4 reja kirish asosiy qism
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 9035 uzsmart.uz
26
o‘quvchilarni, bog‘cha yoshidagi bolalarni chorrahadan o‘tishga o‘rgatish uchun muhim vositalardan iborat bo‘lishi mumkin. Modellardan foydalanishning yana bir sohasi modellashtirilayotgan ob’ektning xulqini bashorat qilishdan iborat. Texnik xarakteristikalarini o‘rganish uchun tovushdan tez uchadigan samolyotni qurish iqtisodiy jixatdan samarali hisoblanmaydi, ammo ularni modellashtirish orqali aniqlash mumkin bo‘ladi. Qolaversa, modellardan qimmatbaho yoki iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlamaydigan yoki real holatdagi hulqini o‘rganish uchun ob’ektdan amaliy jixatdan foydalanib bo‘lmaydigan vaziyatlarda tajribalarni o‘tkazish va ularni boshqarishga imkon beradi. Sistema ustida bevosita tajribalar o‘tkazilganda, odatda uning ayrim parametrlarini o‘zgartirib, qolganlarini o‘zgartirmay olingan natijalar taqqoslanadi. Real sistema juda ham qimmat bo‘lgan hollarda uning modelidan foydalaniladi. Murakkab sistemaning modeli bilan tajriba o‘tkazilganda, xuddi real sistema ustida o‘tkazilgan tajribalardagi kabi uning ichki hususiyatlari va ularning o‘zaro aloqasi haqidagi ma’lumotlarni olishimiz mumkin. Bu holat model strukturasi elementlarnni o‘lchamga ega ekanligi va bu o‘lchamlarni boshqarib, uning hulqini nazorat qilishga imkon beradi. Model ikki maqsaddan biri uchun xizmat qiladi: ifodalovchi, agar model ob’ektni chuqurroq anglash uchun xizmat qilsa; ko‘rsatmalovchi, agar model ob’ektning hulqini belgilovchi xarakteristikalarini qayta tiklash yoki bashorat qilishga imkon bersa. Ko‘rsatmalovchi model odatda ifodalovchi ham buo‘ishi mumkin, ammo aksi emas. Texnik va ijtimoiy fanlarda qo‘llanadigan modellarning foydalilik darajasi modellarni qurishda foydalanilgan metod va vositalarga bog‘liq bo‘ladi. Texnikada modellar yangi sistemalarni yaratish, mavjudlarini takomillashti-rishda yordamchi vosita bo‘lib xizmat qiladi. Ijtimoiy sohada esa modellar faqat mavjud sistemalarni izoxlash maqsadida foydalaniladi. Sistemalarni ishlab chiqish uchun mo‘ljallangan modellar ularning asosiy xarakteristikalarini qamrab olgan bo‘lib, ob’ekt xususiyatlarini izoxlab berishi xam lozim. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling