FK 2: ertak qahramonlariga munosabat bildira olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: savol-javob, tushuntirish, “O‘rnini almashtir” o‘yini.
Dars jihozlari: tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism.
Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
“Odobli bo‘lish osonmi?” ertagining 1-qismi o‘qitiladi, mazmuni 3–4 o‘quvchiga so‘zlatiladi. O‘quvchilar o‘rtasida savol-javob o‘tkaziladi.
Sichqoncha eng avval kimga salom berdi?
Qanday vaziyatlarda salom berilmaydi?
Yangi mavzu bayoni.
Bolajonlar, siz baqaning injiqligi, qaysarligini qanday baholaysiz? O‘quvchilarning javoblari tinglanib, yangi mavzu e’lon qilinadi.
Bugun biz sizlar bilan “Odobli bo‘lish osonmi?” ertagining 2-qis- mi bilan tanishamiz.
O‘quvchilar bilan o‘z vaqtida salomlashish haqida suhbatlashiladi,
ularning fikrlari tinglanib, to‘ldiriladi.
O‘qituvchi “Odobli bo‘lish osonmi?” ertagining 2-qismini ifodali o‘qib beradi.
Ertak mazmuni haqida qisqacha ma’lumot beriladi.
Lug‘at ishi:
makkapoya – jo‘xoripoya uvat – dalaning cheti
javrayveribdi – vaysayveribdi
Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash. Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida “Odobli bo‘lish osonmi?” ertagining 2-qismi o‘quvchilarga navbati bi- lan o‘qitiladi.
O‘quvchilar darslikdagi savollarni o‘qib, ularga javob berishadi:
Matndan sichqonchaning salomiga Toshbaqa va To‘rtko‘zning ja-
vobini topib o‘qing.
Qari Echki salomlashish odobi to‘g‘risida Sichqonchaga qanday
maslahat berdi?
O‘quvchilarning javoblari to‘ldirilib, umumlashtiriladi.
“O‘rnini almashtir” o‘yini. Ekranda ertakdagi gaplar tarkibida- gi so‘zlar tartibsiz beriladi. O‘quvchilar shu gapdagi so‘zlarni o‘rnini almashtirib, gap hosil qiladilar va shu gapni ertakdan topib o‘qiydilar.
Masalan: “Yuragim g‘ash bo‘p ketyapti, tog‘ajon”, “Xafa bo‘lma, bo‘tam”.
Do'stlaringiz bilan baham: |