4-mavzu. Tog‘ jinslarini qazib olish korxonasi reja
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
22-nayabr rekonstruksiya
114-rasm. Suv bosgan karerni ishlash sxemasi:
a-ishlash sxemalari; b-karer plani; 1-karer; 2-zavod; 3-iste’molchi; 4-draglayn ekskovator; 5—to‘g‘ri cho‘michli ekskovator. III-qum-tosh massasi (1) karerda, yarim statsionar tosh maydalash qurilmasida qayta ishlanadi. Bu erga tog‘ massasini karerdan avtomobillar tashib keltiradi. Tog‘ massasini yarim statsionar qurilmadan maydalash-saralash zavodiga karerveyer orqali yoki o‘zi ag‘darar avtomobillar bilan tashib beriladi. Mexanizatsiya va transport vositalarining hamma turlarida I guruh sxemasidan foydalaniladi. Suv bosgan qum-tosh karerlarini quritmasdan ishlashda material qazib olinadi va bir joyga to‘plab qo‘yiladi,suvi qochib, tabiiy namlik darajasiga kelguncha kutiladi. Bunda greyder uskunali yoki draglayn cho‘michli ekskovatordan foydalaniladi. Ekskovator bilan ishlashda foydali qazilmani unumliroq olish uchun teshiklari bor cho‘mich ishlatiladi. SHuning uchun qum-tosh aralashmasi tarkibidagi suv oqib tushib, cho‘michning to‘lish koeffitsenti 0.8gacha ko‘payadi. Kamdan-kam hollarda tog‘ korxonalarining mahsulotlari karerdan ishlov bermasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri istemolchilarga etib boradi. Kerakli mahsulotni olish uchun maydalash-saralash zavodlarida foydali qazilmalarga ishlov beriladi. Ishlov berish chaqiqtosh shag‘al, qumni maydalash, saralash, yuvish va boyitishdan iborat. Maydalash va yanchish – tog‘ massasi bo‘laklari(zarralari)ni mexanik usulda parchalab, o‘lchamlarini kichraytirishdir. SHartli ravishda, maydalangan mahsulotlar asosan yirik yanchganda esa – 0.5 mm dan kichik bo‘ladi deb xisoblaydilar. YAnchishda tegirmon (zoldirli sterjenli)dan foydalaniladi. Masalan, maydalash yo‘li bilan asfaltbeton qorishma uchun mineral kukun tayyorlanadi. Saralash (elash) – ishlov berilgan mahsulotlarni yirikligiga qarab elaklardan o‘tqazish. CHaqiqtosh va shag‘alni yuvish gil kesaklari changsimon va gil zarralaridan tozalash maqsadida bajariladi. Boshlang‘ich material tarkibida gil bo‘lishiga va uning fizik xossalari qarab, elak va yuvish mashinalarida yuviladi. Qumlarni tasniflash va boyitish zarralar tarkibini Davlat standartlariga etqazish uchun bajariladi; bu ishlar gidrotaniflagich va boyitish apparatlari (gidrotsiklonlar)da amalga oshiriladi. SHag‘al- qum materiallarin qayta ishlashda o‘ta mustahkam chaqiqtosh olish uchun qayta ishlash texnologik jarayoniga mustahkamlikni boyitish ishlari qo‘shib olib boriladi. SHag‘al-qum materiallarini qayta ishlaganda va xarsanglar turli mustahkamlikdagi jinslar ko‘rinishida bo‘ladi. CHaqiqtosh va shag‘alni mustahkamlik bo‘yicha boyitish maxsus mashinalari, mexanik tasniflagichlar, og‘ir muxitlarda boyitish uskunalari yordamida bajariladi. Dastlabki ikkita usul ayniksa ko‘p qo‘llaniladi. Kub shaklidagi chaqiqtosh xosil qilish uchun uni zarralari shakli bo‘yicha boyitiladi. Bu ish tirqishli elaklarlarda tanlab-saralab zarbli xarakatlanuvchi maydalagichlarda chaqiqtoshni donadorlab va granulyator-barabanlarida amalga oshiriladi. Material namligini berilgan qiymatgacha kamaytirish maqsadida qurilish materiallari suvsizlantiriladi, buning qiymatlari texnologik jarayondagi suvsizlantirish ishlari kaerda bajarilayotgani bilan aniqlanadi. SHag‘al va chaqiqtoshni asosan vibroelaklarda qumni esa spiralli tasniflagichlarda suvsizlantiriladi. SHag‘al ishlab chiqarish yuqorida keltirilgan ishlarni ketma-ket bajarishdan iborat bo‘lib, qurilish materiallarini olish texnologik jarayonini tashqil qiladi. Tayyor mahsulot turlarini ishlab chiqarish texnologik sxemaga ma’lum sondagi saralash va tasniflash, maydalash, yuvish va boyitishlari kiritilishiga bog‘liq. Texnologik sxemani tanlash uchun quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi zarur; Boshlangich tog‘ massasining mustahkamlik va donadorlik tarkiblarining tavsiflari; Tayyor mahsulot assortimenti yo‘l qurilish xududining iqlim sharoitlari. Maydalash usullarini tanlash. Tog‘ jinslarini maydalash usuli maydalanayotgan materiallarning fizik-mexanik xossalariga va bo‘laklarining yirikligiga bog‘liq. Tog‘ jinslarining parchalanishiga qarshiliq qilish xususiyati uning mustahkamligiga, bo‘laklarida darzlar borligiga ularda parchalovchi kuchlarning ta’siriga bog‘liq. Tog‘ jinslari ezilishga eng ko‘p qarshiliq ko‘rsatadi. Egilishga kamroq cho‘zilishga eng kam qarshiliq qiladi. Zamonaviy amaliyotda foydalaniladigan maydalagichlar maydalanidigan materiallarni ezadi, zarbalar beradi; ko‘shimcha tarzda ishkalab emiriladi. SHag‘al tayyorlaydigan zavodlarning komponovka (texnik) sxemalari xilma- xil bo‘lib birinchi galda toshning mustahkamligiga va zararli unsurlar bilan ifloslanishiga bog‘liq. Tosh maydalash zavodlari (TMZ) da ishlab chiqarishning texnologik sxemasini tanlashda qayta ishlanayotgan tog‘ jinsining turi xisobga olinadi: 1. bir jinsli magmali tog‘ jinslari (granitlar, dioritlar , sienitlar va ularning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 600 MPa va undan ortiq toza va oson yuviluvchan qo‘shimchalar bilan kamroq ifloslangan metamorfik (cho‘qindi)jinslar ularning siqilishiga mustahkamligi 60-250 MPa oson va o‘rtacha yuviluvchan ko‘shimchalar bilan ifloslangan; boshlang‘ich tog‘ massasi tarkibida 0-150 (200) mm li bo‘laklar ko‘p. 2. mustahkam bir jinsli cho‘kindi jinslar (oxaktoshlar, dolrlitlar va b) ularning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 60-200 MPa va undan biroz ifloslangan oson va o‘rtacha yuviluvchan. 3. bir jinsli bulmagan kam abrazivli jinslar ularning siqilishdagi mustahkamligi keng ko‘lamda o‘zgaradi.(10-150MPa), tarkibidagi unsurlar o‘rtacha va qiyin yuviluvchan ko‘shimchalar bilan ifloslangan. Tarkibidagi gilli ko‘shimchalar katta chegarada o‘zgarib turishi sababli bu turdagi jinslar uchun katta ishlov berishning yagona texnologik sxemasini tavsiya qilib bo‘lmaydi. 4. Maydalash va yanchish darajasi maydalash jarayoning miqdor tavsifi maydalash darajasi bo‘lib maydalangan yoki yanchilgan material bo‘laklari necha marta kichrayganligini ko‘rsatadi. Quvvat sarfi hamda maydalagich va tegirmonlarning ish unumdorligi maydalash darajasi bilan bog‘liq. Maydalash darajasi Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling