4-mavzu: tog‘ jinslarining fizik-mexanik xossalari
Tog‘ jinslarining mexanik xossalari
Download 149.54 Kb. Pdf ko'rish
|
NGQBJU-4-ma\'ruza-2023
4.5. Tog‘ jinslarining mexanik xossalari
Yer qobig‘ini tashkil qilgan tog‘ jinslari minerallarning va kristallarning agregat (birikma) laridan tuzilgan. 8 Tog‘ jinslari bir xil minerallardan iborat bо‘lganda monomino har xil minerallardan paydo bо‘lganda polimineral tog‘ jinslari deb ataladi. Tuzlar, gips, angidrit, ohaktosh, dolomit va h.k. monomino tog‘ jinslari magmadan paydo bо‘lgan: qumtoshlar, gillar polimineral jinslari hisoblanadi. Tog‘ jinslari kelib chiqishiga muvofiq magmatik, chо‘kma va metomorfik guruhlarga bо‘linadi. Magmatik tog‘ jinslari yer qobig‘i yoki ustiga chiqib qolgan magmaning sovishi va qotishidan paydo bо‘ladi. Yuqori temperatura va bosim ta’sirida tog‘ jinslarining kimyoviy tarkiblarini о‘zgarishi natijasida metomorfik tog‘ jinslari yuzaga keladi. Chо‘kma tog‘ jinslari yer yuzasida avval hosil bо‘lgan magma tog‘ jinslarining suv, shamol, harorrat ta’siridan yemirilib, parchalanib, ma’lum joylarda tо‘planishidan hosil bо‘ladi. Neft va gaz konlarining geologik tuzilishi asosan chо‘kma jinslaridan iborat. Oraliq moddalar va jonli tanalardan ham chо‘kma jinslar paydo bо‘ladi. Chо‘kma tog‘ jinslari kristallik va maydalangan turlarga ajratilgan. Kristallik tog‘ jinslari tog‘ jinslarining 25% ini tashkil etadi. Qolganlari esa maydalangan tog‘ jinslaridan iborat. Kimyoviy birikma natijasida hosil bо‘lgan mineral va agregatlar ham chо‘kma tog‘ jinslari hisoblanadi va ular xemogen tog‘ jinslari deb ataladi. Kristallik chо‘kma tog‘ jinslari suv tarkibidagi kimyoviy moddalarning reaksiyasi natijasida yuzaga kelgan minerallarning birikmasi (agregati) dan tashkil topgan (bular tuzlar, ohaktosh, dolomit, mergel, gips, angidrit, kremniy). Tog‘ jinslarining yemirilishidan chaqiq tog‘ jinslari yuzaga keladi. Ular о‘lchami bо‘yicha tо‘rtga bо‘linadi: dag‘al chaqiqli (2 mm dan katta); qumtoshli (0,1 dan 2 mm gacha); mayda qumli (0,01 dan 0,1 mm gacha) va gilli (0,01 mm dan kichik). Neft-gaz quduqlarining geologik kesimining kо‘p qismini chaqiq tog‘ jinslari tashkil etadi. Gilli tog‘ jinslari suvli muhitda mujassamlanadi. Gilning tarkibidagi suv miqdori uning xossalariga ta’sir qiladi. Gil tarkibida suv kо‘p bо‘lsa, u yumshoqlanadi; aksincha, suv kam bо‘lsa, gaz qattiqlashadi va toshga (argillitga) aylanadi. Download 149.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling