4. Mikoriza Mikroorganizmlarga tashqi muhit omillarining ta'siri


Download 48.24 Kb.
bet5/9
Sana28.12.2022
Hajmi48.24 Kb.
#1011008
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1502351355 68731

Suvni tozaiash. Tozalash uchun suv awal maxsus tindir-gichlarda tindiriladi, bunda mikroorganizmlarning 75% i cho'kadi. Cho'kish jarayoni tez borishi uchun suvga koagulyant (ohak yoki glinozyom) qo'shiladi, so'ngra mayda shag'al va qum orqali filtrlanadi. Shundan keyin esa xlorlanadi. Suvning tarkibidagi ichak tayoqchasi titr orqali aniqlanadi. Agar 300-500 ml suvda bir dona ichak tayoqchasi topilsa, suv toza hisoblanadi, shundan keyin bu suv quviirlari orqali aholiga yuboriladi.


Tuproq mikroflorasi
Tuproqda juda ko'p mikroorganizmlar uchraydi, ya'ni 1 g tuproqda millionlab yoki milliardiab bakteriya bo'ladi. Havo va suvga nisbatan tuproqda bakteriyalar ko'p bo'ladi. Tuproq asosiy manba bo'Iib, undan mikroblar havo va suvga o'tib turadi. Tup­roqda turli-tuman bakteriyalar, aktinomitsetlar, mog'oriar, achit-qilar, suvo'tlari va sodda hayvonlar uchraydi.
Ba'zi olimlarning hisoblashlaricha, 1 ga haydaladigan yerning 25 sm chuqurlikkacha bo'lgan qatlamida 3—5 tonnagacha bakteriya uchrar ekan. Bakteriyalarning tuproqda tarqalishi tuproqning xususiyatiga bog'liq bo'ladi. Tuproqqa tushgan o'simlik va hay-vonlar qoldig'i hisobiga mikroorganizmlar juda ko'payib ketadi. Tuproqdagi mikroorganizmlar soni tuproqning turiga, fizik- kimyo-viy xossalariga va iqlim sharoitiga ko'ra turli bo'ladi. Tuproqning yuza qismida mikroblar ko'p bo'ladi, pastga tushgan sayin ulaming soni kamayib boradi.
Mikroorganizmlar ko'proq 10-15 sm li qatlamda ko'p bo'ladi, chunki bu yerga quyosh nurlari tik tushmaydi, oziqa va namhk yctarli bo'ladi. Chuqur qatlamlarda bular kam bo'ladi, chunki tuproq tabiiy filtr vazifasini bajaradi va bakteriyalarni yerosti suvlariga kam o'tkazadi.
Tuproqda turli-tuman fiziologik guruhlarga mansub bo'lgan aeroblar, anaeroblar, saprofitlar, nitrifikatorlar, azotfiksatorlar, seliulozani parchalovchilar, oltingugurt bakteriyalari, spora hosil qiluvchilar va spora hosil qilmaydigan. vakillari keng tarqalgan. Yil fasl-lariga qarab tuproqdagi mikroorganizmlar soni ham o'zgarib turadi.
Ayniqsa, o'simliklarning ildiz tizimi atrofida bakteriyalar ko'p to'planadi, ulaming ko'pchiligi aerob, tayoqchasimon (Pseudomonas) spora hosil qilmaydigan vakillardir. Pseudomonas avlodiga mansub bakteriyalar uglevodlar, organik kislotalarni o'zlashtiradi va o'zi ham bir qator vitaminlar sintezlash xususiyatiga ega. Bu vitamin-larni o'simliklar o'zlashtiradi.
Tuproqdagi organik moddalar parchalanganda bakteriyalaming biosenozlari almashinib turadi. Awalgicha tuproqda tez va oson parchalanadigan moddalar bo'lganda, asosan spora hosil qilmay­digan tayoqchasimon bakteriyalar keng tarqaladi, keyinchalik ular-ning o'rnini spora hosil qiluvchi aerob bakteriyalar cgallaydilar.
Tuproqdagi mikroorganizmlarni hisoblash uchun 1924-yili S.N.Vinogradskiy yangi metod ishlab chiqdi. Uning mohiyati quyidagidan iborat: ma'lum hajmdagi yoki miqdordagi tuproq suspcnziyasidan surtma mazok tayyorlanadi, so'ngra u karbol kislotada eritilgan eritrozin bilan bo'yaladi va mikroskop orqali mikroorganizmlar soni hisoblanadi.
F.N.Germanov bakterioskopik metodni yanada mukammal-lashtirdi. U tuproq zarrachalariga osh tuzi bilan ta'sir etdi. Natijada tuproq kompleksidan kalsiy va tuproq zarrachasi icliidagi va ustidagi bakteriyalar bo'shaydi. Bu mctod bilan hisoblaganda, 1 g tuproqdagi bakteriyalar soni 10 milliardga yetgan. Tuproqqa yaxshi ishlov berilsa, yerda bakteriyalar soni ortishini quyidagi jadval ma'lumot-laridan ko'rish mumkin (7-jadval)
7-jadval

Download 48.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling