4-seminar mashg’uloti. Atmosfera. Biosfera (2soat) Umumiy ma’lumot. Atmosfera haqida umumiy tushuncha


Download 66.46 Kb.
bet7/11
Sana07.05.2023
Hajmi66.46 Kb.
#1441337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
4-seminar

Tiriklik belgilari. Bir hujayralilarning kelib chiqishi. Dastlabki tirik organizmlar bundan 3 - 3,5 mlrd. yil ilgari dengizlarda paydo bo’lgan. Ular eng sodda tuzilgan hujayrasiz organizmlar bo’lib, dengiz suvida erigan organik moddalarni tana yuzasi orqali shimib oziqlangan. Asta - sekin murakkablashib borishi natijasida ular soda tuzilgan bir hujayrali organizmlarga aylangan. Keyinchalik ulardan ayrimlari tanasida yashil pigmentning paydo bo’lishi bilan barcha tirik organizmlar hayvonot va o’simliklar dunyosiga ajralgan. Shu yo’l bilan eng qadimgi bir hujayralilardan hozirgi bir hujayralilar kelib chiqqan.
Tuban ko’p hujayralilarning kelib chiqishi. Barcha ko’p hujayralilarning rivojlanishi bitta urug’langan tuxum hujayradan boshlanadi. Bu hol ko’p hujayralilarning bir hujayralilar bilan qarindosh ekanligini ko’rsatadi. Dastlabki ko’p hujayralilar volvoksga o’xshash bo’lgan; lekin tayyor oziq bilan oziqlanadigan koloniya bo’lib yashovchi hayvonlardan kelib chiqqan.
Dastlabki, ko’p hujayralilar tanasi ikki qavat hujayralardan iborat bo’lgan. Keyinchalik hujayralar har xil vazifalarni bajarishga moslasha borishi bilan ularning tuzilishidan ham farq paydo bo’lgan. Tashqi qavat hujayralari harakatlanish va oziqni ushlashga, ichki qavat esa oziqni hazm qilishga ixtisoslashgan. Shu yo’l bilan bo’shliqichilar paydo bo’lgan. Bo’shliqichilar endotermasida xivchinli hujayralarning bo’lishi ularning koloniya bo’lib yashovchi xivchinlilardan kelib chiqqanligiga dalil bo’ladi.
Yuksak ko’p hujayralilarning kelib chiqishi. Hayvonot dunyosining bundan keying taraqqiyoti uch qavatli hayvonlarning paydo bo’lishi bilan bog’liq. Dastlab uch qavatli hayvonlar hozirgi sodda tuzilgan kiprikli chuvalchanglarga o’xshash bo’lgan. Evolutsiya davomida hujayralar tobora ixtisoslasha borishi natijasida to’qimalar kelib chiqqan. Muskul to’qimasi paydo bo’lishi harakatlanishning murakkablashuviga, nerv to’qimasi sezgi organlari va reflekslarning rivojlanishiga olib kelgan.
Hayvonlarning bundan keyingi tarixiy taraqqiyoti tana bo’shlig’ining paydo bo’lishi va ichki organlarning rivojlanishiga olib kelgan. Kiprikli chuvalchanglardan to’garak chuvalchanglar va halqali chuvalchanglar, halqali chuvalchanglardan esa molluskalar va bo’g’imoyoqlilar kelib chiqqan. Nafas olish va qon aylanish sistemalarining paydo bo’lishi, ovqat hazm qilish, ayirish va nerv sistemasining takomillashib borishi bilan hayvonlarning tanasi ham yiriklashgan.
Hayotning paydo bo‘lishi uchun yana bir zarur shart-sharoit suvning bo‘lishidir. Bir narsa hayron qolarliki, Koinotda suv molekulalari juda keng tarqalgan bo‘lishiga qaramasdan juda kam planetada gidrosfera mavjud. Hozircha Quyosh tizimida birgina yerda gidrosfera bor, Marsda suv miqdori juda oz. Suvning ahamiyati esa juda katta. Bunga sabab uning o‘zidagi termik (issiqlik) xususiyatidir. Juda ko‘p issiqlikni o‘ziga singdiradi, issiqlikni kam o‘tkazadi, muzlaganda kengayadi, eng yaxshi xususiyatlari suvni tabiatda aylanishiga imkon beradi.
Akademik M. V. Volkenshteyn tomonidan yaratilgan quyidagi ta’rifda hayotning xususiyatlari to’laroq yoritilgan: “Yerda mavjud bo’lgan tirik organizmlar biopolimerlardan, ya’ni oqsillar va nuklein kislotalardan tuzilgan. Ular o’z - o’zini idora qila oladigan va yarata oladigan ochiq sistemalardir.
Keyingi 20 yilda yoki XX asrning oxirlarida Koinotda organik birikmalar mavjudligi haqida ma’lumotlar olindi (meteoritlar) va yerda hayot Koinot bilan bog‘liq ravishda paydo bo‘lganligi isbotlandi.
Oldingi idealistlar, diniy oqimlar va hatto materialistlarning nazariyalari ularning bilim o‘rganish darajasi yetarli bo‘lmaganlari uchun to‘liq asosli emas edi.
Geraklid (e.o.530 – 470 yy) tabiatga dialektik nuqtayi nazaridan qarab shunday degan: “Tabiatdagi hamma narsa o‘tkinchi va hamma narsa o‘zaro bog‘lanib, kosmosning birinchi elementlari olov, suv, havo, yer hammasi o‘zgaradi”. Bu faktlar umumiy birlikning kurtaklari bo‘lib, materiya rivojlanishining boshi va oxiri yo‘qligini ko‘rsatgan.
Dastlabki faylasuflarning hayot haqida fikrlari o‘ziga xos bo‘lgan. Chunonchi: Fales hamma narsa suvdan tabiiy rivojlanish orqali hosil bo‘lgan deydi. Anaksimandrning fikricha, hayot suv va yerga tushgan haroratning ta’siri natijasida hosil bo‘lgan. Anaksimenning fikricha, hayotning paydo bo‘lishida havo asosiy elementi bo‘lib, u qalinlashishi va siyraklashishi natijasida moddalar o‘zgarishi mumkin. Odam va hayvon yerning yopishqoq qismidan paydo bo‘lgan.
Ulardan keyinroq yashagan faylasuf mexanik materializm tarafdorlaridan biri bo‘lgan Demokrit (e.o.460-370 yy) fikricha dunyo son - sanoqsiz bo‘linmaydigan atomlardan iborat bo‘lib, ular cheksiz maydonlarga joylashgandir. Atomlar bir-biri bilan uzluksiz qo‘shiladi va ajralib ketadi, to‘xtovsiz harakatlanadi va hajmiga, shakliga, yirikligiga va tuzilishiga qarab, turlicha bo‘ladi. Ularning yengillari yuqoriga ko‘tarilib, havo va olovni, og‘irlari pastga tushib, suv va yerni hosil qilgan va ulardan yer va suvdagi barcha tirik organizmlar hosil bo‘lgan.
Qadimgi grek faylasufi Empedokl (e.o.490 - 430 yy) tirik jonivorning paydo bo‘lish mexanizmini o‘z-o‘zicha talqin qiladi. U Geraklid elementlar haqida bildirgan ilk fikrni rivojlantirib, ularning aralashuvi juda turli ko‘rinishlar hosil qiladi, ayrimlari bir-biriga to‘g‘ri kelmasa, parchalanib ketsa, ayrimlari qulay sharoitda saqlanib qoladi, elementlarning qo‘shilishi natijasida hayvonlarning organlari paydo bo‘ladi, hosil bo‘lgan organlarning qo‘shilishi natijasida butun organizmlar paydo bo‘ladi, deydi. Empedoklning fikri aslida hayotiy bo‘lib, tabiatda hayotchan yoki chidamlilari yashab qoladi. Forobiy falsafiy ta’limotida o‘z davridan kelib chiqib, hayotning paydo bo‘lishiga o‘z fikrini bildiradi. Uning ta’limoti mohiyat-e’tibori bilan ilohiy ta’limotdan tubdan farq qilib, ilmiy g‘oyalar bilan yo‘g‘rilgandir. Bu falsafaga ko‘ra, tiriklik yagona mavjudotdan iborat.
Borliqning kelib chiqishi Forobiy ta’limotida to‘rt unsurdan-tuproq, suv, havo, olovdan tashkil topgan, osmon jismlari ham shu jismlarning o‘zaro birikuvidan paydo bo‘ldi, deyiladi.
O‘rta asrlardagi Markaziy Osiyolik allomalardan yana biri Beruniy ham bir qator ilg‘or fikrlarni aytib o‘tdi. Osmon jismlarini geometrik tushuntirish asosida olim Kopernikdan bir necha asr avval yerni Koinotning markazi deb biluvchi geliotsentrik va Quyoshni Koinotning markazi deb o‘rgatuvchi geliotsentrik tizim teng kuchga ega degan xulosaga keladi.

Download 66.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling