4-seminar mashg’uloti. Atmosfera. Biosfera (2soat) Umumiy ma’lumot. Atmosfera haqida umumiy tushuncha


Download 66.46 Kb.
bet8/11
Sana07.05.2023
Hajmi66.46 Kb.
#1441337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
4-seminar

Biosferada moddalar almashinuvi. Biosferaning hamma tarkibiy qismlari tog’ jinslari tabiiy suvlar, gazlar, tuproq, o’simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlar - tinimsiz davriy aylanish jarayoni bilan bog’langan.
Tirik organizmlarning tarkibiga kiruvchi elementlarning tashqi muhitdan organizmlarga o’tib, hujayradagi metabolizmda ishtirok etishi, keyin tashqi muhitga qaytib, yana tirik organizmlar tomonidan foydalanilishi moddalar va energiyaning davriy aylanishi deyiladi. Biotik davriy aylanish hamma tirik organizmlar ishtirokida kechadi. Biotik aylanish biosferaning mavjudligini ta’minlovchi, uning butunligini va barqarorligini saqlovchi muhim omildir. Yerdagi organizmlar tarkibiga kiruvchi elementlar miqdori cheksiz emas. Agar bu elementlar organizmlar tomonidan faqat iste’mol qilinganida, muhitga qaytarilmaganida, ertami-kech ularning zahirasi tugab, hayot tugashi mumkin edi. Akademik V. R. Vilyams ta’kidlashicha, kam miqdorning cheksizligini ta’minlashning birdan bir usuli uni yopiq halqa bo’ylab aylanishga majbur etishdir. Tabiat xuddi o’sha usulni tanlagan.
Yerda moddalarning davriy aylanishini ta’minlovchi birdan bir manba quyosh enirgiyasidir.Yashil o’simliklar avtotroflar quyosh enirgiyasi ta’sirida anorganik moddalardan organik moddalarni sintezlaydi. Boshqa organizmlar(geterotroflar) esa bu moddalarni parchalaydi. Minerallashtirilgan moddalardan esa o’simliklar yana organic moddalarni sintezlaydi.
Bir yil davomida yerga tushgan quyosh energiyasi 10,5x10 kJ ni tashkil etadi. Bu energiyaning 42 foizi yerdan koinotga qaytariladi, 58 foizi esa atmosferaga va tuproqqa yutiladi, 20 foizini yer yuzidan qaytaradi. Yerga yutilgan quyosh energiyasining 10 foizi suv va tuproqdan suvni bug’lantirish uchun sarflanadi. Har daqiqada 1 mlrd, tonnaga yaqin suv yer yuzasidan bug’lanadi. Suvning havzalar va quruqlik o’rtasida tinmasdan aylanib turishi yerdagi hayotni hamda o’simlik va hayvonlarning jonsiz tabiat bilan munosabatini ta’minlovchi asosiy omillardan biridir. Yerga yetib keladigan quyosh energiyasining faqat 0,1 - 0,2 foizidan yashil o’simliklar fotosintaz jarayonida foydalanadi.Bu energiya suvni bug’lantirish va Yer yuzasini isitishga sarf bo’ladigan energiyaga nisbatan juda kam bo’lsa ham kimyoviy elementlarning davriy aylanishini ta’minlashda juda katta rol o’ynaydi.

Download 66.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling