4-seminar mashg’uloti. Atmosfera. Biosfera (2soat) Umumiy ma’lumot. Atmosfera haqida umumiy tushuncha


Hayotning biokimyoviy evolyutsiyasi


Download 66.46 Kb.
bet6/11
Sana07.05.2023
Hajmi66.46 Kb.
#1441337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
4-seminar

Hayotning biokimyoviy evolyutsiyasi. Bu nazariya XX asrning 20-30-yillarida shakllana boshladi. Bu nazariyaga ko’ra Yerning ilk rivojlanishi davrlarida undagi iqlim sharoitlari hozirgi zamondagiga nisbatan juda katta farq qilgan. Bunday sharoitda avval oddiy organik birikmalar abiogen usulda sintezlangan va asta-sekin kimyoviy evolutsiya natijasida murakkablashib, eng oddiy hayot shakllariga aylangan va undan keyin biologik evolutsiya boshlangan.
Ch. Darvin fikriga ko’ra hayot faqat hayot bo’lmagan sharoitlardagina kelib chiqishi mumkin. Geterotrof mikroorganizmlar yangi hosil bo’lgan organik moddalarni darrov parchalab tashlaydi. Shuning uchun ham hozirgi davrda hayot yangidan kelib chiqishi mumkin emas.
Yerda hayotning kelib chiqishi uchun zarur bo’lgan ikkinchi sharoit birlamchi atmosfera tarkibida kislorod bo’lmasligidir. Chunki kislorod bo’lsa, u yangi hosil bo’lgan organik moddalarni parchalab tashlagan bo’lar edi.
Hayotning anorganik moddalardan abiogen molekular evolutsiya natijasida hosil bo’lishi to’g’risidagi nazariya rus olimi A. I. Oparin (1924 y) va ingliz olimi J. Xoldeyn (1929 y) tomonidan yaratilgan.
Tabiatshunoslar fikriga ko’ra Yer bundan taxminan 4,5 - 5 milliard yillar oldin paydo bo’lgan. Dastlab Yer changsimon holatda, harorati juda yuqori (4000 - 8000s) bo’lgan. Asta-sekin sovish jarayonida og’ir elementlar sayyoramizning markaziga, yengillari esa periferik qismiga joylasha boshlagan.
Yerda eng qadimgi odiy tirik organizmlar taxminan 3,5 milliard yil avval paydo bo’lgan deb taxmin qilinadi. Hayot avval kimyoviy, keyin esa biologik evolutsiyaning mahsulidir.
Kimyoviy evolutsiya Yerning birlamchi atmosferasi tarkibidagi N, H, C, O o’zaro reaksiyaga kirishib ammiak, metan, uglerod oksidlari, vodorod sulfide, suv bug’lari kabi oddiy organik birikmalarni hosil qiladi.
Dastlab juda kam miqdordagi erkin kislorod birikmalar tarkibiga kirib tamom bo’lgan. Biologik monomerlar abiogen usulda sintezlangan. Yerning sovishi natijasida birlamchi okeanlar hosil bo’lgan. Suvdagi kislorod hisobiga oddiy organik birikmalar oksidlanib spirtlar, aldegidlar, aminokislotalar hosil bo’lgan, birlamchi okean murakkab organik moddalar bilan to’yinib borgan. A. I. Oparin hayotning paydo bo’lishini tajribada o’rganish mumkinligi g’oyasini birinchi bo’lib olg’a surdi. Darhaqiqat, S. Miller (1953 y) tajribada birlamchi Yer sharoitining modelini yaratdi. U qizdirilgan metan, ammiak, vodorod va suv bug’lariga elektr uchquni ta’sir etib, asparagine, glitsin, glutamin aminokislotalarini sun’iy sintezladi.
Oparin fikriga ko’ra oqsil molekulalari kolloid birikmalarni hosil qilgan. Bu birikmalar suvdan ajralib turadigan koaservat tomchilarini hosil qiladi (lotincha coacervus - quyqa, quyuq narsa ma’nosini anglatadi).
Koaservatlar o’ziga suvdan har xil moddalarni biriktirib, bir-birlaridan tobora farqlanib borgan, ularda kimyoviy reaksiyalar kuzatilgan, keraksiz moddalar ajratilib chiqarilgan.
Koaservatlarni tirik mavjudodlar deb atash mumkin emas. Kimyoviy evolutsiyaning so’nggi bosqichlarida koaservatlar o’sa boshlagan, moddalar almashinishiga o’xshagan tirik organizmlarga xos belgilar paydo bo’lgan. Koaservatlar membrana bilan o’rala boshlagan va ularda bo’linish xususiyati paydo bo’lgan deb faraz qilinadi.
Bunday koaservatlar protobiontlar yoki birlamchi hujayralar deb ataladi.

Download 66.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling