltirilgan. Ozik-ovkat sanoatida ishlatiladigan kislotalar va ularni _sintez kiluvchi mikroorganizmlar_
Aminokislotalar Dunyoda har yili 700000 tonnadan ko‘proq aminokislotalar ishlab chiqariladi. Bu sohada YAponiya boshqa mamlakatlardan ko‘ra ko‘proq, ya’ni yiliga 2 mlrd. AKD1 dollariga teng bo‘lgan bahoda toza holatdagi aminokislotalar hamda ularni aralashmasini ishlab chiqaradi. Aminokislotalar oziq-ovqat mahsulotlarini ta’mini yaxshilash va ularning oziqa qiymatini oshirish maksadida keng qo‘llaniladi. Aminokislotalarni biosintezi uchun oziq-ovqat mahsulotlarini har xil taksonomik guruhga mansub bo‘lgan mikroorganizmlardan foydalaniladi. Masalan, lizin va glyutamin kislotasini sintezi uchun Corunebacterium glutamicum va Brevibasterium flavum bakteriyalari ishlatiladi. Aminokislotalar sintez qiluvchi mikroorganizmlarning ko‘pchiligi klassik mikrobiologiya usullaridan foydalanib, tanlab olinganlar, ya’ni ular mutantlar hisoblanadi. Past molekulyar ogirlikga ega bo‘lgan birikmalarni superprodutsentlarini yaratish strategiyasi unchalik yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan bo‘lsada, ba’zi aminokislotalarni produtsentlari gen-muhandislik usullari yordamida yaratilgan va ulardan ishlab chiqarish miqyosida foydalanib kelinmokda. Kimyoviy yo‘l bilan, ya’ni sintez qilish orkali olinadigan aminokislotalarni mikdori hozircha ko‘prok. Masalan, keng miqyosda ishlatiladigan aminokislotalardan glitsin va metionin asosan kimyoviy sintez yo‘li bilan ishlab chiqiladi. Keyingi yillarda xalq xo‘jaligi va meditsinada turli xil aminokislotalar keng miqyosda qo‘llanilmoqda. Asosan ular oqsilli oziqalarning to‘yimliligini oshirishda katta ahamiyat kasb etadi. Ba’zi bir oziq ovqat va oziqa mahsulotlari o‘zida almashinmaydigan aminokislotalarni xususan, lizinni etarli miqdorda saqlamaydi. Bunday mahsulotlarga makkajo‘xori, bug‘doy, guruch va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin. Sanoat asosida ishlab chiqarilayotgan aminokislotalar ozika to‘yimliligini oshirish maqsadida sof holda yoki boshqa ingridientlar bilan kombinirlangan (aralashtirilgan) holatda ozika tarkibida qo‘llaniladi. SHuning uchun ham aminokislotalar dan foydalanishganda ozikada oqsillar mikdorini saqlashini oshirish imkoniyati vujudga keladi. Sun’iy aminokislotalarni qo‘llash tabiiy oziqalar sarfini iqtisod qilishga olib kelishi ilmiy va iqtisodiy asoslab berilgan. Aminokislotalardan nafaqat qishlok xo‘jaligi xayvonlari ozikalari tarkibida balki, ozik ovkat sanoatida ham keng foydalanish mumkinligi isbotlangan. Ular shuningdek, qator polimer xom-ashyolar tayyorlashda masalan, sintetik teri, qator maxsus tolalar va oziq ovqat mahsulotlarini qadoklash uchun plyonkalar tayyorlashda xam ishlatiladi. Ba’zi bir aminokislotalar yoki ularni ishlab chiqaruvchilarining insektitsid ta’siri o‘rganilgan. Metionin yoki u-aminomoy kislota dorivor vositalar sifatida keng qo‘llaniladi. Aminokislotalardan xalq xo‘jaligining turli sohalarida keng foydalanilishini YAponiya mamlakati misolida yaqqol ko‘rish mumkin. YAponiyada butun mamlakat bo‘iicha ishlab chiqariladigan aminokislotalarning 65% -i oziq ovqat ishlab chiqarish sonoatida, 18% ini chorvachilikda, 15% ini meditsinada va 2% i turli xil sohalarda ko‘llaniladi. Ayni vaktda jahon miqyosida aminokislotalar ishlab chiqarish yiliga bir necha million tonnani tashkil etmoqda. Jahon miqyosida L-glutamin kislota, L-lizin, DL-metionin, L-asparagin va glitsin ishlab chiqarish etakchi rol o‘ynaydi. Download 33.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling