4 reja kirish asosiy qism


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/59
Sana18.06.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1556148
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   59
Bog'liq
Kitob 9035 uzsmart.uz

18 
 
assotsiatsiyalar mukammallashtirish jarayoni uchun boshlang‘ich material bo‘lishi 
mumkin. Bu jarayon real vaziyat va model o‘rtasidagi o‘zaro munosabat
aloqadorlik va teskari aloqalarni e’tiborga olish bilan bog‘liq. Modelni yaxshilash 
va real ob’ekt tug‘dirayotgan ma’lumotlarni qayta ishlash jarayoni uzluksiz 
ravishda bir-biriga bog‘langan bo‘ladi. Tajribalar o‘tkazish va modelning xar 
variantini baholash oqibatida modelning yangi tajriba va qayta baxolashlarni talab 
qiladigan yangi varianti yuzaga keladi.
Modelni matematik ko‘rinishda ifodalashga erisha olgan tadqiqotchi 
modellarni yanada mukammallashtirishi mumkin. Ammo, model bunday ifodalash 
mumkin bo‘lmay qolganidan keyin, tadqiqotchi uni soddalashtirishga va
abstraksiyalashga xarakat qiladi.
SHunday qilib, modellashtirish san’ati muammoni tahlil qilish qobiliyati, 
abstraksiyalash yordamida uning muhim xususiyatlarini ajratib olish, sistemaning 
asosiy xarakteristikalarini ifodalovchi farazlarni tanlash va yaxshilash, so‘ngra 
modelni amaliyot uchun foydali xolga kelguncha mukammallashtirishdan iborat 
bo‘ladi.
Model quruvchi quyidagilarni amalga oshira olishi lozim:
- umumiy masalani soddaroq ichki masalalarga ajratib olish;
- maqsadni aniq ifodalash;
- o‘zshashliklarni qidirib topish; 
- quyilgan masalaga mos keluvchi maxsus sonli namunalarni ko‘rib chiqish;
- ma’lum bir belgilashlarni tanlash; 
- ko‘rinib turgan munosabatlarni qayd etish; 
- agar modelni matematik ifodalash mumkin bo‘lsa, bnga erishish va uni 
kengaytirish. Aks xolda modelni soddalashtirish.
Umuman aytganda, modelni quyida ko‘rsatilgan amallarning biridan 
foydalanib soddalashtirish mumkin:
- o‘zgaruvchi miqdorlarni konstantalarga aylantirish;
- ayrim o‘zgaruvchilarni yo‘qotish yoki birlashtirish ;



Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling