4. O‘zbekiston Markaziy banki
O'zbekiston Respubikasi Markaziy banki huzuridagi «Davlat belgisi» Davlat unitar korxonasi
Download 420.39 Kb.
|
Markaziy bank va uning funksiyalari
2. O'zbekiston Respubikasi Markaziy banki huzuridagi «Davlat belgisi» Davlat unitar korxonasi3. "O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Axborotlashtirish Bosh markazi" DUK4. "Garov reestri" DUKmurojaat etgan har bir yuridik yoki jismoniy shaxs bilan tuziladigan shartnoma asosida yozuv kiritish uchun garov reyestriga kirish, shuningdek undan real vaqt rejimida, shu jumladan, Internet axborot tarmog’i orqali foydalanish imkoniyatini ta'minlaydi; yuridik va jismoniy shaxslarga garov reyestridan foydalanish bo’yicha maslahat xizmatlari ko’rsatadi; murojaat etgan yuridik va jismoniy shaxslarga garov reyestriga yozuv kiritish oqibatlarini tushuntiradi; garov reyestridagi axborotni qarzdor - soliq to’lovchining identifikatsiya raqami yoki yozuvning yagona ro’yxatdan o’tkazish raqami bo’yicha izlash imkoniyatini ta'minlaydi; foydalanuvchiga kiritilgan yozuv to’g’risida elektron shaklda, zarur hollarda esa qog’ozda axborot taqdim etadi. Garov reyestri - qarzdorlarning majburiyatlari bajarilishini ta'minlash vositasi sifatida berib qo’ygan mol-mulkiga nisbatan kreditorlarning huquqlari to’g’risidagi, shuningdek qarzdorning mol-mulkni tasarruf etish va undan foydalanishga doir huquqlariga qonunga muvofiq qo’yilgan cheklov hamda qarzdor o’z majburiyatlari lozim darajada bajarilishini ta'minlashi bilan bog’liq boshqa talablar haqidagi yozuvlarni o’z ichiga olgan ma'lumotlarning yagona axborot bazasi. Garov reyestriga kirish garov reyestridagi yozuvni izlash funksiyasidan tashqari faqat foydalanuvchining shaxsiy kabineti orqali amalga oshiriladi. Foydalanuvchi faqat bitta shaxsiy kabinetga ega bo’lishi mumkin. Garov reyestridan yozuvlarni izlashga cheklovlarsiz barcha shaxslar haqlidir. Bunda garov reyestrining qolgan funksiyalariga kirishga, shu jumladan, izlash natijalariga ko’ra garov reyestridan ko’chirma berishga ruxsat o’rnatilgan tartibda ro’yxatdan o’tkazish va avtorizatsiya tartibotidan o’tgan shaxslarga beriladi. Shaxsiy kabinet foydalanuvchi - jismoniy shaxsga, foydalanuvchi - yuridik shaxsning boshqaruvchisi (ma'muri) va ro’yxatga oluvchisiga quyidagi imkoniyatlarni beradi: garov reyestriga yozuvlarni kiritish, o’zgartirish va chiqarib tashlash; garov reyestridagi yozuvlarni izlash; yozuvlarni izlash natijalariga ko’ra garov reyestridan ko’chirmalar olish; foydalanuvchi tomonidan kiritilgan yozuvlar to’g’risidagi axborotni, shu jumladan, yozuvlar kiritilgan hisobotlarni hamda yozuvlarni o’zgartirish va bekor qilish to’g’risidagi xabarlarni qarab chiqish; qonunda nazarda tutilgan holatlarda foydalanuvchining mol-mulkiga nisbatan kreditorlarning huquqlari to’g’risidagi kiritilgan yozuvlarga e'tirozlar bildirish; o’z kirish parolini o’zgartirish. Ushbu funksiyalarga qo’shimcha ravishda foydalanuvchi - jismoniy shaxs yoki foydalanuvchi - yuridik shaxsning boshqaruvchisi (ma'muri) shaxsiy kabinet orqali quyidagilarni amalga oshirishga haqli: foydalanuvchining (to’lovlarni amalga oshirish tafsilotlari, manzil, telefon, elektron pochta, identifikatsiya ma'lumotlari), boshqaruvchilar va ro’yxatga oluvchilarning hisobga olish ma'lumotlarini o’zgartirish; foydalanuvchi - yuridik shaxsning ro’yxatga oluvchilarini (ma'murlarini) qo’shish yoki ularni chiqarib tashlash; reyestrdan foydalanganlik uchun foydalanuvchining to’lovlari to’g’risidagi ma'lumotlar bilan tanishish. Garov reyestridagi ma'lumotni izlayotgan foydalanuvchining talabiga ko’ra “Garov reyestri” DUK izlash natijalarini ko’chirma sifatida qog’ozda yoki elektron shaklda taqdim etishi mumkin. “Garov reyestri” DUK garov reyestridagi yozuvni faqat sudning tegishli qarori asosida o’zgartirish yoki chiqarib tashlash huquqiga ega. Foydalanuvchini ro’yxatga olishda va shaxsiy kabinetni ochishda noto’g’ri ma'lumotlar ko’rsatilgan taqdirda, “Garov reyestri” DUK foydalanuvchining tegishli murojaati asosida ro’yxatdan o’tkazish ma'lumotlariga (KTUT kodi, STIR, nomi va boshqalar) zarur tuzatishlar kiritishga haqli. Bunday holatda foydalanuvchi tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi lozim. Garov reyestri faoliyatini nazorat qilish va texnik jihatdan qo’llab-quvvatlash “Garov reyestri” DUK tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek, “Garov reyestri” DUK barcha yozuvlar, shu jumladan, ularni kiritish, o’zgartirish va bekor qilish to’g’risidagi yozuvlar yozuvlar garov reyestridan chiqarib tashlangandan keyin besh yil mobaynida saqlanishini ta'minlaydi. Download 420.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling