4-mavzu. Tog‘ jinslarini qazib olish korxonasi reja


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/11
Sana03.02.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1153355
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
22-nayabr rekonstruksiya

122-rasm .CHaqiqtoshomborlarisxemalari 
1-itaruvchiturdagiyuktushirgich; 2- karerveyerlar; 3- burilmakarerveyer. 
Korxonaniavtomatlashtirishdaesanarxianchaarzonsilospo‘latyig‘ishqismlargaa
jratishomborlarianchaqulay. Omborlari transport vositalariga ortish konveyerli
bunkerli, ekskavatorli, bir chumichli yuklagichlar yordamida bajariladi. 
Ortib jo‘natilgan mahsulotlar hajmi va massasiga ko‘ra xisoblanadi. Tayyor 
mahsulotni avtomobil va temir yo‘l torozilarida karerveyer usulida yuk ortishda esa 
uzluksiz xarakalanuvchi torozili tasmali dozatorlarda tortiladi. 
YUvish. Mayda navli yuvilgan chaqiqtosh va shag‘al hamda karerlar sifati 
bo‘yicha bir jinsli bo‘lmagan jinslarga nisbatan o‘sib borayotgan qurilish talablariga 
ko‘ra maydalash zavodlarining texnologik sxemalariga ikki va xatto uch bosqichda 
yuvish ishlari ko‘shiladi. 
Otqinchi va metamorfik jinsli karerlarda gilli ko‘shimchalar bo‘lmaydi. 
SHuning uchun bunday jinslarni qayta ishlash texnologik operatsiyalarda yuvish 
changsimon zarralar ko‘p bo‘lgandagina ko‘zda tutiladi. 


CHo‘kindi jinsli tog‘larda va shag‘al-qum materiallarda doimo gil changsimon 
zarralar bo‘lib ularning tarkibi ruhsat etilgan chegaradan o‘tadi. 
Gil linzalarda va proplast karerlarda uchraydi. Portlagan massali gil TMZ ga 
kelib tushsa, xom-ashyongi qayta ishlash texnologik jarayoni buziladi va tayyor 
mahsulot ifloslanadi. 
Gilni maydalaganda elab olish holatigacha parchalanadi.U karerusli 
maydalagich aylanayotgan material ichida kolib kulcha shakliga kiradi va 
maydalagichning meyorda ishlashiga halaqit beradi. 
YUvish jarayoni gilning suvli muxitda emirilish hususiyatiga asoslangan. Bu 
xususiyati tufayli gil xom ashyodan ajralib oqib ketishi mumkin. Suvga tushgan gil 
namni tortib oladi. Uning yuza qatlamlari bo‘kib yumshaydi.YUvish mashinasida
xamma tog‘ jinslari jadal ishqalanishi natijasida bu qatlamlar butunlay chiqib 
ketadi.Donalarning yangi ochilib qolgan yuzasi yana suv ta’siriga duch keladi. 
Materialning 
yuviluvchanlik 
sifati-yuviluvchanlik 
ko‘rsatkichi orqali 
tekshiriladi bu ko‘rsatkich material birligini yuvishga sarflangan energiya miqdorini 
belgilaydi (solishtirma energiya sarfi ). 
E ud =N/P
Bu erda: N- Materialni yuvish uchun kerakli energiya kVt
P– mashinaning ish unumdorligi t.s 
Solishtirma energiya sarfiga ko‘ra u yoki bu materialni yuvishda yuvish 
mashinasining turini tanlash mumkin. YUvishga kam quvvat sarflanadigan oson 
yuviluvchan materialni yassi vibro elaklarda yuvish mumkin. Kiyin yuviladigan 
materiallar uchun jadal ta’sir qiluvchi murrakab yuvish mashinalari kerak bo‘ladi. 
SHag‘al yuvadigan saralaydigan elaklar titratuvchi yassi elaklar tog‘orali qiya va 
gorizontal yuvish mashinalari. 
Suv sarfi ortishi bilan yuvish samaradorligi ma’lum chegarada oshadi. Suv 
haroratining ortishi gilli zarralarni bog‘laydigan modddalarning yanada jadal 
erishiga sabab bo‘ladi. Natijada yuvish samadorligi oshadi. Suvga elektrolitlar 
ko‘shilganda magniy va kalsiy kationlarning to‘liq almashinuvi yuz berib 
zarralarning ilashish kuchi kamayadi. Gil yanada g‘ovak bo‘lib, gidrochidamliligi 
kamayadi. Suvda oson yoyiladi, 1 % gacha elektorit sarfida gilning quruq msassasi 
xisobida yuvilish vakti taxminan 1.5-2 marta qisqaradi. 
Gidravlik tasniflash donalarning suyuqlikda cho‘kib qolish tezligi bo‘yicha bir-
biridan ajratishi tasniflagichlarda bajariladi. Gidravlik tasniflanadigan material 
yirikligi 5 mmdan oshmaydi. Tasniflash suvni vertikal va gorizontal oqizib amalga 
oshiriladi. Gidravlik va mexanik tasniflagichlardan tashqari spiral tasniflagichlar 
xam ishlatiladi. U asosiy ishchi qismi spiral qurilma bo‘lgan qutidan iborat. Spirallar 
aylanganda suv bilan kelib tushgan qum loykalanadi, tarkibida mayda zarralar 
bo‘lgan oqindilar oqizish ostonasi orqali qutining pastki qismiga xaydaladi. Yirik 
zarralar esa spiral yordamida yuqoridagi to‘kish darchasiga yuboriladi. Spiralli 
tasniflagichlar oddiy katta ish unumdorligi va samaraliligi bilan ajralib turadi. 


 Gidravlik tasniflagichlarni gravitatsiyali apparatlarda suv donador materialni 
yirikligiga ko‘ra navlarga ajratuvchi muhit vazifasini bajaradi. Gorizontal va vertikal 
tasniflagichlar ishlatiladi(123-rasm).
123-rasm. Vertikal gidrotasniflagichlarda qum-shag‘al aralashmasini yuvish va tasniflash 
sxemasi. 
Gidrotasniflash quyidagicha kechadi. Qum – shag‘al aralashmasi pastki kalta 
quvur orqali tasniflagichga beriladi. Aralashma diffuzor 3 dan o‘tib boyitish 
kamerasi 2 ga tushadi. Boyitish kamerasining kesim yuzasi diffuzorning yuqori 
kesim yuzasidan ancha katta. SHu sababli chiqayotgan aralashma oqimining tezligi 
ancha kamayadi. Natijada boyitish kamerasi 2 dantasniflashkamerasi 4 ga 
tushayotgan eng yirik zarralar tushib qoladi. Tasniflash kamerasi diffuzor 3 bilan 
apparatning ichki qobig‘i orasida joylashgan. 
Tasniflash kamerasi 4 ning pastki qismiga kalta quvur 5 orqali suv minorasidan 
bosim ostida toza suv yuboriladi. Suv kameradagi materiallarni tindiradi shu 
oqimdan materiallar berilgan chegaraviy donaga ko‘ra ajratiladi cho‘kish tezligi 
tepaga yo‘llangan bo‘lib, suv oqimi tezligidan kichik bo‘lgan qum zarralari yuqori 
oqizuvchi kollektor orqali quvur 1 bo‘yicha shlamga oqiziladi. Tasniflash kamerasi 
4 dan tushib qolgan yirik mahsulot suvsizlantiriladi va omborga tashiladi. 
Bunday gidrotasniflash bitta chegaraviy donaga ko‘ra material donalari 
o‘lchamlarini ikkita to‘plamga ajratishga imkarer beradi. Donalar chegarasi 0.5 dan 
3 mm oraliqda. 
Turlicha mustahkamlikdagi mineral donalarning zichligi ham xar xil bo‘ladi. 
Bunday donalarning galma-gal chiqadigan suv oqimida ajratish jarayoni cho‘ktirib 
ajratish deb ataladi va cho‘ktirib ajratuvchi mashinalarda amalga oshiriladi. (124-
rasm) 


124-rasm.CHo‘ktirib ajratadigan mashinalarda chaqiqtoshni ( shag‘alni) boyitish 
sxemasi: 1- materialni bunkerga uzatadigan tasmali karerveyer; 2- material bunkeri;3- chuktirib 
ajratuvchi mashina yuklash uchun lotokli tebranuvchi taminlagich; 4-chuktirib ajratuvchi 
mashina; 5-suvsizlantiruvchititratma elak; 6- mayda zarralar va qumni tuplaydigan xovuzcha 
nasos. 
CHo‘ktirib ajratadigan mashinalarda donalarni zichligiga ko‘ra ajratish 
mexanizmi ancha murakkab bo‘lib, uning natijalari ko‘pgina omillarga bog‘liq (puls 
chastotasi va amplitudasi, donalar shakli katlam qalinligi ajratilayotgan material 
zichligining xar xilligi). 
CHo‘ktirib ajratadigan mashinalarda materialni katlamlarga ajratilishi donalar 
siqilib tushadigan sharoitlarda yuz beradi. CHo‘ktirib ajratganda donalari zichligi 
turlicha bo‘lgan aralashmalar yuqoriga yunaltirilgan oqimda yumshaydi. Pastga 
yo‘naltirilgan suv oqimida turli zichlikdagi donalar bir-biriga nisbatan siljiydi. Agar 
tarkibida bo‘sh jinslar bo‘lgan boyitilgan material miqdori 35 % dan oshmasa Davlat 
standartiga mos keladigan mahsulot olish mumkin. 

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling