4-mavzu: tog‘ jinslarining fizik-mexanik xossalari


Tog‘ jinslarida neft, gaz va suvning joylashish shartlari


Download 149.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana02.06.2024
Hajmi149.54 Kb.
#1837152
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
NGQBJU-4-ma\'ruza-2023

4.3. Tog‘ jinslarida neft, gaz va suvning joylashish shartlari 
Mahsuldor qatlamdagi tog‘ jinslarining tarkibini, bosimini va haroratning о‘zaro nisbatlari kabi 
omillarga bog‘liq ravishda neft, gaz va suv turli agregat holatlarda: suyuq, gazsimon va neftgaz
aralashmalari kо‘rinishlarida bо‘ladi.
Neft, gaz va suv uyumda zichliklarining kattaligi bо‘yicha aniq ketma-ketlikda joylashgan bо‘ladi, 
uyumning yuqori qismida gaz uning tagida neft va neftning pastki qismida suv bо‘ladi.
Uyumda neft va gaz katta miqdorda tо‘plangandan keyin gaz holatidagi moddalar uyumning 
yuqori qismida gaz dо‘ppisi shaklida konsentratsiyalanadi. Agar neft uyumida gazning miqdori neftning 
miqdoriga nisbatan kichik bо‘lsa, qatlamdagi yuqori bosim tasiridagi gazlar neftda erigan holatda 
bо‘ladi. Bunday holatda qatlamdagi neft bir fazali – suyuq fazada bо‘ladi.
Uyumlar neftli, gazli, gazneftli, gaz kondensatli va neftgazkondensatli turlarga bо‘linadi. 
Uyumning neftli va gazli qismlarida neft va gazdan tashqari kapillyar bosim kuchlari tasirida g‘ovakliklar 
va yoriqlarning devorlarida pardali qatlam shaklidagi suv ushlanib turadi. Kimyoviy tarkibi bо‘yicha bu 
suv ham qatlam tubi yoki chetki suvlar kabidir. Qatlamda neft va gazli uyumlarning shakllanish 
jarayonida yupqa parda kо‘rinishidagi g‘ovakliklar va yoriqlarning sirtida saqlanib qolgan bunday pardali 
suvlarga «bog‘langan yoki qoldiq suvlar» deyiladi. Bog‘langan suvlar juda katta bosim jarayonida ham 
uyumda harakatlanmasdan qoladi. Neft konlarida bog‘langan suvlar qatlam g‘ovaklari va yoriqlari 
hajmining 10% dan 30% gacha qismini egallaydi. Bog‘langan suvlarni yupqa pardalarining qalinligi tog‘ 
jinslari kollektorlarining о‘tkazuvchanligiga va suvning menerallashganlik darajalariga bog‘liq bо‘ladi.
Gilli qalinliklarning oshishi bilan parda qalinligi oshadi, suvning minerallashuvi oshishi bilan esa 
bog‘langan suvning pardasi qalinligi kamayadi. Bog‘langan suvlarning miqdoriy jihatdan har xil bо‘lishi 
uyumdagi neft va gaz zaxirasini aniqlash va hisoblash uchun muhim kо‘rsatkich hisoblanadi. Agarda neft 
qatlamlarida katta miqdordagi bog‘langan suvlar mavjud bо‘lganda qatlamning neft о‘tkazuvchanlik 
qobiliyati kamayadi va quduq kam debit bilan ishlaydi. 
Quduqlarni burg‘ilab mahsuldor qatlamlarni ochish jarayonida qatlam suvlarining tavsiflariga 
bog‘liq ravishda turli xildagi gilli eritmalar tayyorlanadi.
Neft va gaz kollektorlarining har xil g‘ovakligi va о‘tkazuvchanligi hamda suvning 
g‘ovakliklardan kapillyar kо‘tarilishi sababli, mahsuldor qatlamdagi neftlilik va gazlilik zonalari 
oralig‘idagi bо‘linma aniq chegaralanmagan.

Download 149.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling