4-seminar mashg’uloti. Atmosfera. Biosfera (2soat) Umumiy ma’lumot. Atmosfera haqida umumiy tushuncha


Download 66.46 Kb.
bet10/11
Sana07.05.2023
Hajmi66.46 Kb.
#1441337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
4-seminar

Inson va geografik muhit. Odamning paydo bo’lishi yerning geografik qobig’i tarixida eng muhim voqealardan biridir. Chunki odam o’zining uzoq vaqt davom etgan xo’jalik faoliyati natijasida yer sharining geografik qobig’ini o’zgartirishda faol ishtirok etmoqda. Odam ancha taraqqiy etgan odamsimon maymundan paydo bo’lgan. Neogen davrining oxiriga kelib odamsimon maymunlar ko’payib, ularning ba’zilari o’rmonlarda, ba’zilari esa o’rmonsiz joylarda yashay boshlaydi. O’rmonlarda yashagan odamsimon maymunlarning ba’zilari o’sha sharoitga juda ham moslashib, ularning o’zgargan avlodlari - shimpanze, gorilla, orangutan, gibbon Afrikada va Osiyoning Janubiy qismidagi o’rmonlarda hozir ham yashaydi.
Odamsimon maymunlarning ba’zi turlari, chunonchi avstralopiteklar (avstralis - janubiy, pitekos - maymun) esa daraxtsiz, ochiq, yalang yerlarda yashashi sababli geografik muhitga moslasha borgan. Natijada ikki oyoqlab qaddini ko’tarib yura boshlagan. Oldingi oyog’i (qo’li) bilan esa o’simliklar urug’ini, mevasini, shuningdek, ba’zan hayvonlarni tutib yegan va oddiy qurollardan ham foydalana boshlagan.Bu jarayon miloddan 4 million yil ilgari sodir bo’lgan.
Avstralopiteklar guruhiga kiruvchi odamsimon maymunlar evolyusiyasi taraqqiy etib borgan va navbatdagi muhim bosqich xomo erektusni vujud-g a keltirgan. Xomo erektusning bo’yi va skeletining umumiy tuzilishi hozirgi odamlarnikiga juda yaqin bo’lgan, Birinchi xomo erektus suyaklari 1891 yili Yava orolidan topilgan, uni dastlab pitekantrop deb ataldi. Lekin pitekantropning bosh suyak hajmi kichik (900 sm, tanasi judayam tik emas, lunjlari osilgan bo’lib, dam maymunga, dam odamga o’xshar edi. So’ngra o’sha pitekantroplarning biologik tipi turli taraqqiyot bosqichlaridan sinantrop odam va neandertal odamga o’tib, maymunning biologik tipidan uzoqlasha borgan va natijada bundan bir million yilcha ilgari hozirgi odam tipi vujudga kelgan.
Ajdodlarimiz mehnat tufayli bir-birlari bilan muoma lada bo’lganlar, natijada so’zlash qobiliyati vujudga kelgan. Bu esa, o’z navbatida, odam bosh miya qobig’i va tafakkurning rivojlanishiga olib kelgan. Shunday qilib, bosh miyasi nihoyatda taraqqiy etgan odamning vujudga kelishi, o’z navbatida, kishilik jamiyatini ham vujudga keltirdi. Bu davrga kelib odamlarda biologik evolyusiya to’xtadi. Lekin ularda ma’lum hudud tabiiy sharoitining ta’sirida uncha muhim bo’lmagan biologik belgilar saqlanib qolgan. Boshqacha qilib aytganda, tabiiy sharoit ta’sirida yer sharining turli joylarida yashagan odamlar tashqi qiyofasi (tanasining rangi, sochi, ko’zi, burni va boshqalar) jihatidan bir-biridan farq qila boshlaganlar, ya’ni irqlar paydo bo’lgan. Dunyo aholisi uchta asosiy irqqa bo’linadi; yevropoidlar mongoloidlar va ekvatorial irqlardir.
Lekin shuni esdan chiqarmaslik kerakki, bu uch irqqa kiruvchi hamma odamlar anatomik-fiziologik jihatdan farq qilmaydi, ya’ni ularning qon aylanish sistemasi, miya tuzilishining strukturasi bir xildir. Har xil irq vakillarining chatishishi (metisatsiya) natijasida oraliq irqlar paydo bo’ladi. Bu hol irqlarning qon-qarindoshligini va ularning kelib chiqishlarining birligini, burj uncha irqiy kamsitishning bu Xomo erektus lotincha so’z bo’lib. “qaddi rostlangan odam” demakdir.
Sinantrop Xitoy hududidan topilgan, uning bosh suyagi pitekantropnikiga o’xshasada, lekin hajmi katta 1050 sm bo’lgan. Neandertal qoldig’i yevropaning neandertal (Germaniyada) vodiysidan topilgan; uning bosh miya suyagining hajmi 1400 sm3 ga yetgan.Bunday asossizligini, jismoniy farqlar esa odamlarning aqliy va jismoniy mehnat faoliyatida hech qanday rol o’ynamasligini ko’rsatadi.
Demak, irqlar odamlarning ma’lum hududda shu tabiiy sharoitga moslashishi natijasida ularning tashqi qiyofasining o’zgarishidan vujudga kelgandir. Darhaqiqat, sovuq va quyosh radiatsiyasi uncha kuchli bo’lmagan joylarda yashagan xalqlarning badani oq, burun kataklari esa sovuq iqlim sharoitida sekin nafas olishga moslashgandir. Bunday alomatlarga ega bo’lgan katta bir guruh odamlar yevropoidlar irqiga kiradi.

Download 66.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling