4-Nazorat savollari
Download 355.8 Kb. Pdf ko'rish
|
4 ns
4-Nazorat savollari Sinfda tarbiyaviy ishlarni yo’lga qo’yuvchi, o’quvchilarning asosiy tarbiyachisi va murabbiysi sinf rahbaridir. Unga bolalar hayotini yo’lga qo’yish, jamoani uyushtirish va tarbiyalash mas’uliyati, sinfdagi o’quv-tarbiyaviy ishlariga javobgarlik yuklanadi.U tarbiyachi sifatida o’quvchilarni barkamol shaxs bo’lib kamol topishi to’g’risida, ularda aqliy teranlik, jismoniy baquvvatlilik, ruhiy tetiklikni tarkib toptirish, ilmga e’tiqod, bilimdonlik hislatlarini tarbiyalash to’g’risida va sinfda tartib intizomni mustahkamlash borasida g’amxo’rlik qiladi. Sinf rahbari bu ishlarning barchasini kuzatuvchi sifatida emas , balki rasmiy, ma’sul shaxs sifatida bajaradi, chunki u maktab pedagogik jamoasi oldida o’ziga topshirilgan sinfda g’oyaviy-siyosiy, ma’naviy – axloqiy ishlarning ahvoli uchun, tarbiyaviy ishlarning mazmuni va yo’lga qo’yilishi uchun javobgardir. Sinf rahbarining asosiy vazifasi o’quvchilarga tarbiya berish va ularni do’stona jamoa qilib jipslashtirishdan iboratdir. Albatta, o’z sinfidagi o’quv ishlari, o’quvchilar bilim, darajasini oshirish masalalari ham uning e’tiborini jalb etadi , ammo bu masalalarni hal etishga u avvalo tarbiyachi sifatida yondoshadi. U eng avvalo tarbiya berish vositalari orqali (o’quvchilarda o’quv vazifasiga nisbatan ongli va ma’suliyat bilan munosabatda bo’lishni tarbiyalash, u darslarda o’quvchilarning o’zaro yordamni yo’lga qo’yish, ularni maktab kun tartibiga rioya qilishga o’rgatish va shu kabilar) ta’lim berish sifatini oshirishda shu sinfda dars beradigan barcha o’qituvchilarga yordam beradi. Har bir sinfda muayyan o’quvchilar jamoasi ish olib boradiki, u jamoa o’quvchilarga qo’yiladigan yagona talabga amal qilish, ular bilan individual ish olib borishni amalga oshirish kerak. Odatda, bu jamoaning tashkilotchis va yetakchisi sinf rahbari bo’ladi. U sinfida dars beradigan o’qituvchilar olib boradigan o’quv-tarbiya ishlarining hususiyatlarini o’rganadi, ularning o’quvchilarga qo’yadigan talablari hamda o’quvchilar bilan o’zaro aloqalarini o’rganadi, ayrim o’quvchilar xulq-atvori haqida , ularga ta’sir ko’rsatish metodlari haqida o’qituvchilar bilan o’zaro fikr almashib turadi. Uning muhim vazifasi o’qituvchilarning tarbiyaviy ish faoliyatlarini birlashtirib, yo’naltirib borishdan iborat. Sinf rahbari maktab pedagogik jamoasi va pedagogik kengashining a’zosidir. U barcha tashkilotchilik va tarbiyaviy ishlarni faqat yolg’iz o’zi emas, balki maktab direktori va uning o’rinbosarlari rahbarligida, o’z sinfida dars beradigan boshqa o’qituvchilar bilan mustahkam hamkorlikda olib boradi va quyidagilarga o’z e’tiborini qaratadi. Sinf rahbarininng vazifalari Sinf rahbarining asosiy vazifasi-o`quvchilarning ahil guruhlarini , aniq maqsadga yo`naltirilgan ishchan jamoani tashkil qila olish va ularni ta’lim-tarbiyali shaxslar, kelajagi buyuk davlatning haqiqiy egalari, komil insonlar etib voyaga yetkazishdir. Sinf rahbarlari o`quvchilariga mehribon bo`lishi, ularning o`sib-ulg`ayishlarini pedagogik kuzatuvlar asosida nazorat etishi, yordamga muhtoj o`quvchilarga yakka holda yondosha olishi lozim. Shu asosda ular qalbida milliy g`urur, vatanparvarlik , mehr-muruvvat, mas’uliyat, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik kabi xislatlarini uyg`otadi. Sinf rahbari ishini o`quvchilarning yosh xususiyatlarini va umumiy rivojlanish darajalarini, qobiliyatlarini hisobga olgan holda , keng qamrovli tarbiyaviy ishlar va aniq mezonlar asosida tashkil etadi. Jumladan: O`quvchilarni Milliy g`oya va ma’naviyat asoslari ruhida tarbiyalash yo`nalishida; O`quvchilarni vatanga fidoiylik, davlat ramzlariga sadoqat, milliy g`oya ruhida tarbiyalash; O`quvchilar ongiga o`zi tug`ilib ulg`aygan yurtiga, buyuk ajdodlarimiz merosi va xalqimizning bugungi bunyodkorlik ishlariga yuksak ehtirom tuyg`ularini singdirish , yurtimizda bunyodetilayotganinshootlar, ma’rifat maskanlari bilan tanishtirib borish; Sinfda o`quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash muhitini yaratish, tarbiya jarayoniga boy madaniy merosimiz , milliy odob-axloq me’yorlarini tatbiq etish, mehnatga ijodiy munosabatni tarbiyalash; O`quvchilarni o`zbek va boshqa xalqlarning madaniy, tarixiy, milliy an’analariga hurmatruhidatarbiyalash; Sinf rahbari o'z o'quvchilarning ta'lim-tarbiya jarayoni ya'ni darslar davomida va darsdan keying! faoliyatini nazorat kilish uchun ma'suldir. 2. Sinfdagi barcha o'quvchilarni kobilyatlariga qarab turli to'garaklarga jalb etish kerak. 3. Sinfdagi barcha o'quvchilarning ma'naviyat daftarining to'liq yuritilishining nazorat qilish. 4. Sinf o'quvchilariga vatanga muhabbat , milliy qadriyatlarga xurmat , mustakillik yillarida qilingan ishlar yutug'i, vatanimiz an'analarga boy milliy merosimizga sadoqat ruhida tarbiyalashni tashkil qilish. 5. Xaftada bir marta o'tkaziladigan tarbiyaviy soatining o'tkazilishining to'g'ri tashkil etib , unga xaqqoniy yondashish. 6. Sinf rahbari har bir o'quvchining shaxsini , pedagogik-psixologik xarakterini o'rganish, shu asosda diniy aqidaparastlikka qarshi kurash bo'yicha tushuntirish ishlarini olib borishi , voyaga yetmaganlar bilan ishlash ishlarini takomillashtirishi lozim. 7. Sinf o'quvchilarning ota-onalari bilan bamaslaxat ish tutgan holda o'quvchilardagi iqtidor, malaka va ko'nikmalarni aniqlaydi va shakllantiradi. 8. O'quvchilarning yil davomidagi darsga qatnashish davomati uchun shaxssan ma'sulligini xis qilgan holda sinf jurnaliga o'quvchilarni darsga qatnashganligi yoki qatnashmaganligi to'g'risidagi ma'lumotlarni qayd qilib yuradi. 9. Sinf o'quvchilarini odob-ahloq qoidasi , texnika xavsizligi qoidalari hamda maktab nizomida belgilangan qonun qoidalar bilan tanishtirib boradi va o'quvchilarning ushbu qonunlarga buysunishini nazorat qiladi. 10. O'quvchilarning maktab kutubxonasi va shuningdek yaqin atrofdagi maktabqa kutubxonalar bilan o'zaro aloqa o'rnatishini nazorat qiladi. 11. Sinf o'quvchilari bilan birga maktab direktori ko'rsatmalariga asosan barcha jamoat ishlarida faol qatnashadi. 12. Sinfdagi jamoatchi a'lochi va xulqi namunali bo'lgan o'quvchilar qonun qoidalarga to'liq rioya qilgan o'quvchilarni o'zi va maktab rahbariyati tamonidan rag'batlantirib borilishini nazorat qiladi. 13. Sinf o'quvchilarini kundalik daftarlarini yuritilishini nazorat qiladi. 14. Maktab va sinf mulkini o'quvchilar bilan birgalikda ko'z qorachig'idek asraydi. 15. Sinf o'quvchilarini maktab tadbirlarida qatnashishlarini ta'minlaydi. 16. Sinf ota-onalar qo'mitasi tamonidan qabul qilingan qarorlar ijrosi uchun ma'sul. 17. Sinf o'quvchilaridan kam ta'minlangan o'quvchilarni aniqlaydi va ularga sinf va maktab jamoasi tomonidan yordam ko'rsatilishini nazorat qiladi. 18. Sinf o'quvchilari bilan birgalikda o'quvchilarni ta'til kunlarini mazmunli o'tkazish maqsadida turli tadbirlar va sayohatlarni uyushtiradi va o'tkazadi. 19. Sinf xonasini jihozlanishi va o'quvchilarning estetik did bilan maktab formasida kelishlarini nazorat qiladi. 20. O'quvchilarning o'quv qurollari bilan ta'minlanishini tashkil etilishini nazorat qiladi. 21. Maktab rahbarlari bilan tuzilgan shartnomaga muvofik maktabqa vazifalarni bajargan holda sinf qizlari o'rtasida "Qizlar kulubi" to'garagini tashkil qiladi va sinf rahbar tamonidan nazorat qilinadi. Download 355.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling