4 reja kirish asosiy qism
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 9035 uzsmart.uz
21
hal qilish esa noaniq muammolar, qarama-qarshi maqsadlar, jamiyat, siyosat va iqtisodiyot nuqtai-nazaridan mavjud alternativ variantlardan birini tanlash bilan bog‘liq bo‘lib qoladi. Demak, biz qurayotgan modelda nafaqat miqdoriy ko‘rsatkichlarni, balki sistemaning sifat ko‘rsatkichlarini xam e’tiborga olinishi zarur. Modellardan quyidagi maqsadlarda foydalanish mumkin: - borliqni anglash vositasida sifatida; - muomala vositasi sifatida; - o‘qitish, o‘rgatish va trenirovka vositasi sifatida; - bashorat qilish vositasi sifatida; - tajribalarni yo‘lga qo‘yish vositasi sifatida. Modellarning real olamning, borliqning anglash vositasi sifatida foydaliligi hammaga ayon. U bizning tushunchalarimizni tartiblashga, sistemaga solishga, qarama-qarshi tushunchalar haqida hulosalar chiqarishimzga yordam berishi mumkin. Model o‘zaro aloqadorlikni, talab qilinadigan resurslarni aniqlashda eng yaxshi vositalardan biri hisoblanadi. Muomala vositasi sifatida shuni aytish mumkinki, yaxshi qurilgan modelning bahosi bo‘lmaydi. Bekorga "Yuz marta eshitgandan bir marta ko‘rgan yaxshi" deyishmaydi. Asosida so‘z yotadigan xar qanday til murakkab jarayonlarni, tushuncha va ko‘rinishlarni ifodalashda ojiz bo‘lib qolishi mumkin. Modelning sso‘zlar orqali ifodalashdan afzalligi uning beri lgan vaziyatni ihcham, qisqa va aniq ifodalashidadir. Model qaralayotgan ob’ektning umumiy strukturasini tushunarliroq ko‘rinishda ifodalaydi, muhim sabab va oqibatlarni ochib beradi. Modellar kasbiy mahoratga o‘qitish va o‘rgatish vositasi sifatida borgan sari keng qo‘llanilmoqda. Model – qayotiy boshqarish sistemasida mumkin bo‘lgan barcha kritik tasodifiy holatlarda insonga o‘zini tutishni o‘rgatuvchi ajoyib tayyorlash vositasidir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling