4 reja kirish asosiy qism
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 9035 uzsmart.uz
44
Abstraksiyalash o‘zida ob’ekt hulqiga xos belgilar va muhim sifatlarini mujassamlashtiradi, ammo uning ko‘rinishi asli nusxadagi ko‘rinishlardan farq qilishi mumkin. Ko‘pincha modellarda abstrakitsiya ana shunday xolatda namoyon bo‘ladi. Masalan, ishlarni tashqik qilish sxemasida ishchilarning turli guruhlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni abstrakt formada ifodalashga xarakat qilinadi. Bunday sxema real munosabatlarni faqat sirtdan ifodalydi. Biz sistemaning kismlari yoki ejlementlarin tahlil qilganimizdan keyin, ularni birlashtirishga xarakat qilamiz. Boshqacha aytganda sintezdan foydalanib, murakkab sistemaga qaysidir ma’noda yaqinlashadigan vazimyatni modellashtiramiz. Bu erda ikki momentni nazarda tutish kerak bo‘ladi. Birinchidan, sintez uchun tanlab olingan kism yoki elementlar to‘g‘ri tanlangan bo‘lishi lozim. Ikkinchidan, ularning o‘zaro munosabatlari to‘g‘ri ifodalangan bo‘lishi kerak. Bu amallar analiz, soddalashtirish va abstraksiyalash jarayoni bo‘lib, o‘rganilayotgan sistema ishini approksimssiya qiluvchi modelni qurishga yordam beradi va biz real sistemani emas, balki uning modelini optimallashtiramiz. Biz qurgan model va real sistema o‘rtasidagi o‘zaro aloqaning mavjudligi va mosligi masalasi analiz, abstraksiya va sintez ishlarini qay darajada amalga oshirilganligiga bog‘liq bo‘ladi. Biz imitatsiya qilishni kelajakda tajribalar o‘tkazish yoki hulqini o‘rganish, turli strategiyalarni baholash maqsadlarida real sistemaning modelini yaratish jarayoni sifatida ta’rifladik. Ushbu ta’rifdan imitatsion modellarning o‘ziga xos belgilari kelib chiqadi. Bu belgilar quyidagilardan iborat bo‘ladi: - sistema faoliyati bilan bog‘langan ; - real olamga xos masalalarni echishga mo‘ljallangan ; - sistemani boqaruvchilariga munozara ob’ekti bo‘lib xizmat qilishi lozim. Imitatsiya sistemaning faoliyati bilan chambarchas bog‘langan. Sistema biror maqsadga ko‘ra, o‘zaro aloqa va munosabatlarni e’tiborga olib, biror funksiyani (amalni) bajarish uchun bir guruhga birlashtirilgan elementlar yoki ob’ektlar to‘pldamidan iborat bo‘ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling