4-amaliy ish Mavzu: Togʻ jinslarining uyum ogʻirligi va granulometrik tarkibini aniqlash usullarini oʻrganish. Ishdan maqsad
Download 22.56 Kb.
|
4-amaliy ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- To‘kma og‘irligi.
- Tog‘ jinslarining granulometrik tarkibini aniqlash
4-amaliy ish Mavzu: Togʻ jinslarining uyum ogʻirligi va granulometrik tarkibini aniqlash usullarini oʻrganish. Ishdan maqsad: Tog‘ jinslarining to‘kma og‘irligini aniqlash va granulometrik tarkibini o‘rganish. Bo‘shoqlangan tog‘ jinslari tavsifnomasi. Bo‘shoqlangan tog‘ jinslari sochiluvchan va buzilgan holatda uchraydi. Sochiluvchan tog‘ jinsi deb jinslarning o‘zaro birikish kuchi bilan bog‘lanmagan mineral zarrachalari yoki parchalarining mexanik yig‘indilariga aytiladi. Ularda qum, mayda shag‘al, shag‘altosh mayda toshli jins va boshqalar kiradi. U yoki bu usulda parchalangan tog‘ jinslari bo‘shoqlangan holatda o‘tadi. Tog‘ jinslarining kidirish va ularni kazib olishda bo‘shoqlangan jinslarning xisobga olinuvchi asosiy xossalari kuyidagilardan iborat: to‘kma og‘irlik, bo‘shoqlanish koeffisienti, tabiiy kiyalik burchagi, o‘pirilish (qulash) burchagi, ishkalanish koeffisienti, granulometrik tarkibi. To‘kma og‘irligi. Sochiladigan yoki parchalangan tog‘ jinslari to‘kma og‘irligi deb ular bo‘shoklangan holatdagi xajm birligi og‘irligiga aytiladi. Bunda jinsning bo‘shliklari, shuningdek alohida donalari yoki bo‘laklari oraliqlari ham inobatga olinuvchi umumiy xajm tushuniladi. To‘kma og‘irlikni qiymati jinsning solishtirma va xajmiy og‘irligiga, granulometrik tarkibiga, bo‘laklarnung shakliga va ularning o‘zaro joylashishiga, namlikka, tashqi sharoitlar bo‘shoqlangan jinsli idishlar shakli va ularning bosimi ostida bo‘shoqlangan holatda bo‘lish vaqti, o‘zi zichlanish yoki zichlanuvchanligiga bo‘g‘liq. Bu omil idishni eng kichik qirrasi uzunligining l jinsning o‘rtacha kattaligiga (dcp) bo‘lgan nisbati orqali ifodalanadi, dcp 10 dan kichik bo‘lishi kerak. To‘kma og‘irlik xajmiy doimiy bo‘lgan biron-bir idishni bo‘shoqlangan jins bilan to‘ldirish orkali aniklanadi. Bo‘sh idish texnik tarozilarda tortiladi - g (g yoki kg), so‘ngra bo‘shoqlangan jins bilan to‘ldiriladi va idish bilan birgalikda tortiladi - G. Idishdagi bo‘shoqlangan jins xajmi - V o‘lchanadi. Buning uchun idishning o‘lchamlari, jins to‘ldirilgan qismigacha balandligi o‘lchanadi, yuzasi - S, xajmi V = Sh aniqlanadi. Bo‘shoqlangan jinsning to‘kma og‘irligi: SI sistemasida n o‘lchov birligi N/m3, SGS sistemasida - Din/sm3, kg/ m3, sistemadan tashqari o‘lchov birligi - g/sm3. Bu o‘lchov birliklari o‘zaro kuyidagicha bog‘langan: 1N/m3 = 0,102 kg/m3. Aynan bir jinsning to‘kma og‘irligi bo‘shoqlangan jinslarning xajmi ortishi sababli o‘zining solishtirma va xajmiy og‘irligidan doimo kichikdir. Tog‘ jinslarining bu parametrlari orasidagi nisbat zichlik koeffisienti – Kpl orkali aniklanadi va bu o‘z navbatida tog‘ jinsi xajmining mineral moddalar bilan to‘lish darajasini tavsiflovchi kattalik - jinsni xajmiy va to‘kma og‘irligi solishtirma og‘irligiga nisbatini ifodalaydi: yoki bunda - xajmiy og‘irlik g/sm3; ok - solishtirma og‘irlik, g/sm3; n - to‘kma og‘irligi, g/sm3. Agar berilgan jinsning bo‘shoqlanish koeffisienti va xajmiy og‘irligi ma’lum bo‘lsa, to‘kma og‘irlikni xajmiy og‘irlik va bo‘shoklanish koeffisientlarning o‘zaro nisbati orkali aniklash mumkin: Tog‘ jinslarining granulometrik tarkibini aniqlash. To‘kiladigan jinslarning granulometrik tarkibini aniqlash uchun ularni kog‘oz ustiga sepib obdon kurishlari uchun 1-2 sutka ko‘yib ko‘yiladi. 0,001 g aniklikkacha tortilgan namuna 100% deb qabul qilinadi va ular teshiklari tegishli o‘lchamlarda bo‘lgan standart g‘alvirlar (elaklar) to‘plamidan navbatma-navbat elab o‘tkaziladi. Xar bir elakda qolgan qoldiqlar chinni idishlarga to‘kilib aloxida tortiladi. Granulometrik taxlil natijasi 1% gacha aniqlikda foizlarda ifodalanadi, zarrachalar 5 dan 2 mm.gacha, 2 dan - 1 mm.gacha, 1 dan 0,5 mm.gacha va 0,5 mm.dan kichik. Parchalangan jinslarning donadorli tarkibini g‘alvirli taxlil orkali xam aniklash mumkin. Bo‘laklarining o‘lchami xar xil bo‘lgan 2,5-3 kg - parchalangan jins olinadi, texnik torozularda 1 gramm gacha bo‘lgan aniqlikda tortilib - 100% deb qabul qilinadi. Standart g‘alvirlar to‘plami orqali elanadi. Har bir g‘alvirlardan o‘tgan fraksiya aloxida to‘kiladi va 0,1 g.gacha aniqlikda tortiladi. Alohida fraksiyalar og‘irligini bo‘shoklangan jinsning umumiy og‘irligiga bo‘lish orkali xar bir fraksiyaning foizlarda ifodalanishi topiladi: bu erda Wd - ma’lum o‘lchamdagi fraksiyaning foizlardagi miqdari, %; Gd - ma’lum o‘lchamdagi fraksiya og‘irligi, g; G - bo‘shoqlangan jinsning umumiy og‘irligi. Download 22.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling