Reja: Oziq-ovqatda ishlatiladigan organik kislotalar


Aminokislotalarni olishning asosiy usullari kuyidagilar xisoblanadi


Download 33.27 Kb.
bet2/3
Sana08.03.2023
Hajmi33.27 Kb.
#1254087
1   2   3
Bog'liq
Mikrob referat

Aminokislotalarni olishning asosiy usullari kuyidagilar xisoblanadi:
S usimlik xom ashyolari otssili gidrolizatlaridan ekstraksiyalash;
S kimyoviy sinez;
o‘suvchi hujayralardap mikrobiologik sintez;
mikroorganizmlardan ajratilgan fermentlar yoki immobillangan mikrob xujayralaridan foydalanish.
YAponiya mamlakati misolida aminokislotalarni olishning quyidagi usullarini keltirish mumkin. Mikrobiologik sintez asosida ko‘plab aminokislotalarni olish ayni vaqtda istiqbolli va iqtisodiy samarali usul xisoblanadi.
Aminokislotlarni mikrobiologik sintezdan tashqari yuqorida keltirilganidek, o‘simlik va hayvon xom ashyolari saklagan tabiiy oqsillar gidrolizi yo‘li orkali olish mumkin. Bu usul ko‘hna usullardan biri xisoblanib, uning asosiy kamchiliklaridan biri oksilli ozika yoki oziq ovqat maxsulotlari sifatida ishlatiladigan xom ashyolardan foydalanilishidir. Masalan, janubiy sharqiy Osiyoda natriy monoglumat soya shrotidan olinadi. SHu kabi bir kator xom ashyolardan bu usulda aminokislotalar olish iktisodiy samara bermaydi.
Aminokislotalarni kimyoviy sintez kilish etarli darajada samarador bo‘lib, yukori avtomatizatsiyalash orqali uzliksiz ishlab chikarishni tashkil etib, xoxlagan tuzilishli birikmani olish imkoniyatini beradi. Bunda ozik ovqatda ishlatilmaydigan xom ashyolardan foydalaniladi va katta mikdordagi mahsulotni tashkil etadi. Birok, bu jarayonlar ko‘pboskichli bo‘lib, ular murakkab asbob-uskunalarni talab etadi.
YAponiyada aminokislotalar ishlab chikarish usullari va bir yildagi hajmi.

Aminokislotalar

Ishlab chikarish usuli

Ishlab chiqarnsh xajmi, t/yil

Alanin

F,X

150-200

Arginin

m, x,g

100-300

Asparagil kislota

f

1000

Asparagin

x,g

10-50

Sitrullin

m,x

10-50

Sestein

g

1-10

Sistin

g

100-200

Glitsin

X

5000-6000

Glutamin kislota

m

100000

Gistidin

m, g

100-200

Gomoserin

m

10-50

Oksiprolin

g

10-50

Glutamin

m

200-300

Izoleysin

m,g

10-50

Leysin

m,g

50-100

Lizin

m

15000

Metionin

X

60000 - 70000

L-metionin

m

100-200

Ornitin

m, g

10-50

Fenilalanin

m,x

50-100

Prolin

m,g

10-50

Serii

m,g

10-50

L-treonin

m

50-100

DL-, L-triltofan

X,F

100

Tirozin

m,g

10-100

Valin

m

50-100

DOFA

f

0,1

Izoh: F-fermentativ sintez; X-kimyoviy sintez; M-mikrobiologik sintez; G-o‘simlik xom ashyolari va hayvon oqsili gidrolizatlaridan ekstraksiyalash yo‘li orqali; DOFA-dioksifenilal anin.
Boshoqli usimliklarni (bug‘doy, arpa, makkajuxori va boshkalar) urug‘laridan olinadigan oksillar almashinmaydigan aminokislotalar mikdori bo‘yicha, ayniqsa lizin mikdori bo‘yicha FAO etaloni talablariga javob bera olmaydilar. SHuning uchun ham qator mamlakatlarda (YAponiya, AQSH, Fransiya, Ispaniya, Rossiya, Latviya va x-k.) bu aminokislotani (lizinni) sanoat asosida ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
Ma’lumki, lizinning ikki xil optik faollikdagi D-L-shakllari mavjud:
Lizin odam va hayvonlar organizmida qator o‘ta muxim biokimyoviy funksiyalarni bajaradi: xujayrada kalsiy transporti, ovqat hazm kilish fermentlari sekretsiyasini va umumiy azot nisbatini oshirishni ta’minlaydi va h.k.
Lizinning ozik ovkat sanoatida ko‘llanilishi mahsulotlarning sifatini yaxshilab, ularning biologik qiymatini oshiradi. SHuningdek, lizin hayvonlar oziqasidagi eng tanqis aminokislotalar hisoblanadi. Hayvonlar ozika ratsioniga lizinning 0,1-0,4% miqdorida ko‘shilishi oziqaning qiymatini keskin oshiradi va shu bilan birga ularning sarf bo‘lish mikdorini qisqartish imkonini beradi.
Lizin sintez kiluvchi produtsent-mikroorganizmlar, auksotrof bakteriyalarning Brievibacterium, Micrococcus, Corynebacterium kabi gomoseringa muhtoj mutant turkumlari hisoblanadi. Quyida mikroorganizmlarni lizin sintez qilish chizmasi umumiy ko‘rinishda aks ettirilgan.
Ko‘plab mamlakatlarda ishlab chiqarishni asosini Corynebacterium turkumiga mansub bakteriyalarni auksotrof shtammi qabul qilingan. Odatda, auksotrof shtamm olingan yovvoyi shtammlarda lizinni ko‘p mikdorda sintez kiladilar, chunki ularda o‘zlarini boshqarish mexanizmi faoliyat ko‘rsatadi. Bakteriya hujayralarida lizin asparagin kislotasidan paydo bo‘ladi. Buning uchun asparagin kislotasi va lizin orasida qator oraliq molekulalari ya’ni: asparagin kislotasini yarim aldegidi, digidropikolin kislotasi va L, E -diaminopimelin kislotasi (lizinni old mahsuloti) paydo bo‘ladi. Asparagin kislotasini yarim aldegidi ham bir necha aminokislotalar (treonin, metionin, izoleysin) uchun oldmahsulotlardan biri xisoblanadi (36-37-chizmalar).
Rossiyada lizin produtsenti sifatida Brievibacterium turkumlaridan foydalaniladi. Lizin produtsenti-auksotrof - biotin, tiamin, treonin va metioninga talabchan bo‘ladi.
Sanoat asosida lizin va boshka xil aminokislotalarni olish, qat’iy rejimdagi aseptik sharoit, steril ozika muxiti va produtsentning toza kulturasidan foydalanishni talab etadi.

Download 33.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling