4-seminar mashg’uloti. Atmosfera. Biosfera (2soat) Umumiy ma’lumot. Atmosfera haqida umumiy tushuncha


Download 66.46 Kb.
bet1/11
Sana07.05.2023
Hajmi66.46 Kb.
#1441337
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
4-seminar


4-seminar mashg’uloti. ATMOSFERA. BIOSFERA (2soat)


Umumiy ma’lumot. Atmosfera haqida umumiy tushuncha. Planetamizni o‘rab olgan havo qobig‘iga atmosfera deyiladi.Yerning havo qobig‘i esa har xil gazlarning mexanik aralashmasidan iborat. Atmosferaning qalinligi 3000 km ga yetadi. Atmosferaning massasi esa gidrosfera massasidan 100 marta, litosfera massasidan 1000 marta kam bo‘lib, 5, 15 - 10 tonnaga teng.
Atmosfera planetamiz uchun ayniqsa,uning biosferasi (organik sfera) uchun,jonli organizmning nafas olishi uchun katta ahamiyatga ega. Bulardan tashqari,yerning havo qobig‘i planetamiz yuzasini kunduzi qattiq qizib ketishidan, kechasi esa sovub ketishidan saqlovchi go‘yoki bir ko‘rpa vazifasini o‘taydi. Atmosfera, shuningdek, Yerni kosmosdan keladigan ko‘plab meteorlardan saqlaydi:meteorlar atmosferada qizib yonib ketib,yerga yetib olmaydi.
Atmosferaning tarkibi.Atmosfera (yer yuzasi yaqinida) asosan azot (78,08%) va kislorod (20,95%) dan iborat bo‘lib unda kamroq miqdorda argon (0,93%), karbonat angidridan (0,03%), geliy,neon, ksenon, kripton, vodorod, ozon, ammiak, yod va boshqa gazlar (0,01%) bor.
Atmosfera tarkibidagi gazlarning foiz miqdori uning quyi qismida o‘zgarmaydi.Faqat korbonat angidrid gazining miqdori sanoatlashgan katta shaharlarda bir oz ko‘proq, Aksincha, Arktika, Antraktida va okeanlar ustida bir oz kamroq bo‘ladi.
Atmosferaning tuzilishi. Quyidan yuqoriga ko‘tarilgan sari atmosferadagi gazlarning tarkibi o‘zgarib, siyraklashib boradi. Shuning uchun atmosfera bir biridan gazlarning tarkibi, zichligi, temperaturasi jihatidan farqlanuvchi 5 ta asosiy qatlamga (sferaga) va 4 ta o‘tkinchi qatlamga (pauzaga) bo‘linadi. Jumladan, 5 ta asosiy qatlam: Troposfera, Mezosfera, Strotosfera, Mezopauza, Termosfera. Shuningdek, 4 ta o’tkinchli qatlam: Tropopauza, Strapouza, Termopauza va ekzosferalarga bo’linadi.
Troposfera-atmosferaning eng pastki, quyi qismi; uning balandligi qutbiy kengliklarda 8-10 km, o‘rtacha kengliklar ustida 11-12 km, ekvator ustida xatto 16-18 km.
Butun atmosfera massasining 80% qismi troposferada joylashgan. Atmosferadagi suv bug‘larining deyarli hammasi shu sferadadir. Troposferada havo zich bo‘lib, bulutlar, yog‘inlar, shamollar vujudga keladi va shu jihatdan u yer yuzasi uchun.
Mezosfera atmosferaning 50-60 km dan 80-85 km gacha bo‘lgan qismini oladi. Bu qatlamda otmosfera bosimi kam, havo yer yuzasidagiga nisbatan 200 marta siyrak, temperatura esa yana past: - 60, - 80. Atmoferaning bu qismida tabiati yaxshi o‘rganilmagan kumush rang bulutlar juda mayda muz kristallaridan iborat bo‘lsa kerak,deb taxmin qilsalar, ba’zi olimlar esa juda mayda kosmos changlari to‘planishidan vujudga kelgan deb o‘ylaydilar.

Download 66.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling