4-mavzu. Tog‘ jinslarini qazib olish korxonasi reja


Bitum jinsli karerlarni ishlash xususiyatlari


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana03.02.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1153355
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
22-nayabr rekonstruksiya

Bitum jinsli karerlarni ishlash xususiyatlari. Neft zahiralarining 
cheklanganligi, uni yuqori sur’atlar bilan ist’emol qilish,neft xom ashyosi narxining 
ortishi, avtomobil yo‘llari qurilishi hajmining ko‘payishi muqobil xom ashyolar 
manbaini qidirib topish zaruratini tug‘diradi. SHunday manbalardan biri tarkibida 
bitum bor jinslar bo‘lib,ularning organik qismi xususiy jihatdan neftga yaqin turadi. 
Bu jinslarning Dune bo‘yicha zahirasi uglevodorod hisobi bilan 250-3000 mlrd t. ni 
tashqil etadi. 


Bunday 
jinslarning 
karerlari 
mamlakatimiz 
Surxandaryo, 
Farg‘ona 
viloyatlarida uchraydi, ular yo‘l qurilishida ishlatiladigan bitumning katta ulushini 
qoplaydi. Yo‘l qurilishi amaliyoti va nazariya siga ko‘ra tarkibida bitumli jinslar 
joylashgan erlarni ishlash yo‘l qurilish tashqilotlari uchun texnologik jihatdan 
maqsadga muvofiq. Ba’zi jinslarni er qa’ridan chiqarib olish qiyin bo‘lgani uchun 
ishlarni kompleks mexanizatsiyalash zarur bo‘ladi. Ba’zan seriyali tarzda 
tayyorlangan mashinalardan foydalanish kerak bo‘ladi, lekin qazish va ortish uchun 
yangidan-yangi texnika vositalarini ishlab chiqish ham zarur. 
Tarkibida 50%dan ortiq qum, mayda tosh va katta toshlar aralashmasidan iborat 
qatlamli yotqiziqlar qum-tosh karerlari deyiladi. Qum tarkibi 51%dan kam bo‘lgan 
aralashma kareri tosh-qumli karer deyiladi. 
Yo‘l qurilishi uchun ishlatiladigan mayda tosh va qum davlat standartlari 
talablariga javob berishi kerak. Bu standartlar tayyor mahsulotning fraksiyalari 
o‘lchamlarini, bo‘sh jinslar, grunt va chang zarralari miqdorini, donalarning sovuqqa 
chidamliligi shakllariga qat’iy talab qo‘yadi.
Tabiiy tosh-qum aralashmasiga elab, mayda toshlar ajratib olinadi. Yo‘l 
qurilishi uchun ishlatiladigan mayda toshlar (graviy)ning o‘lchamlari: 5...10,
10...20, 20...40, 40...70 mm bo‘ladi. Jinslardagi bo‘sh unsurlar (bir o‘q bo‘ylab 
siqqandagi mustahkamlik chegarasi 2∙10
7
Pa dan kam )ning miqdori massa bo‘yicha 
10% dan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Gil, loysimon va changsimon zarralar miqdori 
massa bo‘yicha 1% dan oshmasligi kerak. Mayda tosh strukturasida plastinkasimon 
va ignasimon shakldagi zarralar 15% dan ortiq bo‘lmasligi lozim. 
Qazib olish texnologiyasi, mexanizatsiyasi va topshiriqda berilgan turdagi 
mahsulotni eng kam xarajatlar bilan ishlab chiqarishni ta’minlashi kerak. 
Qum-tosh karerlarini ishlash texnologiyasi u joydagi turli jinslar qatlamiga va 
yirik toshlar mavjudligiga bog‘liq bo‘ladi. 
Qum-tosh karerlarida ko‘pincha bo‘ylama, ko‘ndalang va ba’zan aylanma 
usulda ishlash sistemalari qo‘llanadi. Baquvvat yotqiziqlar lonifiguratsiyasi 
tegishlicha bo‘lganda va temir yo‘l transporti bilan tashish imkareriyati bo‘lganda 
ishlashning elpig‘ichsimon sistemasidan foydalaniladi. 
Asosiy qazish-ortish jihozlari sifatida to‘g‘ri ko‘rakli bir cho‘michli 
ekskovatorlar, draglaynlar, bir cho‘michli pogruzchiklar, kichik karerlarda 
buldozerlar va skreperlar ishlatiladi. Katta karerlarda gidromexanik usullar yaxshi 
samara beradi. 
Tosh-qum materiallarni qayta ishlovchi korxonalarga avtomobil transporti yoki 
karerveyerlar yordamida tashiladi (korxona karer hududida yoki yaqin erda 
joylashgan bo‘lsa).
Qum-tosh karerlariga ishlov berish texnologik sistemalari to‘rt guruhga 
ajratiladi (114-rasm) 
I-qum-tosh massasi (1) ni karerdan maydalash-saralash qurilmasi yoki 
zavodi(2)ga tashib keltiriladi. U erdan tayyor mahsulotni ist’emolchi(3)ga 
yuboriladi; 
II-qum-tosh massasi (1)ni karerga o‘rnatilgan ko‘chma maydalash qurilmasida 
qisman yoki to‘la qayta ishlanadi. To‘la qayta ishlash, qazib olingan joyi (zaboy)da 
bajariladi,tayyor mahsulotni bevosita iste’molchi(3)ga yuboriladi; 



Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling