4-seminar mashg’uloti. Atmosfera. Biosfera (2soat) Umumiy ma’lumot. Atmosfera haqida umumiy tushuncha


Download 66.46 Kb.
bet3/11
Sana07.05.2023
Hajmi66.46 Kb.
#1441337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
4-seminar

Ob - havo va havo massalari. Biron joyda ma’lum vaqtda atmosferaning quyi qismida yuz beradigan hodisalar (tempratura bosim havoning Absalyut va nisbiy namligi yomg’ir, tuman bulut, shamol, momaqaldiroq, chaqmoq va boshqalar) yig’indisiga ob - havo deyiladi. Siz turgan joyda (masalan Toshkentda) ob - havo bir necha bor o’zgarib turishi mumkin; ertalab havo ochiq bo’lsa abedda bulut kelib yomg’ir, kechqurun esa qor yog’ishi mumkin va hakozo.
Planetamizning turli yerlarida bir vaqtning o’zida ob - havo turlicha bo’lishi mumkin. Masalan, O’rta Osiyoda havo isib ketib bosim pasayadi, natijada bu yerga shimoldan shimoliy g’arbdan salqinroq havo massalari kirib keladi va hududning temperaturasini bir oz pasaytiradi.
Ob - havo o’zgarishi natijasida havo massalari almashinadi. Yer sharini quyosh bir hilda isitmaydi va bir xil yoritmaydi shunga ko’ra havoning holati hamma yerda bir xil emas. Planetamizning shimoliy yarim sharida tortta yirik havo massasi bor:

  • arktika havosi;

  • qutbiy yoki mo’tadil havo;

  • tropik (dengiz va kontinental) havo;

  • ekvatorial havo.

Arktika havosi. Arktikaning sovuq yuzasida (shimoliy muz okeanida) vujudga keladi. Masalan, Arktika havo massasi O`rta Osiyoga G`arbiy sibir tekisligi orqali 3 - 5 kunda yetib keladi va temperaturani qishda pasaytirib yuboradi, bahor va kuzda esa bunday havoda ekinlarni va daraxtlarni sovuq urishi mumkin.
Qutbiy havo o’rtacha kengliklar havosidir. Paydo boladigan joyi xususiyatlariga qarab ikkiga - dengiz qutbiy havosiga va quruqlik qutbiy havosiga bo’linadi.
Dengiz qutbiy havosi o’rtacha mintaqa okeanlari ustida paydo bo’lib teritoriyasiga g’arb tomondan yani Atlantika okeanidan keladi. Bu havo Yevropa qismiga yetib kelib, yozda tez-tez yomg’ir qishda esa juda ko’p qor olib keladi.
Quruqlik qutbiy havosi o‘rtacha mintaqadagi materiklar ustidan vujudaga keladi.Shu sababli,u qishda juda sovub ketib,ayozli kunlar vujudga keladi.Bu havo ba’zan shimoli sharqdan O‘rta - Osiyoga yetib kelib,qishda ob-havoni juda sovutib yuboradi.
Tropik havo.Subtropik kengliklarda vujudga keladigan havo massalari tropik havosi deyiladi. U dengiz tropik havosi hamda kontinental tropik havosiga bo‘linadi. Dengiz tropik havosi Atlantika okeanidagi Azor orollari atroflarida paydo bo‘lib, so‘ngra keladi. Bu havo Yevropaga yozda ham, qishda ham issiq hamda ko‘plab nam olib keladi. Kontinental tropik havosi Afrikaning shimoliy qismida, Kichik Osiyoda, yozda esa O‘rta Osiyoda, Yevropaning janubida, Qozog‘iston tarritoryasida vujudga keladi va issiq quruq va chang to‘zonli bo‘ladi. Tropik havosi o‘rtacha kengliklarga va shuningdek, passat shamollari tarzida ekvator tomonga yetib boradi.
Ekvator havosi. Ekvator zonasi ustida vujudga keladi. Bu havo issiq va sernam bo‘ladi. Lekin ekvator havosining ta’siri territoriyasiga yetib kelmaydi.
Troposfera - atmosferaning eng pastki, quyi qismi; uning balandligi qutbiy kengliklarda 8 - 10 km, o‘rtacha kengliklar ustida 11-12 km, ekvator ustida xatto 16-18 km.
Butun atmosfera massasining 80% qismi troposferada joylashgan. Atmosferadagi suv bug‘larining deyarli hammasi shu sferadadir. Troposferada havo zich bo‘lib, bulutlar, yog‘inlar, shamollar vujudga keladi va shu jihatdan u yer yuzasi uchun juda muhim ahamiyatga ega.
Troposferada havo temperaturasi har 100 m yuqoriga ko‘tarilgan sari o‘rta hisobda 0,6 sovib boradi. Natijada troposferaning yuqori chegarasida temperatura ekvator ustida - 65, shimoliy qutb ustida - 45, - 50 sovuq bo‘ladi. Ob-havo o‘zgarishlari, asosan, troposferada ro‘y beradi.
Ttopopauza troposfera bilan stratosfera orasidagi zona bo‘lib, ko‘p xususiyati jihatidan troposferaga o‘xshaydi, lekin eng yuqori qismida suv bug‘lari kamayib, gazlar siyraklasha boradi, temperatura past bo‘lib, 72 C ga yetadi.
Stratosfera atmosferanung 50 - 60 km balandlikkacha bo‘lgan qismini o‘z ichiga oladi, butun atmosfera massasining 10% qismi shu sferada. Stratosferada havo siyrak. Bu sferada havo, asosan, traposferadagi gazlardan iborat bo‘lsada, lekin unda ozon gazining miqdori ko‘proq. Stratosferaning quyi qismida temperatura yozda ekvator ustida -70C, qutblar ustida -56C ga pasayadi; lekin 35-55 km balandlikda temperatura ko‘tariladi va +10 -35C ga yetadi. Bunung sababi shundaki ,bu yerda ozonning ko‘p bo‘lganidan quyosh nuri,ayniqsa ul’trabinafsha nur ko‘plab yutiladi Stratosferada tezligi soatiga 340 km ga yetadigan kuchli shamollar ham bo‘lib turadi.
Strapouza stratosfera bilan mezosfera orasidagi o‘tkinchi qatlam bo‘lib,bu yerda havo ancha siyrak, temperatura esa ko‘tarilib 0C atrofida bo‘ladi. Mezopauza - mezosfera bilan termosfera orasidagi qatlamdir.
Termosfera (ionosfera) atmosferaning 80-85 km dan 900 km gacha bo‘lgan yuqori qismidir.Termosfera ham, atmosferaning quyi qatlamidek, asosan , molekula holatidagi azot va kisloroddan iborat.Lekin termosferada quyosh radiatsiyasining qisqa (0,3 mikrondan ham kalta) to‘lqinli nurlari va kosmik nurlar ta’sirida kislorod va azot molekulalari atomlarga ajraladi va elektr bilan zaryadlanib,ionlashgan bo‘ladi. Ionlashgan bu qatlamning ahamiyati shundaki, u radio to‘lqinlarini radio to‘lqinlarini yerga bir nacha bor qaytaradi va radio to‘lqinlarining yer sharini aylanib chiqishiga hamda bu to‘lqinlarni 50-100km masofadan nariga tarqalmas edi.
Termosferda ion ko‘p bo‘lganligi uchun uni ionosfera dab ham yuritiladi. Ionosferada balandlashgan sari havo siyraklashib, tempetarura esa ko‘tarila boradi. Agar 90km balandlikda temperatura -90 C bo‘lsa, 400km da temperatura (maksimal quyosh aktivligi yillarida kunduzi 2000 C, kechasi esa 1500-1900 C, minimal aktivlik yillarida esa harorat kunduzi 1200-1400 C, kechasi 750-1000 C bo‘ladi. 400km dan yuqorida temperatura deyarli o‘zgarmaydi.
Termopouza-bu atmosfera bilan ekzosfera orasidagi o‘tkinchi zonadir. Ekzosfera atmosferaning 900 km dan 2000-3000 km gacha bo‘lgan eng yuqori qismi. Ekzosfera hali yaxshi o‘rganilgan emas. Uchirilgan raketalar, yo‘ldoshlardan olingan ma’lumotlarga asoslanib , ekzosferada temperaturada 2000 C ga yetsa kerak, deb faraz qilmoqdalar Bunday balandlikda gazlar (asosan geliy va vodorod) juda ham tez - sekundiga 11,2 km gacha harakat qiladi va natijada ba’zi zarrachalar (vodorod
atomlar). Yerning tortishish kuchini yengib, dunyo bo‘shlig‘iga ham chiqib ketadi. Yer tortishini yengib chiqib ketgan vodorod atomlari yer atrofida toj hosil qiladi.Yerning toji 20000 km gacha tarqaladi.Yer toji tarqalgan qismida gaz juda ham siyrak bolsada lekin, planetalar orasidagi bo‘shliqlardagidan ko‘ra 10 marta zichdir.
Atmosfera quyoshning ul’trabinafsha va qisqa to‘lqinli radiatsiyalarini yutib turishdan tashqari, yer sharining iqlimini vujudga keltiruvchi omildir.
Quyosh radiatsiyasi issiqlik va yorug‘lik planetamizning geografik qobig‘i uchun muhim faktordir. Yer yuzasidagi issiqlik va yorug‘likning asosiy manbai - Quyosh. Yerning ichki issiqligi esa quyosh issiqligidan 5ming marta kam. Demak yer yuzasining issiqlik balansida quyosh hal qiluvchi ro‘l o‘ynaydi.Yer yuzasi quyoshdan bir ylda 1,37 C 10j energiya oladi.Quyoshning nur sochishini quyosh radiatsiyasi deymiz.Quyosh radiatsiyasi atmosfera, gidrosfera, biosfera va litosferani ustkin qismida bo‘ladigan hamma protsesslarning energiya manbai hisoblanadi.
Atmosferaning yuqori qismida Quyosh nurlari perpendikulyar tushganda bir minut ichida har 1kv sm maydon quyoshdan 2 kkal, issiqlik oladi va bu quyosh doimiyligi deyiladi.

Download 66.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling