4-rasm. Savollar oynasi


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana03.02.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1156153
1   2   3   4
Kalit so'zlar: masofaviy o‗qitish, masofaviy o‗qish, platforma. 
Bugungi kunga kelib ilm-fan, texnika, qolaversa, yer yuzidagi barcha sohalar shu 
darajada jadal rivojlandiki, butun insoniyat aql bovar qilmas yutuqlarga erishib, og‗iri yengil, 
uzog‗i yaqin, ishlab chiqarish samaradorligi keskin ortib ketgan davrga to‗g‗ri kelmoqda.[1] 
Ayniqsa, informatika va axborot texnologiyalari sohasidagi rivojlanishni, qisqa muddat ichida 


192 
erishalayotgan yutuqlarini hamda shu yutuqlar bilan insoniyat sivilizatsiyasiga qo‘shayotgan 
hissasini alohida e‘tirof etish kerak.
Mana shunday rivojlanish asnosida hamda karantin choralarini qo‘llanilishi ta‗lim 
tizimida ham masofaviy talim tizimining juda tez fursatlarda rivojlanishiga olib keldi. Dastlab 
masofaviy ta‗lim tizimining asosiy tushunchalariga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, masofaviy 
o‗qitish – eng yaxshi an‘anaviy va innovatsion metodlarni mujassamlashtirgan holda internet 
tarmog‘i orqali tashkil qilinadigan o‗qitish vositalari va formalarini o‗z ichiga olgan sirtqi va 
kunduzgi ta‗lim singari axborot va telekommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan ta‗lim 
formasidir. Masofaviy o‗qish – bu yangi axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya 
texnologiyalari va texnik vositalariga asoslangan bo‘lib, masofadan turib tashkil qilinadigan 
ta‗lim tizimidir. 
Masofaviy ta‗lim an‘anaviy ta‗lim turidan quyidagi xarakterli xususiyatlari bilan 
farqlanadi. Moslashuvchanlik – Ta‗lim oluvchiga o‗ziga qulay vaqt, joy va tezlikda ta‗lim olish 
imkoniyati mavjudligi. Modullilik – Bir-biriga bog‗liq bo‗lmagan mustaqil o‗quv kurslari 
to‗plamidan - modullardan individual yoki guruh talabiga mos o‗quv rejasini tuzish imkoniyati 
mavjudligi. Parallellik – O‗quv faoliyatini ish faoliyati bilan birga parellel ravishda, ya‗ni ishlab 
chiqarishdan ajralmagan holda olib borish imkoniyati mavjudligi. Keng qamrovlilik – Ko‗p 
sonli o‗quvchilarning bir vaqtning o‗zida katta o‗quv (elektron kutubxona, ma‗lumotlar va 
bilimlar bazasi va boshqalar) zahiralariga murojaat qila olishi. Bu ko‗p sonli o‗quvchilarning 
kommunikatsiya vositalari yordamida o‗zaro va o‗qituvchi bilan muloqotda bo‗lish imkoniyati. 

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling