4-seminar mashg’uloti. Atmosfera. Biosfera (2soat) Umumiy ma’lumot. Atmosfera haqida umumiy tushuncha


Download 66.46 Kb.
bet9/11
Sana07.05.2023
Hajmi66.46 Kb.
#1441337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
4-seminar

Organizm va muhit. Sayyoramizdagi tirik organizm geografik qobiq bilan chambarchas bog’ liqdir. Chunki har qanday tirik organizm geografik muhitga moslashib, rivojlana boradi. Tirik organizm bilan geografik muhitning o’zaro munosabatlarini maxsus fan ekologiya fani o’rganadi.
Tirik organizmni o’rab turadigan, uning holatiga, rivojlanishiga, ko’payishiga bevosita yoki bilvosita ta’sir ko’rsatadigan barcha o’lik va tirik elementlar (yorug’lik, issiqlik, suvlar, shamollar, turli mavjudotlar va boshqalar) tashqi muhit hisoblanadi. O’sha muhitning organizmga ta’sir etuvchi elementlari ekologik faktorlar deb yuritiladi.
Ekologik faktorlar o’z xususiyatlari jihatidan abiotik va biotik deb ataluvchi ikki guruhga bo’linadi.
Abiotik faktorlar bu organizmga ta’sir etuvchi o’lik tabiatning elementlari - yorug’lik, harorat, namlik, shamol, havo, suv va boshqalar.
Biotikfaktorlarga tevarak-atrofdagi tirik mavjudotlarning organizmga ko’rsatayotgan turli-tuman ta’siri kiradi. So’ngi vaqtlarda insonning tabiatga ko’rsatayotgan ta’siri kun sayin ortib bormoqda va tabiiy holatini o’zgartirib yubormoqda. Shu jihatdan qaraganda odam faoliyatini ham maxsus ekologik faktor deyish mumkin.
Yer sharidagi tirik organizmning yashashi tashqi muhitga, ya’ni ekologik faktorlarga juda ham bog’liqdir. Organizm muhitsiz yashay olmaydi. Organizm (o’simliklar, hayvonlar) o’z navbatida muhit bilan uzluksiz moddalar almashinuvi jarayonida tevarak-atrofdagi geografik sharoitga ta’sir etib, tabiiy muhitni o’zgartiradi. Muhitda ro’y beradigan o’zgarishlar esa, o’z navbatida organizmlarda muhitga yangi moslanishlarni keltirib chiqaradi. Masalan, fotosintez tufayli kislorodga boy hozirgi atmosfera vujudga kelgan. Atmosferaning vujudga kelishi hozirgi organizmlarning shu sharoitga moslashib yashashiga olib kelgan. O’simlik va hayvonlar evolyutsiya jarayonida o’sha tuproq sharoitiga moslashgan. Organizmlar bilan muhit o’rtasidagi o’zviy aloqaning eng yaxshi ko’rsatkichi ham organizmning o’sha muhitga moslashishidir. Moslashish organizmning barcha xususiyatlarini - shakli, rangi, fiziologik funktsiyalari, yashash tarzi va boshqalarni o’z ichiga oladi.
Organizmning muhitga moslashishi - organik dunyoning rivojlanish jarayonida uzoq davrli tabiiy tanlanishning tarixiy samarasidir. Qaysi tirik organizm muhitga moslasha olmasa, u yashay olmaydi, faqat moslashganlarigina yashaydi. Masalan, suvsiz, issiq, qumli cho’llarda shu sharoitga moslashgan saksovul bemalol o’sadi, saksovul salqin va sernam tayga zonasida yashay olmay halok bo’ladi.Hayvonlar rangining ular yashaydigan muhit rangiga o’xshash bo’lishi ham tabiatga moslashishdir. Muz zonasida yashovchi hayvonlar rangi oq bo’lsa, cho’l hayvonlari ko’proq qum rangida bo’ladi.Suvsiz yerlarda ko’proq; suvsizlikka chidamli hayvonlar (tuya, )ning yashashi ularning shu muhitga moslashuvlaridan darak beradi. Shunday qilib, organizmning muhitga moslashuvi organik dunyoning rivojlanish jarayonida uzoq davrli tabiiy tanlanishning mahsulidir.Organik moddalarniig vujudga kelishi esa juda uzoq davrlar mobaynidagi rivojlanish mazhsulidir.

Download 66.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling